Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet9/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Bobur-mashhur mutafakkir. Bobur podshoh yashagan o'sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo'lish juda muhim edi. Tabiat Bobur podshohga ana shunday xislatni in'om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur" („Sher") laqabini oladi. Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg'ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan. Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniyjihatdan ham shunday baquvvat bo'lganki, ikki qo'ltig'iga ikki odamni olib qal'a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o'limga tik qarash, o'ziga va o'z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo'lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o'z orqasidan ergashtirish imkonini bergan.
Bobur kimlar bilan janglarda to'qnash kelgan bo'lsa, ularning tajribalarini o'rgangan. Chunonchi, shayboniylardan urushning „to'lg'ama" usulini, mo'g'illardan pistirma qo'yish, afg'onlardan poroxli miltiq ishlatishni o'rgangan.
Bundan tashqari, Bobur kuchli to'pchilar qo'shinini tuza olgan. Boburning mohir sarkardaligini hatto chet el olimlari ham tan olganlar.
Boburnoma".Bobur podshoh nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda yirik tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar „Boburnoma"dir. Bu asar — Movarounnahr, Afg'oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma'lumotlar beradi.
Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493 — 1529- yillar oralig'ida bo'lib o'tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.
Asarda ba'zi temuriyzoda hukmdorlarning birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashish o'rniga o'z dushmanlari bilan o'z manfaatlari yo'lida (Vatan manfaati yo'lida emas) kelishishga qilgan harakatlari tanqid qilinadi.
Bobur o'z kitobida Hindiston haqida, jumladan, quyidagilarni yozib qoldirgan: „Hindiston... bizning viloyatlardan o'zgacha olamdir. Tog' va daryosi, jangal va sahrosi, hayvonot va nabototi, eli va tili, yomg'iri va yeli — barchasi o'zgachadir...
Hindistonning aksari viloyati tuz yerdan bo'libtur... Hindistonning bir ulug' aybi budurkim, oqar suvi yo'qtur..."
Boburning adabiy-badiiy faoliyatida nozik link she'rlar katta o'rin tutadi. Ularda insoniylik, mehr-muruvvat g'oyalari ilgari suriladi. Uning „Mubayyin" asarida o'sha zamon soliq tizimi, soliq yig'ishning qonun-qoidalari bayon etilgan.
O'zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan 1993- yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Boburning buyuk xotirasini ulug'lash yo'lida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Andijonda Bobur haykali o'matildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. „Bobur milliy bog'i" va shu bog' qoshida „Bobur va jahon adabiyoti" nomli muzey tashkil etildi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling