Xulosa va takliflar


BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 74.38 Kb.
bet7/13
Sana27.01.2023
Hajmi74.38 Kb.
#1132196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
19. Bank quyidagi huquqlarga ega: korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat tuzilmalarini tashkil etishda va ularning xo‘jalik faoliyatida, shu jumladan xolding asosida ham o‘z mablag‘lari bilan, shu jumladan ulush qo‘shish asosida qatnashish; moliya va xo‘jalik organlarida korxonalar va tashkilotlar manfaatlarini ularning ishonchnomalari bo‘yicha ifodalash; kredit beriladigan yuridik shaxs bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek kichik va o‘rta biznes korxonalaridan hisobotlar, balanslar va ularning to‘lov qobiliyatini, shuningdek, berilgan kreditlar ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;o‘z mablag‘lari yoki bank kreditlari ishtirokida obyektlarni qurish, texnika bilan qayta jihozlash va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha yechimlari ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish; qarzdorning to‘lovga qodir emasligi e’tirof etilganda, u kreditni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganda, kreditdan maqsadli foydalanish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki buxgalteriya hisobida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganda, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda bundan buyon kredit berishni to‘xtatish, berilgan summalarni muddatidan oldin undirib olish;
Xalq aksiyadorlik tijorat bankining buxgalteriya balansi tavsifi.
Tijorat bankining balansi buxgalteriya balansi bo’lib, u bankning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’larining holatini hamda ularni bankning kredit va jalb qilingan mablag’larining holatini hamda ularni bankning kredit va boshqa aktiv operatsiyalariga joylanishini ifodalaydi. Bundan tashqari, buxgalteriya balansi bank tomonidan bajariladigan operatsiyalarni xarakterlaydi va haqiqiy olingan foydani ko’rsatadi. Shu bois balans bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko’rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shakli bo’lib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bank rahbarlariga bank ishini rivojlantirishda aniq chora va tadbirlar ishlab chikishga sharoit yaratadi. Balans ma’lumotlari asosida bank kapitali va fondlari, kassadagi nakd pullar qoldig’i, mijozlarning hisob-kitob va ssuda hisob varaqlaridagi qoldiqlar, hamda boshqa jalb qilingan mablag’lar holati haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin.
Banklarning buxgalteriya balansi O’zbekiston Respublikasining ‘ Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonun va xalqaro andozalar talablariga mos keluvchn yangi hisobvaraqalar rejasi asosida belgilangan shaklda tuziladi. Yangi hisobvaraqalar rejasida iqtisodiyotda bo’lib o’tgan barcha o’zgarishlar natijasida banklar tomonidan bajarilayotgan yangi operatsiyalar ham ko’zda tutilgan. Yangi hisobvaraqalar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatdan eski rejadan farq qiladi. Yangi reja bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqalar tizimini aks ettirib, ular moliyaviy operatsiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlatiladi.


Download 74.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling