Xulosa va takliflar
BANKNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 74.38 Kb.
|
BANKNING MAQSADI VA VAZIFALARI
12. Jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini jalb qilish, shuningdek kredit-hisob-kitob va boshqa xil bank operatsiyalarini hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan bitishuvlarni amalga oshirish bank faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek mulkchilikning har qanday shakllaridagi yuridik shaxslar bankning mijozlari va omonatchilari bo‘lishi mumkin. Faoliyati maqsadiga erishish uchun bank quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: depozitlarning o‘ziga jalb qiluvchi turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qiladi hamda jamlaydi; ularning o‘z vaqtida qaytarilishini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xalqaro standartlargacha yetkazgan holda ularning sifati oshirilishini, yangi turlar va modifikatsiyalarni joriy qilgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilishini ta’minlaydi; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, xarid qilish, saqlash va hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda sotish yo‘li bilan fond bozorida ular bilan operatsiyalar olib boradi; xorijiy mamlakatlar va MDH a’zolari bo‘lgan davlatlar banklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatadi; bank aktivlaridan samarali foydalanish, kredit tavakkalchiliklarini pasaytirish, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida boshqa tijorat banklarini, ixtisoslashtirilgan fondlarni jalb qilgan holda kreditlashning qo‘shma sxemalarini amalga oshirishda qatnashadi; yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish uchun kreditlar va mikrokreditlar beradi; ko‘chmas mulk qurish va ularni tuzatish, aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar transport vositalari, garajlar, mebellar, maishiy texnikalar va boshqa buyumlarni sotib olishi maqsadlari uchun iste’mol krediti tizimini rivojlantiradi;O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining qimmatbaho metallari va qimmatbaho toshlari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi;lotereyalar chiqarishni va ularni sotishni amalga oshiradi, boshqa yutuqli tadbirlar o‘tkazadi;omonatchilarning omonatlari bank tomonidan jalb qilinadigan mablag‘larni ishonchli va ko‘p daromad keltiradigan sarmoyalarga joylashtirish orqali saqlanishini ta’minlash yo‘li bilan ularning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarz oluvchi, garant va kreditorlik funksiyalarini amalga oshirish vazifalarini topshirgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi, garant va kreditor bo‘lib ish ko‘radi;jismoniy va yuridik shaxslarga hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatadi, uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlarni amalga oshiradi;amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa xil bank faoliyatini olib boradi. Download 74.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling