Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Chidamlilikni tarbiyalash vosita va usullari


Download 489.42 Kb.
bet6/11
Sana21.09.2023
Hajmi489.42 Kb.
#1683382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sport trenirovkasining vositalari va metodlai

Chidamlilikni tarbiyalash vosita va usullari. Chidamlilikni tarbiyalash uchun juda ko’p umumiy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik va musobaqalashish mashqlaridan foydalanish lozim. Umumiy tayyorgarlik mashqlari organizm barcha sistemalarining funktsional imkoniyatlarini kengaytirgan holda maxsus tayyorgarlik va musobaqalashish mashqlari bilan bajarilganda ijobiy samara beradi. Maxsus tayyorgarlik mashqlarida mashg’ulot nagruzkalariga samarali chidam berishni ta’minlaydigan, harakat texnikasini doimo takomillashtiradigan va uni to’g’rilab boradigan muayyan sport turining zarur funktsiyalariga ta’sir ko’rsatadigan mashqlar tanlanadi. Musobaqalashuv mashqlari bevosita maxsus chidamlilikni tarbiyalashda qo’llaniladi. Musobaqalashuv mashqlaridan mashg’ulot jarayonida nisbatan ko’proq foydalanish zarur. Ular yordamida organizmning musobaqa sharoitiga zarur funktsiyalari ishga tushiriladi.
Chidamlilikni tarbiyalashga qaratilgan butun vositalarning jami organizmning barcha sistema va funktsiyalari takomillashuviga ta’sir ko’rsatishi kerak, bunda mashg’ulotning yuqori mator zichligiga erishish, turli-tuman iqlim va geografik sharoitlari, muhitning noqulay omillaridan keng foydalanish zarur.
Koordinatsiya qobiliyatlarini tabiyalash. Kishining koordinatsiya qobiliyati yaxlit harakat faoliyatini maqsadga muvofiq ijro etish (shakllantirish, o’zaro bo’ysundirish, birga biriktirish) o’zlashtirilgan harakat shakllarini qayta tiklash yoki o’zgaruvchan muhit talablariga ko’ra bir harakat faoliyatidan ikkinchisiga o’tish qobiliyatlaridan iborat.
Koordinatsiya qobiliyatlarining ko’rsatkichlari tugallangan harakat topshiriqlari (gimnastika mashqlari, suvga sakrash, figurali uchish va boshqalar) hisoblanadi. Ular to’g’risida yangi harakat shakllarini o’zlashtirish va o’zlashtirilgan harakatlarni qayta o’zgartirish uchun sarflangan vaqt, aniq harakat ko’rsatkichlari (vaqt birligida, fazo va zo’r berish darajasi) bo’yicha fikr yuritish mumkin.
Koordinatsiya qobiliyatlarini egallash uchun muntazam harakat malakalarining sonini ko’paytirish, harakatlarning yangi shakllarini hosil qilish, harakat shakllarini tez o’zgartirish yoki turli sharoitga qarab bir harakatdan ikkinchisiga tez ko’cha bilish zarur. Ixtisoslashgan harakat shakllarini doimo bir xilda bajarish esa, harakat malakalarini boyitmaydi, imkoniyatlarni cheklaydi, harakat uyg’unligida to’siq xosil qiladi, harakatlarni o’zgartirish va yangilashga halaqit beradi.

Download 489.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling