Xulosa va takliflar


Download 74.38 Kb.
bet11/13
Sana27.01.2023
Hajmi74.38 Kb.
#1132196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
5-Bo’lim “XARAJATLAR”

Bu bo’limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo’yicha foizli xarajatlarining hisobi 50101 - 54902 balans hisobraqamlarida yuritiladi.


Bankning vositachilik xarajatlari va turli xizmatlar bo’yicha xarajatlar 55100 balans hisobraqamida hisobga olinadi. Xorijiy valyutalarda ko’rilgan zarar esa 55300 balans hisobraqamida aks ettiriladi. Bu hisobraqam banklarning spot, forvard, optsion va fyuchers shartlari asosida tuzgan valyuta bitimlari bo’yicha ko’rgan zararlarining hisobini yuritishga mo’ljallangan. Agar bank kimmatbaho qog’ozlar oldi - sottisi bo’yicha zarar ko’rayotgan bo’lsa, bu zarar 55800 balans hisobraqamida hisobga olib boriladi.
Bank bino - inshootlarini, jihozlarini, ko’chmas mulkni sotishdan ko’rilgan zararlar hamda yuqorida ko’rsatilgan hisobraqamlarda, hisobga olingan zararlarning hech biriga tegishli bo’lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900 - "Boshqa foizsiz xarajatlar" asosiy hisobvaraqda aks ettiriladi. Bankning operatsion xarajatlarini hisobga olib borish uchun 56100 "Bank xizmatchilarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar", 56200 "Ijara va ta’minot xarajatlari", 56300 ''Xizmat safari va yo’l xarajatlari", 56400 "Ma’muriy xarajatlar", 56500 "Reprezentatsiya xarajatlari", 56700 "Sug’urta, soliq va boshqa xarajatlar", kabi hisobraqamlar ochilgan. Bankning ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlari 56800 asosiy hisobraqamda, bankning daromad solig’ining baholanishi esa 56900 hisobi boradi.



50100

TALAB QILIB OLINGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLAR BO’YICHA FOIZLI XARAJATLAR

50101

JISMONIY SHAXSLARNING TALAB QILIB OLINGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLAR BO’YICHA FOIZLI XARAJATLARI

50103

JISMONIY SHAXSLARNING BANK KARTALARIDAGI PUL MABLAG’LARI BO’YICHA FOIZLI XARAJATLARI

50108

XUSUSIY KORXONALAR , XO’JALIK SUBYEKTLARI VA JAMIYATLARINING TALAB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI BO’YICHA XARAJATLAR

50114

CHET EL KAPITALI ISHTIROKIDAGI KORXONALARNING TALANB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI BO’YICHA FOIZLI XARAJATLAR

50116

KORXONALARNING TALAB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI BO’YICHA FOIZLI XARAJATLARI

50118

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNING TALAB QILIB OLGUNCHA SAQLANADIGAN DEPOZITLARI BO’YICHA FOIZLI XARAJATLARI

50120

BOSHQA XARAJATLAR




Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling