Xulosa Foydlanilgan adabiyotlar ro’yxati


Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni


Download 148.5 Kb.
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1640877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Huquqbuzarlik

Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni huquqqa xilof hatti-harakatning tashqi ifodasidir. Aynan ana shu ifodaga muvofiq, huquqbuzarlik to‘g‘risida nima yuz bergaligi va qanday zarar etkazganligi haqida mulohaza yuritish mumkin bo‘ladi. har qanday huquqbuzarlik obyektiv tomonining elementlari quyidagilardir.
Birinchidan,aybli hatti-harakat, ya’ni insonning irodasi va idroki nazorati ostidagi hatti-harakat. Bu harakat yokt harakatsizlik bilan ifoda etiladi. Harakat- insonning faol hatti-harakatidir, harakatsizlik-passiv xulq-atvordir. SHaxs harakat qilishga majbur,ya’ni o‘zining huquqiy burchlarini bajarishi lozim bo‘lganda, harakatsizlik huquqbuzarlik bo‘ladi. harakat qilish majburiyati bevosita qonundan kelib chiqadi. Masalan, shifokor bemorga yordam bermadi, ammo yordam berishga majbur edi; shaxs boshqa shaxsni hayoti uchun xavfli holatda tashlab ketdi,ammo u o‘ziga xavf tug‘dirmagan holda yordam berishi mumkin edi.
Harakat qilish majburiyati shartnomaga muvofiq kelib chiqishi mumkin. Masalan, kapital qurilish shartnomasiga muvofiq, pudratchi qurilish ishlarini faol olib borishi kerak, harakatsiz bo‘lishi kerak emas. Harakat qilish majburiyati kasb majburiyatidan kelib chiqishi mumkin. Masalan qorovul obyektga kirgan begona kishini ushlashi lozim edi. Lekin u bu ishni qilmadi, haydovchi garjdan chiqish oldidan mashinaning texnik holatini tekshirmadi va h.k.
Ikkinchidan, jinoiy hatti-harakatning huquqqa xilofligi, ya’ni uning huquqiy normalarga zidligi, huquq bilan man qilinadi. Huquqqa xiloflilik, jinoiy hatti-harakatning qonun bilan man qilinganligi uch xil yo‘l bilan ifodalanadi: a) to‘g‘ri man qilish yo‘li bilan: “og‘ir va mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, hamda er osti ishlarida xotin-qizlar mehnatidan foydalanish man qilinadi”1. b)bilvosita, normadagi huquqqa xilof harakat aiiqlan-ganda va uni sodir etganlik uchun jazo belgilanganda man qilish yo‘li bilan, qayd etilganlar yoki oddiy aytilganda “hatti-harakatqonun bilan man qilingan” degan ma’noni anglatadi. Jinoyat kodeksi maxsus qismining barcha normalari shunga muvofiq shakllantirilgan; v)huquqiy normada ijobiy huquqiy hatti-harakatni bayon qilish yo‘li bilan. Bunda hatti-harakatning qarama-qarshi varianti nomaqbul hisoblanadi va shuning uchun man qilinadi. masalan,oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq, sotuvchi xaridorga ashyoni topshirishga majbur, xaridor esa sotuvchiga pul to‘lashga majbur bo‘ladi. Bunda hatti-harakatning boshqa shakli (pulni va tovarni bermaslik) man qilinadi.
Uchinchidan zarar,ya’ni jinoiy hatti-harakat, huquqbuzarlik orqali etkazilgan ziyon natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatdir. Ushbu noxush oqibatlar mulkiy (mulkni yo‘qotish, boy berilgan foyda), nomulkiy(haqorat, tuhmat) tashkiliy(o‘z huquqini amalga oshirish imkoniyatidan mahrum bo‘lish), shaxsiy(hayotdan mahrum qilish, sog‘liqqa zarar etkazish) va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin.
To‘rtinchidan jinoiy hatti-harakat va kelib chiqqan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish-hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish natijasidagi zarurat tufayli biri ikkinchisini tug‘dirishidir.
Huquqbuzarni javorgarlikka tortish uchun har bir aniq ish bo‘yicha huquqbuzarning hatti-harakati bilan etkazilgan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish borligini aniqlash lozim. Boshqacha qilib aytganda,etkazilgan zarar (o‘lim, tan jarohati,moddiy zarar shu kabilar) bevosita nohuquqiy hatti-harakat oqibatida yuz bergan bo‘lishi lozim. Modomiki, obyektiv olam hodisalarining o‘zaro aloqadorligi natijasida sabab va oqibat ko‘pincha o‘rin almashsa, jinoiy ishlarni ochishda va ko‘rishda,shuningdek boshqa huquqbuzarlik bo‘yicha kelib chiqqan oqibatga u yoki bu hatti-harakatning vaqt bo‘yicha ta’sirini doimo aniq belgilab olmoq lozim.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling