Xusuiyatlarini
Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi
Download 245.28 Kb.
|
MAKTABLARDA ALPOMISH VA BARCHINOY O`YINLARINI O`RGATISH
Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi.Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida birichi galdagi muommoni tashkil etadi. Bu tabiiy holdir, chunki shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi. Mashg’ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog’liqligi. Ish qobiliyati asosiy bo’limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug’ullanuvchi kishilar faoliyati mazmknining o’ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda mashg’ulot kirish, tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi. Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg’ulotni tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar), asosiy va yakuniy qismlarga bo’lish rasm bo’lgan. Ma’lum mashg’ulot o’tkaziladigan vaqt chegaralarini nazarda tutsak, bunday bo’lish mantiqan to’g’riroq bo’ladi, chunki darsning kirish qismiga to’g’ri keladigan start oldi holatlari mashg’ulot boshlangungacha bo’ladigan vaqtga mansubdir. To’g’ri, bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo’lmay, balki barcha alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o’quv musobaqalari va shunga o’xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda boshqacharoq sifat darajasiga o’tadi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni o’rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi. Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama – qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin. Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug’ullanuvchilarga unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg’ulotlarning tayyorgarlik va yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga kiritiladi. Shunday yo’l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug’ullanuvchilarning ish qobiliyati har gal eng yaxshi bo’lishi ta’minlanadi. So’ngra mashg’ulotning tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga binoan) bo’ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak. Mashg’ulotlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun, yuqorida keltirilgan fikrlardan tashqari shug’ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq kerak bo’ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg’ulotlarining dars va darsdan tashqari shakllari bo’ladi. Jismoniy madaniyat mashg’uloti dars shakllari. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning asosiy shakli jismoniy tarbiya darslaridir. Darslarni to‘g‘ri o‘tkazish jismoniy rivojlanishning muvaffaqiyatini va talabalarning malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish topshiriqlarini bajarishlarini ta’minlaydi. Darslarda, talabalarni mashg‘ulot paytigacha o‘tkaziladigan gimnastika, tanaffus va jismoniy tarbiya daqiqalarida foydalaniladigan mashg‘ulotlar materiali bilan tanishtiriladi. Shunday qilib, darslar o‘quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarining ham asosi hisoblanadi. Jismoniy madaniyat darslari o‘z mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Ular zalda, maydonchada o‘tkaziladi, bunday joylarda bolalar harakati kamroq cheklangan bo‘ladi, bu esa bolalarni uyushtirish va dars o‘tkazishda alohida sharoit yaratadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib, ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya, sport musobaqalar, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan shakl aloqadorligi pedagogik jihat dan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuv- chilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi, mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha bo’ladi. Boshlanadigan mashg’ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va hokazo. Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi. Mashg’ulotlarning darsdan tashqari shakllari. Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari qo’yidagilardan iborat. Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga organizmni chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishga yordam berish. O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish. O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish. Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi. Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi. O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak. Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10 sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi. Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga rahbarlik esa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan biri zimmasiga yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar Download 245.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling