Xulosa va takliflar
Download 74.38 Kb.
|
REJA:
KIRISH. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim. «Bank faoliyati o’rganish bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi. O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash, induksiya, deduksiya, sintez, korreliyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi. Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi. Bank faoliyatini o’rganish va tahlili etish o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi. Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi. Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. «Bank faoliyati Pul, kredit va banklar, bilan bog’liq bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda bog‘liq hola o‘rganiladi. Men Toyirova Gulasal ATB “AGROBANK” Buxoro viloyat Bosh Boshqarmasida 31.10.2022 dan 26.11.2022 bo’lgan davrda malakaviy amaliyot ni o’tadim. Ushbu amaliyot davrida menATB “AGROBANK” Buxoro viloyat Bosh Boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi, unda amalga oshiriladigan turli operatsiyalar, bank ichki tartib qoidasi, ish kuni , xodimlar bilan ishlash kabi bir necha bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim Bizga tashkilot ichki tartib qoidalari tushuntirildi va tashkilotdan amaliyot o’tash davrida rahbar ham belgilandi. Menga ATB “AGROBANK” Buxoro viloyat Bosh Boshqarmasida RO’ZIYEVA MA’QULA RAXMATOVNA rahbar sifatida belgilandi. Biz dastlab bankning xavfsizlik texnikasi bilan tanishib chiqdik, tashkilotning tashkiliy texnikaviy darajasi bilan tanishib chiqdik va korxona kelgusida o’z oldiga qanday maqsadlarni qo’ygan ,qanday vazifalar bajarilishi kerak bizga bu haqida to’liq ma’lumotlar berildi.Shuningdek menga amaliyot davrida korxonaning davr boshidagi moliyaviy holati to’g’risida ma’lumot berildi. Va men bu ma’lumotlarni o’z hisobotimda jadvallar va ilovalar ko’rinishida taqdim etdim. O’zim o’tagan 28 kunlik amaliyot davrimda tashkilot bo’yicha uning faoliyati , undagi operatsiyalar va o’zimning umumiy xulosalarimni hisobot shaklida bayon qildim.Va ularni ilovalar , rasmiy hujjatlar va hokazolar bilan taqdim etdim. Download 74.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling