Xulosa va takliflar


MABLAG‘LARI, MOL-MULKI VA KREDIT RESURSLARI


Download 74.38 Kb.
bet6/13
Sana27.01.2023
Hajmi74.38 Kb.
#1132196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MABLAG‘LARI, MOL-MULKI VA KREDIT RESURSLARI
13. Bankning o‘z mablag‘lari: ustav sarmoyasidan; zaxira jamg‘armadan; taqsimlanmagan foydadan; Bank kengashi qaroriga ko‘ra shakllantiriladigan boshqa jamg‘armalardan hosil bo‘ladi. 14. Bankning ustav sarmoyasi 10 milliard so‘m miqdorida belgilangan.Aksiyadorlarning bankning ustav sarmoyasidagi badallari miqdori quyidagicha: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5,1 mlrd so‘m (ustav sarmoyasining 51 foizi); O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 4,9 mlrd so‘m (ustav sarmoyasining 49 foizi).15. Bank foydadan 5 foizgacha miqdordagi har yilgi ajratmalardan, u ustav sarmoyasining 15 foiziga yetgungacha, zaxira jamg‘armasini tashkil etadi.Bank jamg‘armalarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar Bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi.16. Bankning mol-mulki o‘ziga tegishli bo‘lgan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa boyliklardan iborat bo‘ladi.7. Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobiga shakllanadi: ustav sarmoyasi, zaxira va boshqa jamg‘armalar; mijozlarning bank hisob-raqamlaridagi, shu jumladan muddatli omonatlar va depozitlardagi mablag‘lari;
BANKNING OPERATSIYALARI
18.Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlarini ochadi va yuritadi, o‘zining yo‘riqnomalari va qoidalariga muvofiq, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, mijozlarning, shu jumladan korrespondent banklarning topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitoblarni amalga oshiradi; jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro, boshqa xil tashkilotlardan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy davlatlar fuqarolaridan hisob raqamlarga va omonatlarga (talab qilib olinadigan va muddatli) so‘mlar va xorijiy valyutada pul mablag‘larini qabul qiladi; o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobiga qaytarish, to‘lash va muddatli shartlarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar beradi; belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z nomidan o‘z mablag‘larini va jalb qilingan mablag‘larni boshqa banklarning, shu jumladan xorijiy va xalqaro banklarning hisob raqamlariga hamda omonatlariga, boshqa kredit muassasalariga joylashtiradi;

Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling