Xususiyatlari. Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1105099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mtt rivojlanish Umida

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka 
tavsiflari 
Lavozim vazifalari: 
a) maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o’quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik 
rahbarlik qilish; 
b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturlarining 
bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish; 
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo’naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar 
bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam 
ko’rsatish; 
g) maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni 
tarbiyalash va o’stirish bo’yicha metodik materiallarni umumlashtirish; 
d) ilg’or tajribalarni o’rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba 
almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish 
maqsadida maslahatlar o’tkazish; 
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga 
kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning 
ishtirokini ta’minlash; 
j) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qabul qilingan buyruqarning bajarilishini 
nazorat qilish; 
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti hamda maktabgacha ta’lim 
tashkilotida turli yosh guruhlar bo’yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash; 
i) ta’lim tashkiloti faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni 
muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; 


y) tarbiyalanuvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’lgan 
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish. 
Tarbiyachi-metodist: 
a) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagida”, ”Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi to’g’risida” va “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi 
qonunlarini; 
b) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; 
v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarining 
mazmunini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar 
konsepsiyasini; 
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni 
o’qitish va tarbiyalash shakl va uslublarini; 
d) maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va 
uslublarini, bolalar hayoti va sog’ligini muhofaza qilish qoidalarini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o’quv va 
tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini bilishi 
lozim. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling