Mustaqil hisoblash uchun masalalar
Umumiy holatda moddaning adsorbsiyalanishidagi tezligini integral tenglamasini toping va quyida keltirilgan tenglamaga mos keluvchi 25oS haroratdagi SbH3 ni Sb gacha parchalanishini ko`rsating.
t, min
|
0
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
PSbH3, atm
|
1,000
|
0,731
|
0,509
|
0,327
|
0,189
|
0,093
|
Kislorodni volframda adsorbsiyalanishini o`rganganda, teng hajmlarda kislorod desorbsiyalanishi 27 minutda 1856 K, 2 minutda 1978 K va 0,3 minutda 2070 K. Desorbsiya jarayoni uchun aktivlanish energiyasi ko`rsatkichini (Ed) aniqlang. Shuncha hajmdagi kislorod desorbsiyalanishi quyidagi haroratlarda qancha vaqt ketadi: a) 298 K; b) 3000 K?
Daraxtdan olingan ko`mirda azotni adsorbsiyalanishi o`rganilganda, T=190 K va p=490 kPa da 0,921 sm3 N2·g-1 aniqlangan. T=250 K da shuncha miqdordagi adsorbat faqat bosim p=3,2 MPa gacha oshirilganda yetiladi. Daraxt ko`mirida azotni adsorbsiyani molyar entalpiyasi nechiga teng bo`ladi?
16.3. Qattiq katalizatorlarning fizik xossalariga oid hisoblashlar
16.3.1. Katalizatorlarning zichliklarini hisoblash
Berilgan modda massasini uning hajmiga nisbatiga shu moddaning zichligi deyiladi. U quyidagicha ifodalanadi.
birligi
Bu yerda ρ-moddaning zichligi, m-moddaning massasi, V-moddaning hajmi.
Amaliyotda yana bir nisbiy zichlik tushunchasi mavjud. Nisbiy zichlik deb berilgan modda massasining yoki zichligining standart modda massasi yoki zichligiga nisbati shu moddaning nisbiy zichligi deyiladi va u quyidagicha ifodalanadi:
yoki bu yerda
-berilgan modda massasi, -standart modda massasi, -berilgan modda zichligi, -standart modda zichligi.
Amaliyotda katalizatorning o’ziga xos g’ovakli tuzulishini va katalizator donalarining shaklini hisobga oladigan xarakteristikalaridan biri uning zichligidir. Keng qo’ullaniladigan xarakteristikalari uyulgan zichlik, ehtimolli va haqiqiy zichliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |