Xurmatillo ismoilov ning kurs ishi mavzu: paralingivistik vositalarning til strukturasidagi o’rni fan o’qituvchisi
Download 318.93 Kb.
|
paralingivistik vositalarning til strukturasidagi orni
FIKR IFODALAShDA PARALINGVISTIK
VOSITALAR ChEGARASI Nutq birliklari vazifasini bajara oladigan subetitutiv xarakterdagi imo – ishoralar miqdori turli xalqlarda turlichadir. Ba’zi jamiyatlarda ( qabila va elatlarda ) imo – ishoralar miqdori ko’proq bo’lsa (Amerika indeyislari benedikten ordendi, tillari va boshqalarda ), buning aksicha, shunday jamiyatlar borki, ularda juda oz miqdordagi shartlangan imo – ishora belgilari bor. Bu jihatdan o’zbeklarda ham subetitutiv vazifa bajara oladigan imo- ishoralar miqdori ko’p emas. Bu bilan birga har qanday informatsiyani ifodalay olmaydi. Uning vazifasi doirasi ham nihoyatda chegaralangandir. Kundalik og’zaki aralashuv stili bilan bog’liqdir. Mimika va imo – ishoralar birdan – bir fikr ifodalash vositasi sifatida doimo nutqqa nisbatan primitivdir. Qanchadan – qancha nozik dil harakatlarini, nozik his – tuyg’ular bilan bog’liq fikrlarni ifodalash qudratiga ega emas. Kar – soqovlarning tilini kuzatish bu masala yuzasidan qiziq malumotlar beradi. Fikrni tovush tili yordamida ifodalashdan mahrum bo’lgan kishilar Kar – soqovlar bu maqsad uchun faqat imo – ishoralardan, birinchi navbatda qo’l va uning barmoqlarining harakatidan foydalanadilar. Imo – ishora tushunarli bo’lishi uchun ifodalashi lozim bo’lgan predmetning tashqi formasini imkon boricha harakat bilan ko’rsatish kerak bo’ladi. Buning uchun esa imo – ishora esa juda cheklangandir. Shunga ko’ra ma’lum bir predmetni ko’rsatish orqali fikr predmetini tasvirlaydi: Masalan, olmani ifodalash uchun kar – soqovlar o’zining mushtini tishlaganday harakat qiladi va shu bilan birga olmani daraxtdan qoqish tasavvurini ham kuzatadi. Imo – ishora tili fikr ifodalash va fikrning rivojlanishi uchun shunchalik kambag’alki, kar – soqovlar faqat yo maxsus alfabit yordamida tovush tilini o’rgangandagina yoki normal gapiruvchi odamning lab harakatiga qarab gapirishni va tushunishni o’rgangan taqdirdagina o’zining taraqqiyotida normal odamdan birmuncha orqada qoladi. “Shuning uchun ham T.M. NIKOLAEVAning Amerika indeyslari tilida va benediktenordendi tilida imo – ishoralar har qanday yoki deyarli har qanday informatsiyani ifodalay oladi”, degan fikri sal mubolag’aga o’xshaydi, - deydi A. NURMONOV. Metodik jihatidan yondashadigan bo’lsak, paralingvistik vositalarni o’rganish, bilish har bir bo’lajak o’qituvchi uchun muhimdir. Chunki yuqorida aytganimizdek paralingvistik vositalarni inson o’z nutqida fikrini ta’sirli o’tkazish uchun beixtiyor qo’llaydi. Undan tashqari maktabda o’qituvchilar barcha fanlardan dars berish jarayonida beixtiyor va ixtiyoriy ravishda ushbu vositalardan foydalanadilar. Bu esa o’sha mavzuning o’quvchiga aniq, to’la mazmuni bilan taassurotli yetib borishini ta’minlaydi. Haqiqatdag ham, kishilarning fikr-tuyg’ularini ifodalashga xizmat qiluvchi imo-ishora (mimika) va turli gavda harakatlari kabi yordamchi vositalar o’zbek tilshunosligida juda ko’p. Gavda harakatlari va mimikalar so’zlashuv nutqida, ayniqsa, dialogik nutq jarayonida qo’llaniladi. Uni yozma nutqda real ravishda aks ettirib bo’lmaydi. Shunga ko’ra uning nusxasi (talab qilingan paytda) til vositalari orqali yozma nutqqa ko’chiriladi. Masalan, diologik nutq jarayonida suhbatdoshning “bosh chayqashi” (gorizontal) inkor ma’nosini bildiradi. Yozma ntqda esa suhbatdoshning “boshini chayqatib” bo’lmaydi. Binobarin, mana shu harakatning nusxasi so’zlar vositasida (“bosh chayqadi” deb) aks ettiriladi. Demak, gavda harakatlari va mimika aslida nolingvistik hodisa bo’lib, nutqdan tashqarida ham, nutq jarayonida ham unga yordamchi vosita sifatida ham qo’llanishi mumkin. Lekin u hamma vaqt ob’ektiv borliqning yoki suhbatdoshning so’zlovchi ongiga ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Binobarin, u til bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq holda ifoda etiladi. Gavda harakatlari va mimka yordamchi aloqa vositasi sifatida asosan og’zaki nutq jarayonida voqe bo’ladi. Nutqning barcha ko’rinishlarida alohida til vositalari orqali ekpressivlik, emotsionallik ifodalanganligi kabi gavda harakatlari va mimika yordamida ham shu xil ma’nolar ifodalanishi mumkin. Masalan, tasdiq va inkorni ifodalovchi bosh harakati (vertikal yoki gorizontal) dialogik nutqda (tovush nutqidan xoli holda) asosan intelektual munosabatlar bildiradi. Chunonchi, inkor bildiruvchi gavda harakatlari tovush nutqi bilan birga bajarilsa, ekspressiv munosabat bildirishi mumkin (unda bosh chayqaladi va alohida intonatsiya bilan “yo’q”, deyiladi). Shu gavda harakatlari tovushsiz bajarilib, situatsiyaga ko’ra turli xil, hatto undov so’zlar bildiradigan ma’nolarni ifodalashi mumkin. Misollar: - Bizning eshon mana shunaqa…Lekin ikkita aybi bor: xudo bo’ydan, jussadan bergan emas, xotini bilan podruchka qilib ketayotganda orqasidan kishi eshonni Kifoyatxonga osib qo’yibdi, dedi. Eshon “juda o’tkir gap bo’ladi” degan ma’noda “bosh chayqab” qotib-qotib kuldi (A.Qahhor). …Esimga solma degan ma’noda “bosh chayqab”, qani, dutorni ol! – dedi (A.Qahhor). Latofat ha, degan ma’noda bosh irhadi (Tohir Malik). Bu – jiddiy ish degan kabi ma’noli bosh chayqadi (Tohir Malik). – Cho’kib o’lgan?! – Shunday yigit-a! Direktor boshini sarak-sarak qilib, o’rnidan turib ketdi (Tohir Malik). Butaev, ma’qul, degandek bosh irg’adi-da o’rnidan turdi (Tohir Malik). Bu misollarda “bosh chayqamoq” (irg’amoq)ning turli xil ma’nolari aks etgan. “Bu ishlarga sen aybdorsan”, degan gapda so’zlovchi ko’rsatgich barmog’ini tingloviga qarata niqtasa (o’qtalsa) ta’kid, ta’sirchanlik ortadi: Anoraga navbat kelganda unga qo’lini bigiz qilib6 – baribir, o’qiysan! – dedi (O’.Usmonov). Lug’aviy birliklarda bo’lganidek, mimka ayniqsa gavda harakatida ham omosemik, sinsemik, antosemik, monosemik, polisemik xususiyatlarning borligi kuzatiladi. Lekin bu o’rinda ularning nutqda ekspressivlik ifodalashi uun yordamchi vosita sifatidagi xizmatlarini ko’rsatish bilan kifoyalanadi. Gavda harakati va mimkada so’zlovchining voqelikka, suhbatdoshga bo’lgan turlicha psixo-fizologik munosabatlari aks etadi. Misollar: U g’olibona bir g’urur bilan enlik kamarini ushlab, bir elkasini ko’tardi va tishlarining orasidan bir tomonga chirt etib tupurdi (A.Qahhor). Bu o’rinda personajning g’ururli psixik holati uning xatti-harakatlari yordamida berilgan. Yana misollar: Saidanig bu gapi hazil tariqasida aytilmagani Qalandarovga malol keldi. U o’rta barmog’i bilan peshonasini tez-tez ishqab, xuddi tishi bilan danak chaqqanday bosh silkib: Zulfiqorov yaxshi brigadir, - dedi (A.Qahhor). Ro’paramizda bittasi bor, - mana bunday! – Hakimjon bosh barmog’ini havoga nuqtadi (O’. Usmonov). Eshon Qalandarov uzatgan konyakni “faqat berganingiz meniki, davlatingiz o’zingizga buyursin”, degan ma’noda chinchalog’i bilan uning bilagiga sekin urib, ya’ni stakanni “kesib” oldi-da, bitta ko’tardi (A.Qahhor). Voy shuni aytingizmi-ya? Uyat! – Mahbuba boshini changalladi, barmog’ini tishladi (O’. Usmonov). Siz uni yaxshi bilmaysiz. U boshqa odam!!! Mahbuba Ikromovga shart yuzini burdi (O’. Usmonov). Mushtumini qisdi, titradi chol, olovlandi xira ko’zlari... Bari bir paxtani teramiz! (Uyg’un). Mimika, ayniqsa, gavda harakati o’z ma’nosi bilan turg’unlashib qolishi natijasida frazeologizmning tug’ilishga aos bo’ladi: ko’zlari kosasidan chiqib ketmoq, barmog’ini tishlab qolmaq kabi. Gavda harakati va mimika so’zlashuv nutqi jarayonida real ravishda bajarilsa, yozma nutqda u asosan ko’chirma gapli konstruktsiyalarning avtor gapi qismda va sahna asarlarining remarka qismida izohlanadi. Misollar: - Juda soz! – Sergey Nikolaevich kaftlarini bir-biriga ishqab shod gapirdi (H. G’ulom) . To’g’ri qildim! – Nomozov qaddini sal ko’tarib kresloda o’nglanib o’tirib oldi. – Haqqim bor! Axir men rektorman! Nozimjonning mitti ko’zlari ola-kula bo’lib, vajohati o’zgarayotganini ko’rgan Jukova: - Bezovta qilganim uchun kechirasiz, - dedi –da, kabinetdan chiqib ketdi... Bari bir oxirigacha kutish kerak edi!- Afzalovning zardasi qo’zib, o’tirgan erida bir silkinib oldi... – Xo’sh, keyin nima bo’ladi?... – Afzalov asabiy bir holatda barmoqlarini chalishtirib qarsillatdi. – Axir nima javob qildi, “boramiz”, dedim?... – Lattasiz! – Afzalov toqatsizlanib o’rnidan turib ketdi... – Ha-ha! Afzalov yoqasini ushlab, katta dumaloq boshini sarak-sarak qildi... – Xo’sh, siz shu bilan nima demoqchisiz? – Afzalov Abdullaevga o’qrayib tikildi... (H. G’ulom). Toshkentda imtihondan yiqildik, - yigit o’ng qo’lining katta kiftini chap ko’kragiga urib, boshini egdi. – Iltimos! (H. G’ulom). Afzalov stolga o’tirdi-yu, nechundir keng elkalarini beo’xshov qimirlatib qo’ydi (H. G’ulom) . Gavda harakati va mimika elementlari ko’p vaqt birga qo’llanganda va mazmuniga uyg’un holda uning ta’sir kuchii oshiradi. Ular amaliyotga juda ko’p va xilma-xildir. Yana misollar: Yahyo og’zini ochgancha baqirib qoldi (“Yoshlik”). Qip-qizil ahmoqsan. Odamga kalla kerak, kalla! Shunday deb ko’rsatgich barmog’i bilan boshiga nqib qo’ydi (“Yoshlik”). Nozima shunday deb elkasini qisdi (“Yoshlik”): - E-e, - Komil qo’l siltadi,- meshchanlikning o’zginasi-ku, bu! (“Yoshlik”): Yana boshlayapsizmi, deb shart orqasiga o’grildi (“Yoshlik”). Odilov qo’lida o’ynab turgan qalamni jahl bilan stol ustiga tashladi (“Yoshlik”). Omonturdievning ko’zlaridan olov sachrab ketdi (“Yoshlik”). U To’xtamish Omonturdievga tagdor qarash qildi (“Yoshlik”). Afzalov keng elkalarini beo’xshov qimirlatib qo’ydi (H. G’ulom) . Uzoqov mashinasiga o’tirib eshikni zarda bilan yopdi (H. G’ulom) . Gavda harakati va mimikaning sotsial xarakteri, milliy xususiyati, o’ziga xos “semantika”sini hisobga oladigan bo’lsak, bu hodisaning atroflicha o’rganishga molik ekanligi oydin bo’ladi. Bu o’rinda mazkur maala (hodisa) kitobxon diqqatiga havola tarzidagina beriladi. Ma’lumki, gapning ifoda maqsadi ifoda formasini belgilaydi va aksincha, ifoda formasi uning mazmunini tasvirlaydi. Gapning forma va mazmun munosabati uning funktsiyasini belgilaydi. Mazmun va formalar mosligi, odatdagicha qo’llanishi kommunikativ funktsiyada, “g’ayri odatiy” qo’llanishlari esa stilistik funktsiyada namoyon bo’ladi. Masalan: tasdiq formaning tasdiq mazmunini ifodalashi odatdagi, ayni paytda neytral munosabatni bildirsa, uning inkor mazmunida qo’llanishi (“g’ayri odatiy”) ekspressiv munosabat hosil qiladi. Gapda inkor formalar qo’sha qo’llanganda ikki xil hoat kuzatiladi: 1. Tartib bo’yicha birinchi inkor ikkinchi inkorni inkor etsa (inkorni inkor), kuchli tasdiq kelib chiqadi. 2. Ikkinchi inkor birinchisiga aloqador bo’lmasa, inkor mazmuni saqlanadi. Kesimdagi inkor gap uchun umumiy bo’lib, boshqa bo’lakdagi inkor ko’pincha xususiy xarakterda bo’ladi. Download 318.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling