Xulosa va takliflar


Download 74.38 Kb.
bet2/13
Sana27.01.2023
Hajmi74.38 Kb.
#1132196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Asosiy qism.
ATB “AGROBANK” Buxoro viloyat Bosh Boshqarmasi joylashuvi, tashkiliy tuzulishi, manzili,faoliyati va nizomi haqida:Aksiyadorlik tijorat banki Agrobank — O‘zbekistondagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Agrobank missiyasi bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.1988-yil 1-yanvarda OʻzSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining boʻlinmasi sifatida OʻzSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-iyuldagi № 294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki „Uzagroprombank“ asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki „Agrobank“ tashkil etildi. Bugungi kunda, Agrobank O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadiAgrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirishga qaratgan..170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 581 bankomatlar faoliyat yuritmoqda.

Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling