Xususiylashtirish tushunchasi: maqsadi, tamoyillari va yo’llari


Axborot yig’ish va uni tahlil qilish


Download 73.7 Kb.
bet10/10
Sana10.02.2023
Hajmi73.7 Kb.
#1187487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Axborot yig’ish va uni tahlil qilish

Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga to’la erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifa etib belgilangan.
Xususiylashtirishning asosiy kursatkichlari ( 2018-yil yanvar-mart xolatiga)

Hududlar

Xususiylashtirilgan korxona va obhektlar soni

Davlat aktivlarini sotishdan olingan tushumlar


Birlik

Jamiga nisbatan foizda

Mln. so’m


Jamiga nisbatan foizda


O’zbekiston Respublikasi


213



84953,7

100%

Qoraqolpog’iston Respublikasi


26

12,2

1939

2,3

Viloyatlar




0,0



0,0

Andijon

14

6,6

486,7

0,6

Buxoro

3

1,4

727,1

0,9

Jizzax

5

2,3

774,7

0,9

Qashqadaryo


21

9,9

722,5

0,9

Navoiy

6

2,8

269,8

0,3

Namangan

9

4,2

5879,1

6,9

Samarqand


13

6,1

2557,1

3,0

Surxondaryo


30

14,1

1598,8

1,9

Sirdaryo

9

4,2

318,3

0,4

Toshkent

53

24,9

3570,1

4,2

Farg’ona

6

2,8

2136,3

2,5

Xorazm

13

6,1

708,4

0,8

Toshkent shahri


5

2,3

63265,2



74,5

Mazkur O`zbekiston Respublikasi Mulkni baholash 10-son milliy standarti (MBMS) "Ko`chmas mulk qiymatini baholash" (keyingi o`rinlarda 10-son MBMS deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati to`g`risida"gi Qonuniga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 208-modda), O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-sonli "Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko`rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to`g`risida"gi qaroriga (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2008 y., 18-son, 145-modda) muvofiq O`zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
10-son MBMSning maqsadi ko`chmas mulk qiymatini baholashning atama va tushunchalarini, axborotga qo`yiladigan talablarni, baholashni amalga oshirish tartibini, baholash yondashuvlari va usullarini, baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo`yiladigan talablarning o`rnatuvchi normalari va qoidalarini belgilashdir.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Baholovchi baholash yondashuvlari va usullarini asosli ravishda tanlash va qo`llash uchun zarur va yetarli bo`lgan hajmda baholash ob’ekti haqida axborot va bozorga oid axborotni yig`ish va tahlil qilishni amalga oshiradi.

16. Quyidagilar baholash ob’ekti haqidagi axborot manbalari hisoblanadi:


buyurtmachi yoki o`zga vakolatli shaxs tomonidan taqdim еtiladigan boshlang`ich axborot;
baholovchi baholash ob’ektini ko`zdan kechirish jarayonida hamda baholash ob’ekti mulkdori va (yoki) undan foydalanuvchilar bilan suhbatlashish natijalariga ko`ra olgan axborot;
uchinchi shaxslar va tashkilotlardan olingan, shuningdek ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog`ida е’lon qilingan axborot.

17. Boshlang`ich axborot quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim:


ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni va u bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risidagi guvohnomani;
er uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni;
hokimiyat organlarining yer uchastkasini berish (ajratish) to`g`risidagi qarorini;
binolar va inshootlarga doir kadastr hujjatlarini;
baholash ob’ektiga boshqa shaxslarning huquqlarini yuklashlar (baholash ob’ektiga bo`lgan huquqlarga nisbatan cheklashlar) mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga olgan hujjatlarni;
baholanayotgan yaxshilashlarning hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsiflariga doir axborotni o`z ichiga olgan hujjatlarni;
baholash ob’ektidan mavjud foydalanishga doir axborotni;
ko`chmas mulk ob’ektining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarni;
baholash ob’ekti va uning qismlarining rivojlanish rejalari (yangi qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash) haqidagi ma’lumotlarni;
yuridik shaxslarga qarashli bo`lgan ob’ektlarga nisbatan baholash ob’ektining so`nggi hisobot sanasidagi balans (qoldiq va boshlang`ich) qiymati to`g`risidagi ma’lumotnomani;
retrospektiv va prognoz moliyaviy axboroti, shu jumladan, ob’ektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy ko`rsatkichlari (xarajatlar moddalari bo`yicha yillik foydalanish xarajatlari, daromadlar manbalari bo`yicha ob’ektdan foydalanishdan olingan daromadlar)ni.
Taqdim еtilayotgan boshlang`ich axborot baholash ob’ekti mulkdorining (agar baholash ob’ekti yuridik shaxsga qarashli bo`lsa va muhr mavjud bo`lgan taqdirda) imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holdagina haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash ob’ektining xususiyatlariga qarab, baholovchi boshlang`ich axborot ro`yxatini kengaytirishi yoki baholashni amalga oshirish jarayonida kerakli axborotni talab qilib olishi mumkin.

18. Baholash ob’ektini ko`zdan kechirish chog`ida baholovchi yaxshilashlarning tavsiflari va amaldagi holati haqida ma’lumotlar yig`ish maqsadida ob’ektni tekshirishni amalga oshiradi. Bunda quyidagilar aniqlanishi lozim:


asosiy qurilish konstruksiyalarining tipi;
asosiy qurilish materiallarining turi;
geometrik ko`rsatkichlar;
qurilish konstruksiyalari va muhandislik asbob-uskunalarining amaldagi holati.
Loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo`lgan taqdirda amaldagi konstruktiv yechimlar, ishlatilgan qurilish materiallari va qurilish-montaj ishlari hajmlarini hujjatlarda ko`rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash amalga oshiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo`lmasa, baholash ob’ektining geometrik ko`rsatkichlari o`lchash ishlarini bajarish yo`li bilan aniqlanadi.
Konstruktiv еlementlar, muhandislik sistemalari va asbob-uskunalarning amaldagi holati sirtdan ko`zdan kechirish yo`li bilan aniqlanadi.

19. Baholovchi quyidagilarni tavsiflovchi bozorga oid axborotni qo`shimcha ravishda yig`ishi va tahlil qilishi lozim:


baholash ob’ektining qiymatiga ta’sir еtuvchi makroiqtisodiy (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, еkologik va boshqa) omillarni aniqlash uchun baholash ob’ekti joylashgan mamlakat va mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni;
baholash ob’ekti joylashgan mintaqadagi ko`chmas mulk bozorini va uning baholash ob’ekti mansub bo`lgan segmentini;
baholash ob’ekti joylashgan yerni (ob’ektning yaqin atrofidagi muhitning joriy tavsifi, ob’ekt atrofidagi hududni rivojlantirish rejalari).


1 MBMS “Xycyciylashtirish maksadida mulk kiymatini baholash”2009-yil 28-oktyabr 2025 son

2 MBMS “Xycyciylashtirish maksadida mulk kiymatini baholash”2009-yil 28-oktyabr 2025 son ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi.




Download 73.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling