Xuruj kunlari qilgan yettinchi kengashim
SALTANATIMGA RIVOJ BERISH UCHUN QILGAN O‘N BIRINCHI KENGASHIM
Download 19.44 Kb.
|
17 mavzu
SALTANATIMGA RIVOJ BERISH UCHUN QILGAN O‘N BIRINCHI KENGASHIM
Badaxshon shohlari mening itoatimga kirgach, Xuttalonga qarab yurdim. Bu mamlakatga kelsam, qaynog‘am amir Husaynning qo‘rsligidan Po‘lod Bug‘a va Sher Bahrom undan ajralib, o‘z ulusiga ketib qolishgan ekanlar. Bu yerdan ko‘chib, Dashti ko‘lank jilg‘asiga borib tushdim, (u yerdan) Jeta va Ilyos Xoja lashkarlari ahvolini bilib kelish uchun ayg‘oqchilar jo‘natdim. Ular o‘n kundan keyin xabar keltirdilarkim, Jeta amirlari: birinchisi — Kuch Temur Bekkichik o‘g‘li, ikkinchisi — Temur No‘bkon, uchinchisi Sariq bahodir, to‘rtinchisi — Shingum, beshinchisi — Hojibekning inisi Tug‘luq Xoja yigirma ming otliq askar bilan Xalotiy va Puli sangin oralig‘ida turgan emishlar. Ular men turgan yer va lashkarim qay ahvolda ekanligini bilib kelish uchun oldimga elchi jo‘natdilar, (Elchini chalg‘itish maqsadida) lashkarimni ikki marta qayta-qayta uning oldidan o‘tkaztirdim, so‘ng elchiga ruxsat berdim. (Keyin) kengashib, uning ortidan ketma-ket (qo‘shin tortib) borishga qaror qildim. Lekin lashkarim bu borada men bilan hamjihat bo‘lmadi. Lashkarimni atrofimga birlashtirmoq uchun ba’zilariga muruvvat, mehribonlik qildim; boshqalari bilan kelishishga intildim, yana bir guruhini esa molu dunyo bilan o‘zimga qaratib olmoqchi bo‘ldim. Yaxshi so‘z, ahdu paymon va va’dalar bilan qolganlarining ko‘ngliga tasalli berdim. Shu payt xabar keldikim, ilgari mening navkarlarim bo‘lgan Tug‘luq Sulduz va Kayxusrav Jetaning olti ming otliq askariga boshchilik qilib, mening ustimga kelmoqda emishlar. Bu xabar lashkarim o‘rtasida tarqalgach, ularning ittifoqsizligi yanada kuchayib, sarosimaga tushib qoldilar. Lekin amir Jaku, Iygu Temur, amir Sulaymon va amir Jaloliddin mening yonimda qoldilar.
Download 19.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling