Xususiyatlari. Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1105099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mtt rivojlanish Umida

Malaka talablari: 
a) o’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kichik 
yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha kurslarni tugatgani; 
b) xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; 
v) uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji. 
Uslubchining doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta’lim-tarbiya va 
sog’lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi.
Unda uslubchi: 
-guruhlarda bolalarning o’quvi, o’yin-mashgulotlari, mehnat faoliyatini 
o’rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini;


-bolalar tomonidan dasturning turli bo’limlari bo’yicha egallagan bilim, 
ko’nikma va malakalarining tahdidi; 
-bolalarda xulq-atvor madaniyati, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni, jamoada 
yashash ko’nikmalarini darajada egallaganini qayd etadi.
Uslubchi tarbiyachilar ishidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etar ekan, ular 
duch kelgan muammo va qiyinchiliklarning sabablarini aniqab, ta’lim-tarbiya 
ishlarini yaxshilash yo’llarini aks ettiradi. 
O'z kasbdoshlarining hurmatini qozonish va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli 
bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday uslubchilik sifatlariga ega 
bo’lishi kerak? Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki 
bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. 
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi: 
g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining 
imkoniyat va mahoratlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi. 
Uslubchi talablarni qo'yishda talabchan va qat’iy bo’lishi kerak. Rahbarning 
o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional-irodaviy tomonini 
ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim hislati - talabchanlikni hosil 
qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirliq hayrixohlik odamlarga hurmat bilan birga 
qo‘shib olib borish zarur.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling