Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida


Download 460 Kb.
bet11/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida. Mamlakatdagi parokandalikka chek qo'yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli - urashlarsiz amalga oshirib bo'lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Shayboniy Iskandar Sultonning o'g'li Abdullaxon II (1534—1598) chiqdi.
Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo'ybor qishlog'ida istiqomat qiluvchi, g'oyatda katta nufuzga ega bo'lgan shayx Muhammad Islom (1493— 1563)ning ixlosi baland bo'lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo'ldi. Muhammad Islom va uning avlodlari o'zlarining kelib chiqishini ota tomondan Muhammad payg'ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo'jiga ular edilar. Aslzodalik va tasavvuf tariqatidagi mavqeyiga ko'ra, Jo'ybor shayxlari somo-niylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablarni egallab kelar edilar. XVI asrning ikkinchi yarmida Shayx Mu­hammad Islom, keyinchalik uning o'g'li Shayx Abubakr Sa'd Buxo­roda shayxulislom lavozimini egallagan edilar.
1556- yili Muhammad Islomning ko'magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Muhammad Islom Olloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi. Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557—1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561 — 1583) xon deb e'lon qilgan bo'lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o'zi edi.
Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578- yili Samarqandni, 1583- yili Toshkent va Farg'onani, 1584- yili Badaxshormi, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko'lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo'li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi.
Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola — shayboniylar sulolasi bo'ldi. Bu sulola o'zbek davlatchiligi rivojiga ma'lum darajada hissa qo'shdi.
Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o'zbek davlatchiligi o'z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko'tarila oldi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling