Xvi-bob. Amaliy mashg’ulotlar
Download 207.33 Kb.
|
XVI-BOB. AMALIY MASHG’ULOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.5. Masala
- Haqiqiy zichlik
- Mustaqil hisoblash uchun masalalar
Uyulgan zichlik: Qattiq donador katalizator massasining, o’zi egallagan umumiy hajmiga nisbati. ρ uyul =m/Vkat. m – massa. Vkat – katalizator hajmi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: katalizator qavatini umumiy hajmida materialning hajmi, donachalar orasidagi bo'shliq hajmi va katalizator donachalarini g’ovaklari hajmi hammasi birgalikda hisobga olinadi. Vkat=Vm+Vb+Vg’. 16.5. Masala: Sharsimon holatga keltirilgan katalizator 100 ml li idishga solingan, ushbu idishdagi katalizatorning massasi 65 gr ni tashkil etsa shu katalizatorning uyulgan zichligini hisoblang. Yechish: Buning uchun katalizatorni uyulgan zichligini aniqlash ifodasidan foydalanamiz. ρ uyul =m/Vkat.=65/100=0.65 gr/ml Ehtimolli zichlikda: katalizator donachalari orasidagi bo'shliq hisobga olinmaydi. ρex = m /(Vk -Vb) bu erda Vk -katalizator hajmi. Vb–katalizator donachalari orasidagi bo’shliq hajmi. 16.5. Masala: Massasi 75 gr bo’lgan qattiq sharsimon katalizatorning umumiy hajmi 100 ml donachalari orasidagi bo’shliq hajmi 10 ml bo’lsa shu katalizatorning ehtimolli zichligini hisoblang. Yechish: Buning uchun katalizatorni ehtimolli zichligini aniqlash ifodasidan foydalanamiz. ρex = m /(Vk -Vb)=75/(100-10)=75/90=0,833 g/ml Haqiqiy zichlik – zichlashtirilgan moddaning hajm birligidagi massadir. Ρhaq = m/Vm Bunda katalizator zarrachalari orasidagi bo’shliq hamda katalizatorning g’ovaklari orasidagi bo’shliqlari inobatga olinmaydi. Vm-Katalizator tayyorlangan materialning hajmi. Mustaqil hisoblash uchun masalalar Silindr holatiga keltirilgan katalizator 100 ml li idishga solingan, ushbu idishdagi katalizatorning massasi 70 g ni tashkil etsa, shu katalizatorning uyulgan zichligini hisoblang. Kukunsimon holatiga keltirilgan katalizator 100 ml li idishga solingan, ushbu idishdagi katalizatorning massasi 95 g ni tashkil etsa, shu katalizatorning uyulgan zichligini hisoblang. Massasi 65 g bo’lgan qattiq silindrsimon katalizatorning umumiy hajmi 100 ml donachalari orasidagi bo’shliq hajmi 15 ml bo’lsa, shu katalizatorning uyulgan va ehtimolli zichligini hisoblang. Massasi 88 g bo’lgan qattiq kukunsimon katalizatorning umumiy hajmi 100 ml donachalari orasidagi bo’shliq hajmi 8 ml bo’lsa, shu katalizatorning uyulgan va ehtimolli zichligini hisoblang. Ichki diametri 2,5m bo’lgan reaktorga 7 m balandlikda katalizator qatlami yotqizilgan. Agar reaktorga 46 tonna katalizator yuklangan bo’lsa, shu katalizatorning uyulgan, ehtimolli va haqiqiy zichliklarini hisoblang. Katalizator donachalari orasidagi bo’shliq 33%, g’ovaklari bo’shlig’i 12%. Katalizator ishlab chiqarishda 27,81 m3 xomashyo sarf bo’ldi. Haqiqiy zichligi 1123 kg/m3 katalizatorni ichki aylana uzunligi 7065 mm bo’lgan reaktorga yuklanganda umumiy bo’shliq 8,6 m3 ni tashkil etgan bo’lsa katalizator yuklangan qatlam balandligini va uning zichliklarini hisoblang. 1 m3 katalizator donachasi g`ovaklari bo’shlig’i 8%. Download 207.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling