Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Muskullarni taranglatish va bo’shashtirish
Download 489.42 Kb.
|
Sport trenirovkasining vositalari va metodlai
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanat saqlash va uni rivojlantirish metodikasi.
- Ottolit asbobi
Muskullarni taranglatish va bo’shashtirish. Har qanday harakat ma’lum ma’noda muskullarning qo’zg’alishi va bo’shashishidan iborat.
Ish vaqtida muskullarning ortiqcha tarangligi-zo’riqishga va tezlikni susaytirishga olib keladi. Masalan, shtangachilarda muskullarning ortiqcha taranglanishi og’irlikni ko’tarish nisbatini kamaytiradi, gimnastlarda esa harakat amplitudasi (kengligi) ni kamaytiradi va h. k. Psixik va muskul tarangligi mavjud. Psixik zo’r berish ruhiy holatning turli omillari (tanish bo’lmagan sharoit, tomoshabinlarning mavjudligi va h. k.) ta’sirida sodir bo’ladi. U psixik taranglanishda (diqqatning pasayishi, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chishning qiyinlashishi, harakat navbatini unutish va boshqalar) namoyon bo’ladi. Psixik taranglik muskul tarangligiga ham olib keladi. Muvozanat saqlash va uni rivojlantirish metodikasi. Kishining turli-tuman harakatlarini turg’un holatga keltirish qobiliyati muvozanat saqlashdir. Statik va dinamik muvozanatlar bo’ladi. Muvozanat saqlash ikki yo’l bilan rivojlantirilishi mumkin: a) muvozanat saqlash mashqlarini bajarish (muvozanat saqlash qobiliyati muvozanatni yo’qotmagan kishida emas, balki uni tez tiklay oladigan kishida yaxshiroq bo’ladi); b) muvozanat holatini ta’minlovchi (ayniqsa, vestibulyar) analizatorlarni analitik takomillashtirish. Ma’lumki, Ottolit asbobi tekis tezlanishlarni, yarim doira kanallar esa aylanma harakatlarni yaxshi sezadi. Ikkala mexanizm ham bir biriga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi va shuning uchun ham ularni alohida-alohida mashq qildirish kerak. Vestibulyar analizatorini qo’zg’atilishi hayotiy muhim markazlarni ham (yurak qon-tomir sistemasi, nafas, ovqat hazm qilish va boshqalarni) qo’zg’atishi va shuning bilan yomon his (yuzning oqarishi, qayt qilish, bosh aylanishi, puls va nafas olishning tezlashishi va boshqa his) etishlar nerv jarayonlarining ish qobiliyatini pasaytirishi, charchash va boshqa holatlarni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun vestibulyar apparatini mashq qildirish muhimdir. Muvozanat saqlashda psixologik qiyinchiliklar (tayanish maydonini kichraytirish, xatoliklar kiritish va to’sqinlik hosil qildirish, snaryad balandligini oshirish, ko’rish analizatorini cheklash yoki batamom qo’llamaslik, o’zgaruvchan holatning vaqtini oshirish va boshqalar) bo’lishi mumkin. Download 489.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling