Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishi
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish yo'lida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo'lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira olgan bo'lsa-da, davlatdagi ichki nizolarga tola barham bera olmadi.
Shunday qilib, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o'tgach, bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shayboniy Abdullaxon II 1598- yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o'g'li Abdulmo'min o'tqazildi. Biroq o'sha yili — 1598-yil iyul oyida Abdulmo'min fitnachilar tomonidan O'ratepa va Zomin oralig'ida o'ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o'g'ilning xonlik huquqini hech kirn tan olmadi. Taxt uchun kurash boshlandi. Buxoroning bir guruh amirlari Ibodulla Sultonning o'g'li Abdulaminni xon qilib ko'tardilar. Boshqa guruh amirlar esa Balx hokimi Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning o'g'li Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni deb e'lon qiladilar va Balxdan chaqirib olib, taxtga o'tqazadilar. Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo'lgan og'ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. Ayni paytda qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo'shin tortib, Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoro tomon yurdi. Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro hiinoyasiga kirishdi. Xonlikning ko'pgina amirlari o'z qo'shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo'shildi. Tavakkal Buxoroni 2 oy davo-mida qamal qilsa-da, uni ololmay Samarqand tomon chekin-di. Pirmuhammadxon qo'shinlari uni ta'qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo'lgan jangda Tavakkal qo'shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammadxon Samarqand hokimi etib Boqi Muhammadni, Toshkent hokimi etib Jahongir Sultonni tayinlaydi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, Do'rmon qabila boshliqlarining ig'vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o'rtasidagi munosa-batlar buzildi. Oxir-oqibatda Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o'rtasida 1601- yilda Samarqand yaqinidagi Bog'i Shamol mavzeyida ja ng bo'ladi. Jangda Pirmuhammadxon yengiladi va 80 yoshida qatl etiladi. Savollar
2. Ubaydullaxon faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 3. Abdullaxon II ning o'zbek davlatchiligi tarixida tutgan o'rniga baho bering. 4. Shayboniylar sulolasi hukmronligi nima sababdan barham topdi? • Ubaydullaxon davrida davlat Buxoro xonligi deb atala boshlandi. • Abdullaxon II davlatchiligimiz tarixida yirik markazlashgan davlat barpo etdi. • Shayboniylar sulolasi hukmronligi bir asr davom etdi. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling