BANKDAGI HISOBVARAQALAR REJASI 6- BO’LIMDAN IBORAT:
I bo’lim - AKTIVLAR;
II bo’lim - PASSIVLAR;
III bo’lim - KAPITAL;
IV bo’lim - DAROMADLAR;
V bo’lim - XARAJATLAR;
VI bo’lim -Ko’zda tutilmagan holatlar
Aktiv
|
Passiv
|
Kassadagi mavjud pul
|
Talab qilib olinadigan
|
Boshqa banklardagi "nostro" hisoblari
|
Jamg’arma omonatlari
|
Davlat qimmatbaho qog’ozlari
|
Muddatli depozitlar
|
Kreditlar
|
Banklararo kreditlar
|
Sarmoyalar
|
Boshqa passivlar
|
Asosiy pul mablag’lari
|
hissadorlik kapitali
|
Boshqa aktivlar
|
Kapital qoldig’i
|
|
Zaxiralar
|
|
Taqsimlanmagan foyda
|
Jami:
|
Jami:
|
1- Bo’lim aktivlar
"Aktiv"lar bo’limi o’z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisobraqami ajratilgan. Bu hisobvaraq nomi "Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari" bo’lib, o’z ichiga "Kassadagi naqd pullar", "Yo’ldagi naqd pullar",
Valyuta almashtirish shaxobchalari kassasidagi naqd pullar", "Bankomatlardagi naqd pullar kabi bir qator sub-hisobraqamlarni birlashtiradi"
10100
|
KASSADAGI NAQD PUL VA BOSHQA TO’LOV HUJJATLARI
|
10101
|
AYLANMA KASSADAGI NAQD PULLAR
|
10103
|
PUL ALMASHTIRISH SHAHOBCHALARIDAGI NAQD PULLAR
|
10107
|
BANKOMATLAR VA BOSHQA O’Z O’ZIGA XIZMAT KO’RSATISH USKUNALARIDAGI NAQD PULLAR
|
10109
|
YO’LDAGI NAQD PULLAR VA BOSHQA TO’LOV HUJJATLARI
|
10111
|
AMALIYOT KASSALARIDAGI NAQD PULLAR
|
10113
|
PENSIYALAR , IJTIMOIY NAFAQALAR, KOMENSATSIYALAR VA BOSHQA TO’LOVLAR BO’YICHA KASSALARDAGI NAQD PULLAR
|
10198
|
MARKAZIY BANKKA TOPSHIRILADIGAN “ ESKIRGAN” TOIFADAGI NAQD PULLAR
|
10300
|
BANKNING MARKAZIY BANKDAGI HISOBVARAQALARI
|
10301
|
MARKAZIY BANKDAGI VAKILLIK HISOBVARAQALARIDAN OLINISHI LOZIM BO’LGAN NAQD PULLAR
|
10305
|
MARKAZIY BANKNING HISOBVARAQALARIDAN OLINISHI LOZIM BO’LGAN NAQDSIZ PULLAR
|
2- Bo’lim “MAJBURIYATLAR”
Bank balansining majburiyatlar qismi depozitlardan boshlanadi. fodalaydi.Buxgalteriya hisobining ko’p valyutalik tizimida depozit kaysi valyutada ko’yilsa, u o’sha valyutada ro’yxatga olinadi va ularning hisobi har bir valyuta uchun alohida ochilgan bosh kitoblarda olib boriladi. Bundan tashqari depozit majburiyatlari muddati va uni qo’ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi.Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg’armali va muddatsiz depozit turlariga bo’linadi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 20200 asosiy hisobraqamda hisobga olib boriladi.
20200
|
TALAB QILIB OLINGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLAR
|
20202
|
HUKUMATNING BUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARI BO’YICHA TALANB QILIB OLINADIGAN SAQLANADIGAN DEPOZITLARI
|
20203
|
RESPUBLIKA BUDJETIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN BUDJET TASHKILOTLARI BUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARI BO’YICHA TALAB QILIB OLINADIGAN SAQLANADIGAN DEPOZITLAR
|
20204
|
MAHALLIY BUDJET HISOBIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN BUDJET TASHKILOTLARINING VAQTINCHA TALAB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI
|
20206
|
JISMONIY SHAXSLARNING TALAB QILIB OLINGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI
|
20208
|
XUSUSIY KORXONALAR , XO’JALIK SUBYEKTLARI VA JAMIYATLARINING TALAB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI
|
20210
|
DAVLAT KORXONALARI, TASHKILOTLARU VA MUASSASALARINING TALAB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI
|
Do'stlaringiz bilan baham: |