Xulosa va takliflar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING


Download 74.38 Kb.
bet4/13
Sana27.01.2023
Hajmi74.38 Kb.
#1132196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING
USTAVI
UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda “Bank” deb ataladi) “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zjamg‘armabank”ni O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish to‘g‘risida” 1995-yil 4-oktabrdagi 386-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
2. Bank ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bankning muassislari hisoblanadilar.
3. Bankning firma (to‘liq rasmiy) nomi: davlat tilida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki”, qisqartirilgan holda “Xalq banki”; rus tilida “Gosudarstvenno-kommercheskiy Narodniy bank Respubliki Uzbekistan”, qisqartirilgan holda “Narodniy bank”.
Bank o‘z firma nomidan mutlaq foydalanish huquqiga ega.
4. Bank aholi omonatlarining saqlanishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlovchi mulkiy, moliyaviy, boshqa majburiyatlar va talablar bo‘yicha “O‘zjamg‘armabank”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Bank o‘z faoliyatida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga, tijorat banklari uchun majburiy tusga ega bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
Bank (shu jumladan uning bo‘linmalari) bank operatsiyalarini olib borish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir.
6. Bank mulki yetishmaganda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash maqsadida davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki aholi omonatlarining saqlanishini kafolatlaydilar hamda bankning omonatchilar jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari bo‘yicha muassislarning ustav jamg‘armasidagi badallariga mutanosib ravishda javob beradilar.
7. Bank o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan fuqarolarning omonatlari bo‘yicha o‘z mol-mulki bilan javob beradi.
Bank, qonun hujjatlariga muvofiq, mulkiy va nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, majburiyatlar oladi, xo‘jalik va xolislik sudlarida da’vogar hamda javobgar bo‘ladi.
Bankning jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan va tomonlarning majburiyatlari hamda javobgarligini belgilovchi shartnomalar ular bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asosi hisoblanadi.
8. Bank yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining hududiy boshqarmalari hamda bo‘linmalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining yagona tizimini tashkil etadi. Mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi.
9. Bank o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyalarga amal qilgan holda tijorat asosida amalga oshiradi.
10. Bank o‘z nomi to‘liq yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga, shtamplarga, o‘z nomi o‘zbek tilida va boshqa tillarda yozilgan blanklarga ega bo‘ladi. Bank o‘z emblemasiga va vizual identifikatsiyalashning boshqa vositalariga ega bo‘ladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 700096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46.

Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling