Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet15/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Iqtisodiy hayot. Shayboniylar davrida ham iqtisodiy hayotda sun'iy sug'orish bilan bog'liq muammolarni hal etish ishiga jiddiy e'tibor bilan qaralgan. Bu sulola vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg'ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko'rganlar.
Chunonchi, 1502- yilda Shayboniyxon Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ayriladigan joyida suv ayirg'ichi—ko'prik qurdirgan.
Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoq-laridan Kesh viJoyati yerlarini sug'orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazitganlar.
Sun'iy sug'orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlangan. Masalan, 1556—1585- yillar oralig'ida Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg'ichlari; Murg'ob vohasida Sangzor, Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka'ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo'yga, Murg'obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan. Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yo'llarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta'mirlashga ahamiyat berdi. 1577- yilda Buxoroda yirik usti berk savdo rastasi -Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to'g'on qoldiqlari o'rnida ulkan band qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to'g'on tepasida turib ochishi yoki bekitishi mumkin edi. Maqsad esa o'sha atrofdagi bo'z yerlarni sug'orib dehqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi.
Ayni paytda ko'plab mahalliy ahamiyatga ega suv inshootlari ham qurilgan. Bu tadbirlar, o'z navbatida, qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta'minlagan. Shayboniylar davrida ishlab chiqarish tarmoqlari bo'lgan tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qog'oz va qurilish ashyolarini ishlab chiqarish rivojlangan.
Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi. Shayboniylar hukmronligi yillarida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan.
Shayboniylar davlatida devonbegi (bosh vazir) lavozimi katta nufuzga ega bo'lgan. U davlatda moliya va xo'jalik ishlarini boshqargan.
Xonlikda muhim davlat mansabi naqib hisoblangan. U xonning eng yaqin va ishonchli kishisi bo'lgan. Xonning farmon va yorliqlarida naqibning nomi birinchi bo'lib yozilgan. Ayni paytda u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan. Bundan tashqari, naqib harbiy yurishlarni uyushtirgan. Zarur bo'lganda elchilik vazifasini ham bajargan.
Yana bir katta davlat mansabi bu — otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta'siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o'z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Balog'atga yetmagan shahzodalar ulg'ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar davlat ishlarini ularning nomidan otaliqlar boshqargan.
Yana bir davlat mansabi — parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas'ul shaxslarga, yrochilarga yetkazishdan iborat bo'lgan.
Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilgan.
Muhim davlat mansablaridan yana biri ko'kaldosh mansabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko'kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o'rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta'minlagan.
Xon va shahzodalar o'rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug'ullangan.
Shayboniylar davlatida eshikog'aboshi lavozimi ham bo'lgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan-ketganlardan xabardor bo'lib turish masalalari bilan shug'ullangan.
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo'lgan lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling