16.3.2. Katalizatorni solishtirma yuzasini hisoblash
Katalizatorning solishtirma yuzasi, uning yuzasini qattiq jismni birligiga nisbati (m2/g).
Katalizator yuzasi – S quyidagicha aniqlanadi:
N – Avagadro soni, 6,02.1023 mol-1, Sm – adsorbent molekulasining ko’ndalang kesim yuzasi, n – adsorbatning 1g qattiq jismdagi monoqavatining miqdori, (mol).
16.7. Masala: 1 g kukunsimon alyuminiy oksidining miqdori 9.8*10-3 mol bo’lgan adsorbent molekulasining ko’ndalang kesim yuzasi 0,002 m2 bo’lsa, shu adsorbentning yuzasini hisoblang.
Yechish: Ushbu masalani yechishda yuqoridagi ifodadan foydalanamiz:
Javob: 1 g kukunsimon alyuminiy oksidining solishtirma yuzasi .
Hozirgi vaqtda katalizatorning solishtirma yuzasini adsorbsiya izotermasi tenglamasi Brounar – Emmet – Teller (BET) orqali quyidagicha hisoblanadi.
A – normal sharoitda o’lchangandagi adsorbatning massasi yoki hajmi, g yoki ml.
Vm – normal sharoitda monomolekulyar qavat hosil bo’lishidagi adsorbatning massasi yoki hajmini hisoblanayotgan qiymati, g yoki ml.
P – adsorbrlangan moddaning miqdorini o’lchanayotgan vaqtidagi bosim, mm, sim.ust.
P3 – to’yingan bug' bosimi. mm.sim.ust.
C – BET konstantasi.
16.3.3. Katalizatorni aktiv komponentlarining yuzasi
Katalizatorlarda aktiv komponentni yuzasini aniqlash, katalizatorni solishtirma yuzasini aniqlashdan ko’ra muhimroqdir.
Shuning uchun, bu maqsadda xemosorbsiya, elektron – mikroskopik va rengen usullaridan keng foydalaniladi.
Aktiv komponentlarni yuzasini alohida-alohida xemosorbsiya bilan aniqlash, metallarni moddalarga selektiv sorbsiyalanish xususiyatiga asoslangan.
Tekshirilayotgan aktiv komponentni solishtirma yuzasi – Ssol quyidagi formula bilan hisoblanadi:
V – tekshirilayotgan katalizator namunasidagi xemosorblangan gazning hajmi, ml; m3;
m – namuna katalizatorini massasi, g; - tekshirilayotgan komponentdagi gazning solishtirma xemosorbsiyalanishi, ml/m2.
Do'stlaringiz bilan baham: |