16.16. Masala: C4H10(s)izoC4H10(s) reaksiyaning faollanish energiyasi Al2B6 katalizator ishtirokida 530S da 38,5 kDj/mol ga teng. Ushbu reaksiya berilgan sharoitda katalizatorsiz amalga oshirilganda faollanish energiyasi 57,2 kDj/mol bo’lsa, katalizatorning faolligini aniqlang.
Yechish: Hisoblash uchun (4) tenglamadan foydalanamiz:
Bk=exp(Ea/RT) T=273+53=326 K bundan
Bk=exp(57,2-38,5)/(8,314×326)=exp(57,2×103-38,5×103)/(8,314×326)=992.
Turli xil katalizatorlar uchun ularning katalitik faolligini miqdoriy jihatdan solishtirishda quyidagi kattaliklardan foydalaniladi:
doimiy haroratda moddalarning reaksiyaga kirishish darajasi;
boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, bir xil reaksiyaga kirishish darajasiga mos keluvchi reaksiya harorati;
reaksiyaning tezlik doimiysi (agar katalizator ishtirokida reaksiya tartibi o’zgarmasa);
faollanish energiyasi qiymati (Arrenius tenglamasidagi predeksponensial ko’paytuvchi (A) o’zgarmaydigan holat uchun).
Mustaqil hisoblash uchun masalalar
2O2(g)+O2(g)2O3(g) reaksiyaning faollanish energiyasi (Ea) 4500S da 280 kDj/mol ga teng. Fe2O3 asosida tayyorlangan katalizator yuqoridagi reaksiyaning faollanish energiyasini (6300S da) 160 kDj/mol gacha, vannadiy oksidi asosida tayyorlangan (420-4600S haroratda ishlaydigan) katalizator esa 92 kDj/mol gacha kamaytiradi. Katalizatorlarning faolligini hisoblang.
n-parafinni izoparafinga izomerlanish reaksiyasining tezlik doimiysi 650S da 2,0×10-7 s-1 ga teng, shu haroratda Al2B6 katalizatori ishtirokida esa 1,8×10-4 s-1 ga teng. Taklif etilgan katalizatorning faolligini aniqlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |