Xv ma’ruza. Dengizdagi neft va gaz konlarini ishlatish reja


Neft va gaz quduqlarini dengizda burg‘ilash


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1287322
1   2   3   4   5   6
15.4. Neft va gaz quduqlarini dengizda burg‘ilash 
 
Dengiz va uning qirg‘oqlarida burg‘ilash ishlarini olib borishning bir qator 
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari mavjud bo‘lib, har xil murakkabliklarni keltirib 
chiqaradi. Burg‘ilash qurilmalariga dengizdagi to‘lqinlar, suv sathining ko‘tarilib va


pasayib turishi, suvni oldinga chopishi, dengiz oqimlari, shamollar, tumanlar
suvning muzlashi, har xil geologik va boshqa omillar ta’sir qiladi.
Suvning chuqurligi, to‘lqinning o‘rtacha balandligiga va qirg‘oqdan bo‘lgan 
oraliq masofasi quduqning to‘rini va burg‘ilash konstruksiyasining asosini 
aniqlaydi.
Sayoz bo‘lgan konlarni ishlashda – qoziqli asoslardan foydalaniladi: tubiga 
qoziqlar qoqiladi, platforma tushaladi, uning ustiga burg‘ilash qurilmalari 
o‘rnatiladi, bino joylashtiriladi va h.k.
Dengiz tirkamalari yordamida quduq burg‘ilanadigan joyga olib kelinadi, 
pontonlar asta – sekin suv bilan to‘ldiriladi va 90
0
ga firma buriladi va tubga nisbatan 
tik holatga keladi. Undan keyin pontonlar asosdan ajratiladi, undagi suv haydab 
chiqariladi, ular suzadi va qirg‘oqqa olib kelinadi.
Burg‘ilash qurilmasining asoslari temir qoziqlar yordamida qo‘shimcha 
holatda mustahkamlanadi. Bunday burg‘ilash qurilmasining umumiy balandligi 165 
metrgacha bo‘ladi. Uni to‘lqinlarning balandligi 28 metrgacha va shtormali 
shamollarning tezligi 210 km/soat bo‘lganda ham ishlatish mumkin.
Xuddi shunday po‘lat asosli burg‘ilash qurilmalari kabi betonli asoslar ham 
qo‘llaniladi, tik turuvchi yarim silindrlardan yig‘iladi va oldindan zo‘riqtirilgan 
(kuchaytirilgan) betonlardan tayyorlanadi.
Bunday massiv inshootda dengiz tubidagi qoziqlar qo‘llanilganda ham 
ishonchli tura oladi. Bunday asosning balandligi 234 metrgacha, massasi esa 250 
ming tonnagacha bo‘ladi. Asosning ichidagi bo‘sh konstruksiyadan neft omborlari 
sifatida foydalanish mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan asosning konstruksiyasi razvedkaviy burg‘ilash 
qurilmalari uchun yaroqsizdir, chunki dengizda neftni izlash erkin holatda olib 
boriladi. Shuning uchun bunday maqsadlar uchun qo‘zg‘aladigan tayanchli 
platformalar yaratilgan. Bunday konstruksiyalar Azarboyjon Respublikasida 
qo‘llanilgan bo‘lib, ularga “Apsheron” 1800/15, “Azorboyjon” 3000/20, “Boku” 
600/60 kiradi.
“Boku” burg‘ilash qurilmasi yordamida quduqlarni 6000 metrgacha 
burg‘ilash mumkin. U to‘rtta tayanchga ega bo‘lib, har birining balandligi 104 m, 
60 metr chuqurga ketadi, platformaning maydoni 2700 m
2
, dengiz sathidan 10-12 
metr yuqoriga ko‘tariladi, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 4 MVT li 4 ta 
dizel – generatoriga ega. Qurilmada burg‘ilash minorasining balandligi 54 metr, 
ikkita 12,5 tonnadan yuk ko‘taruvchi kranga ega, ekipajda 50 ta odam xizmat qiladi. 
(17.5-rasm, b) . 
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish 
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq 
bo‘lib, dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida 
(zanjirlar yoki troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon 
jihozlariga ham biriktiriladi. Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan 
farqi dengiz konlarini jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq 
bo‘lmaydi. Bunda inshootning seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi 
neftgaz koni qisqa muddatda ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida 
tugallash) fondi oldindan burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi 


mumkin; kon jihozlarini tezlik bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida 
qazib olishga o‘tish mumkin; tayanch tortilgan platformani dengizda boshqa 
chuqurlikda joylashgan bir kondan boshqasiga ko‘chirish mumkin; noqulay 
gidrometrologik sharoitda joylashgan rayondan qulay rayonga ko‘chirish mumkin; 
favqulotdagi vaziyatlar paydo bo‘lganda o‘z vaqtidan oldin ko‘chirish mumkin. 
Dengiz konlaridan gaz qazib olishda suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqara oladigan 
suzuvchi zavodlardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. 
Suv tagida chuqur joylashgan uglevodorodli konlarni istiqbolli o‘zlashtirish 
(chuqurligi 600÷900 metr) tayanchlarga tortiladigan platformalar bilan bog‘liq 
bo‘lib, dengizning tubiga qoqilgan qoziqlarga quvurlarni bog‘lami yordamida 
(zanjirlar yoki troslar) mahkamlanadi hamda boshqa suzub tashuvchi neft kon 
jihozlariga ham biriktiriladi. 
Bunday holatlarda barqaror gidrotexnik inshootlardan farqi dengiz konlarini 
jihozlashning bahosi dengizning chuqurligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bunda
inshootning seysmik mustahkamligi oshadi hamda dengizdagi neftgaz koni qisqa 
muddatda ishlatishga topshiriladi, QSOT (quduqlarni suv ostida tugallash) fondi 
oldindan burg‘ilash platformasi yordamida burg‘ilangan bo‘lishi mumkin; kon 
jihozlarini tezlik bilan almashtirib favvora usulidan gazlift usulida qazib olishga 
o‘tish mumkin; tayanch tortilgan platformani dengizda boshqa chuqurlikda 
joylashgan bir kondan boshqasiga ko‘chirish mumkin; noqulay gidrometrologik 
sharoitda joylashgan rayondan qulay rayonga ko‘chirish mumkin; favqulotdagi 
vaziyatlar paydo bo‘lganda o‘z vaqtidan oldin ko‘chirish mumkin. Dengiz 
konlaridan gaz qazib olishda suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqara oladigan 
suzuvchi zavodlardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling