16.6. Katalizatorlarning selektivligi va unumdorligini hisoblash
16.6.1. Katalizatorlarni selektivligi (tanlab ta’sir etishi)
Katalizator selektivligi (Sk) uning ta’sir etish yo’nalishi bilan tavsiflanadi, ya’ni selektiv katalizator mumkin bo’lgan bir necha xil yo’nalishdagi reaksiyalardan bittasini tezlashtiradi. Katalizatorning tanlab ta’sir qilishiga ammiakning oksidlanishi misol bo’ladi. Bunda uch xil yo’nalishdagi parallel reaksiyalar bo’lishi mumkin:
|
N2+H2O
|
(a)
|
NH3+O2
|
N2O+H2O
|
(b)
|
|
NO+H2O
|
(c)
|
Jarayon platina katalizatori ishtirokida olib borilsa, faqat (c) reaksiya sodir bo’ladi, (a) va (b) esa sodir bo’lmaydi, ya’ni platina katalizatori ammiakning oksidlanishida NO sintezi uchun tanlab ta’sir etish xususiyatiga ega.
Katalizator selektivligi ikki xil usulda hisoblanadi:
1. Katalizatorning tanlab ta’sir etishi asosiy mahsulot massasining reaksiyada hosil bo’ladigan mahsulotlar (asosiy va qo’shimcha) massasiga nisbati bilan ifodalanadi va quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(16.14)
16.17. Masala: Benzolni etilen bilan H2SO4 katalizatori ishtirokida alkillansa etilbenzol hosil bo’ladi. Agar hosil bo’lgan katalizat tarkibi quyidagicha bo’lsa, (mass. %): etilbenzol – 51,0; dietilbenzol – 31,0; reaksiyaga kirishmay qolgan benzol – 18,0. Katalizatorning selektivligini hisoblang.
Yechish: Foiz qismlar massaga o’tkaziladi va (16.14) formula yordamida hisoblanadi:
ga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |