Xurmatillo ismoilov ning kurs ishi mavzu: paralingivistik vositalarning til strukturasidagi o’rni fan o’qituvchisi
O’ZBEK TILIDA PARALINGVISTIK VOSITALAR
Download 318.93 Kb.
|
paralingivistik vositalarning til strukturasidagi orni
O’ZBEK TILIDA PARALINGVISTIK VOSITALAR
VA ULARNING TURLARI O’zbek tili tarkibidagi maxsus paralingvistik vositalarni kinektik, mimik va fonetik vositalarga ajratib o’rganishi mumkin. O’zbek tili tarkibi inkor, tasdiq, ko’rsatish, xayrlashuv, do’q qilish, salomlashish ma’nolarini ifodalovchi, shu bilan birga fikr ifodalash jarayonida his tuyg’ularni bo’rttirib ko’rsatish uchun turli xil knetik vositalardan foydaliniladi. 1. Masalan, kallaning gorizontal harakati “yo’q” ma’nosini bildiradi. “Boshini chayqamoq” verbal vositasi bilan ifodalanadi. Chunonchi;
Yo’q-e, - dedi Zuhra kelin bosh chayqab. Traktorchilik erkaklarning ishi (O’.HOShIMOV. “Ikki eshik orasi” 159 bet) O’zbek tilida tasdiq ifodalovchi kinetik vositalar ham ko’p uchraydi. Boshning vertikal harakati “bor” ma’nosini bildiradi. Bu holat “bosh silkidi”, “bosh irg’idi”, “boshni qimirlatdi” kabi verbal vositalar orqali ifodalanadi. Masalan; Bashar opa “to’g’ri” degandek bosh silkidi. (O’. Hoshimov “Ikki eshik orasida”, 196- bet). Zuhra kelin indamay bosh irg’adi. (O’. Hoshimov “Ikki eshik orasida”, 196- bet). O’shani sen minasan, uqdingmi ? Zuhra kelin indamay bosh irg’idi. (O’.HOShIMOV, “Ikki eshik orasi” , 196-bet.) Keldi! - u jo’n gap aytgandek xotirjam bosh silkidi. (o’sha asar, 193- bet) 2. Tasdiq ma’nosini ifodalashda kinetik vositalardan qo’l harakati ham ishlatiladi. Masalan: Bekdavlat birpas jim o’tirdida, qo’lini uzatdi. (Sh.XOLMIRZAEV. “Yo’lchi”, “Sharq yulduzi” 1987-yil 36-bet). Bu misollarda qo’lini uzatish harakati “rozilik”, ya’ni inkor qilmaslik ma’nosida qo’llangan. Inkor va tasdiq ma’nolarini ifodalovchi yordamchi vositalardan tashqari ko’rsatishni (biror predmet, narsa va hodisalarni) ifodalovchi paralingvistik vositalar ham mavjud. Ko’rsatish ma’nosini ifdalashda kinetik vositalardan qo’l harakati aktiv qo’llanadi. Yozuvda bu harakat “barmog’ini big’iz qildi” kabi verbal vositalar bilan ifodalanadi. Misollar: u menga qarab barmog’ini bigiz qildi, - mana shu azamat kechasi bilan tong otar uxlamay g’o’za sug’orib chiqqanini bilasizmi? (O’.HOShIMOV. “Ikki karra ikki - besh”, 83 - bet). Anavilar nega dumalab yotibdi ish paytida? Rais buva avvaliga bizni tanimadi shekilli, qo’lini paxsa qildi. Uxlab yotibsizlarmi? (O’.Hoshimov “Ikki kara ikki - besh”, 93 - bet). Ko’rsatish ma’nosini ifodalashda yana quyidagi paralingvistik vositalar ham qo’llaniladi: Ko’zi bilan menga imo qiladi. Barchaga bering. (O’.Hoshimov “Ikki eshik orasi”, 43 - bet). Kimsan akam “ u yoqqa qara” degandek biqinimga turtib imo qildi. (O’sha asar. 58 - bet). U yelkasi osha imo qildi. - Shogirdingiz o’quvchi chiqib qoldi. Shekilli? Bu kabi misolardagi “ ko’z bilan imo qilish ”, “qo’lini siltash” , “biqiniga turtish”, “bosh bilan imo qilish”, “boshini siltash”, “ko’ziga tikilish”, “qo’lidan tutish”, “boshin chayqash”, “boshini irg’ash”, “qovog’ini solish”, “qovog’ini tushirmoq”, “qo’lini qismoq”, “elkasiga qo’l tashlamoq” singarilar ham paralingvistik vositalarga kiradi. - Yo’q – yo’q, - dedi boshini chayqadi Abdurahmon, - yani ikkita qilichboz kerak. Sahroda kelayotib, emay – ichmay faqat shu xususida o’yladim. Kamina tag’in ikkita . . . (Bakir Yulduz “Karbalo fojiasi”, 7 - bet). - Ko’ryapman, - deya bosh irg’idi Abdulloh. (Yuqoridagi asar, 26 - bet). - Ie, Ra’noxon! – Umar akam imo qildi. – Marhamat. (O’. Hoshimov “Ikki eshik orasi” 236 - bet) - Qo’ying shundoq ! Umar zakunchi tugunni sandal ustiga qo’yishga imo qildi. (O’sha asar, 230 - bet). - Bu joy, - mehmon bo’sh kursilari imo qildi. - Sizlarniki. (O’sha asar, 201 - bet). Bu gaplardagi “imo qildi” verbal vositalar birinchi gapda o’tirishga taklif qilib joy ko’rsatish ma’nosida, ikkinchi gapda narsani biron joyga qo’yishni ko’rsatish ma’nosida, uchinchi gapda esa odamlarga o’z o’rnini ko’rsatish ma’nosida qo’llangan. “Xayr” ma’nosini ko’rsatuvchi kinetik vositalardan boshning vertikal harakati, shuningdek, vertikal harakatda cho’zib, silkitish va boshqa harakatlarni ta’kidlab ko’rsatish mumkin. Masalan:
– Yaxshi boring, – dedi Habiba. Bekdavlat bosh irg’idi va ajib bir holga tushdi. Bekdavlat ham qo’lini cho’zgan holda qimirlatdi, mashinaning u yog’iga o’tdi. ( Sh. Xolmirzaev “Yo’lovchi”, “Sharq yulduzi”, 1987 yil, 48 bet ). Do’q qilish, do’q – po’pisa qilish, qaxr – g’azabni ifodalash kabi ma’nolarni bildiruvchi paralingvistik vositalar “mushtini dulaytirdi”, “stolni mushtladi”, “qo’lini paxsa qildi” kabi verbal vositalar orqali ifodalanadi. Masalan:
Dard – Bashorat sovuqdan tars – tars yorilgan qo’lini sandalga mushtladi. – Traktor haydash – aeroplan uchirish emas. (O’. Hoshimov. “Ikki eshik orasi”, 194 - bet). – Jim! – dedi qo’lini paxsa qilib (O’sha asar, 2 - bet). – Akang tengi odamga qop orqalatgani uyalmaysanmi ? – Men senga o’ynab o’tiripman dedimmi ?! – Safar aka qo’lini paxsa qildi. (O’sha asar, 9 – bet). Bulardan tashqari yana quyidagi gaplardagi paralingvistik vositalar ham bizningcha, jahli chiqqanini bildiradi: jumladan; – E ! – U jahl bilan qo’l siltadi. – Tabib kim bo’pti o’zi ? (O’. Hoshimov. ”Ikki eshik orasi” 237 – bet). – Yana gapiradi – ya ! – oqsoqol “satqai odam ket” degandek quyuq qoshini chimirdi. (O’sha asar, 283 – bet). ”Uying bilan qo’shmozor bo’l”, degandek labini kinoyali qimtidi (O’sha asar, 62 – bet). Bu gaplardagi ”jahl bilan qo’l siltadi”, ”quyuq qoshini chimirdi”, ”labini kinoyali qimtidi” verbal vositalari jaxli chiqqanini anglatayapti. Salomlashish ma’nosini ko’rsatuvchi kinetik vositalardan ”qo’lini ko’ksiga qo’yish”, ”bosh silkish” kabi paralingvistik vositalar ishlatiladi. Masalan:
Tavoze bilan ikki qo’lini ko’ksiga qo’yib salom berdi. (O’. Hoshimov. ”Ikki eshik orasi”, 46 – bet). Axmad salom berdi. Tolib aka sadaqa bergandek bilinar – bilinmas bosh silkib alik oldi. (F. Musajonov ”Ximmat”, 62 – bet). Download 318.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling