Xususiylashtirish tushunchasi: maqsadi, tamoyillari va yo’llari


Xususiylashtirish maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholash bosqichlari va ularni amalga oshirishda axborotlar tizimini shakllantirish jihatlari


Download 73.7 Kb.
bet9/10
Sana10.02.2023
Hajmi73.7 Kb.
#1187487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Xususiylashtirish maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholash bosqichlari va ularni amalga oshirishda axborotlar tizimini shakllantirish jihatlari

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

  • Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.

  • O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obhektlarni xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini bar’o etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi.

    Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xususiy mulk va uning asosida rivojlanayotgan xususiy tadbirkorlikka keng ehtibor berilmoqda. Birinchi ‘rezidentimiz sh.Mirziyoev tahkidlaganidek, “jiddiy va kundalik ehtiborini talab qiladigan yana bir muhim yo’nalish bor. Bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning tahsirchan himoyasini tahminlashdir.”26.

  • Qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo, xizmat ko’rsatish sohasi singari tarmoqlar, uy-joy fondi to’liq xususiy mulk egalari tasarrufiga o’tkazildi. Istehmol tovarlari ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat, tikuvchilik mahsulotlari, to’qimachilik, charm-’oyabzal, mebel va farmatsevtika sanoati tarmoqlarida davlatning ulushi anchaga kamaytirildi.

  • Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa – davlat sektori bozor iqtisodiyoti sharoitida ham sezilarli rolg’ o’ynashini inkor qilmaydi. CHunki iqtisodiyotning davlat korxonalari mahlum darajada saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.

  • Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ulardan samarali foydalanish, umuman iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilinganligi va joriy etilganligini, ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustaxkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining kafolati bo’lib xizmat qilishini tahkidlamoq zarur.27

  • Bu ishlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad qarovsiz holda bo’lgan bino va inshootlar negizida zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini bar’o etib, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratishdir. Bu esa, o’z navbatida, bozorlarimizni xaridorgir va im’ort o’rnini bosuvchi ko’’lab yangi turdagi tovar hamda mahsulotlar bilan boyitish, eng muhimi, aholi bandligini tahminlash va turmush farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladi.

  • O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini tahminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida xususiy mulkni va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ularni himoya qilishning muhim yangi bosqichi bo’ldi. Bu farmon asosida Mamlakatimizda bir qator ishlarning bajarilishi muhim vazifa sifatida qo’yildi. Jumladan, ‘rezidentimiz tomonidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifalardan biri, deb belgilanmoqda.

  • shuningdek, O’zbekiston Respublikasi ‘rezidentining 2017 yil 17 yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obhektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obhektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obhektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishga qaratilgan.

  • Jumladan, 2017 yil 23 fevralida ‘rezidentimizning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

  • Unga ko’ra, 2017 yilgacha xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo’lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko’rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko’ra ishlamaydi.

  • Bu korxonalarda moliyaviy resurslar, xomashyo materiallari hamda kommunikatsiya tarmoqlarining yetishmasligi, ushbu tarmoqlardan uzilib qolish holatlari mavjudligi, bino-inshootlarning yaroqsizligi, ishlab chiqarish uskunalari eskirganligi, mulkdorda aniq investitsiya loyihasining yo’qligi kabilar avval xususiylashtirilgan 4094 ta korxona faoliyatining to’xtab qolishiga sabab bo’lgan. Ishlamayotgan 1232 ta korxonalarning har biri 2000 kv.m.dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega bo’lib hisoblanadi. Bunday toifadagi korxonalarning eng ko’’ qismi Surxondaryo (280 ta), Namangan (152 ta), Toshkent (141 ta) viloyatlari va Toshkent shahri (119 ta) hissasiga to’g’ri keladi28.

  • Xukumatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida, 2017-2018 yillarda 2825 ta korxona negizida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari doirasida 2,78 trln. so’m va 228,4 mln. AQsh dollari miqdorida investitsiya jalb qilinishi (shundan 1,28 trln. so’m va 137,7 mln. AQsh dollari bank krediti) orqali 25 mingdan ortiq yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.

  • Bugungi kunda bajarilayotgan ishlardan biri sifatida ‘rezidentimiz sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Biz bo’sh turgan davlat mulki obhektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auktsionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish zarur. shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi29.

  • Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o’rinlarining ko’payishiga imkon yaratadi.

  • Milliy iqtisodiyotda xususiy mulk salmog’i dinamikasidagi tendentsiyalar. Davlat ukladining hissasi 1990 yilgi 85 foizdan 2000 y. 29,8 foizga, 2011 y. esa 18,7 foizgacha pasaydi. Mustaqillik yillarida davlat mulkini xususiylashtirish, uni asosan xususiy mulkka sotish bo’yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilishi natijasida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari va obhektlari mulkchilik shaklini o’zgartirdi.

  • Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 82,5 foizdan ko’prog’i, sanoat mahsulotining va pudrat ishlari hajmlarining 90 foizdan ortig’i, qishloq xo’jaligi va savdo sohasining deyarli barcha mahsuloti iqtisodiyotning nodavlat sektori ulushiga to’g’ri kelmoqda.

  • Xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, iqtisodiyotda davlat ishtirokining kamaytirilishi hamda xususiy mulkchilikning roli va ahamiyati oshirilishi istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat muhim ustuvor yo’nalishi bo’lib qolmoqda.




    Download 73.7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling