Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Mavzu: XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamoliddin Ibrohim
- Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim
- Bobokalon muftiy Samarqandiyning
- Said Muhammad Tohir ibn Abul
Mavzu: XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot
Ta'lim sohasidagi islohotlar. Shayboniylar ta'lim sohasida ham islohot o'tkazdilar. Bu islohotning o'tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zararati sabab bo'ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo'yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo'lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko'ra, ko'p bosqichli o'qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba'zi xonadonlarda uy ta'limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta'lim beriladigan bo'ldi. Maktabda ikki уil o'qigach, o'quvchilar madrasaga o'tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko'kaldosh madrasalari va boshqa ta'lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada uch bosqichli ta'lim joriy etilgan bo'lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o'qilardi. Shunday qilib, o'qish 21 yil davom etardi. O'quvchilar ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she'r san'atidan ilm olardilar. Albatta, ta'lim olishga hammaning ham imkoni bo'lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o'zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta'sir ko'rsata oldi. Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga — ushbu sulola hukmdorlari orasidan o'z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta'sir ko'rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko'chkunchixon va Ubaydullaxonlar o'z davrining nihoyatda o'qimishli kishilari bo'lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o'z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo'lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug'bek akademiyasi an'analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo'lgan Muhammad Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541- yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko'z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim (vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy „ Muzakkiri ahbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo'minobodiyning „Hisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning „Risola dar ilmi hisob", „Vaziyat bar sahor qism", Tursun Zominiyning „Tuxfayi amir", Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning „Ma'rifat samti qibla" (Qibla tomonni topish ma'rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning „Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Saidiyning „Hoshiy li shahri ashkoli ta'sis" (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir ibn Abul-qosimning „Ajoyib ut-tabaqot" (1545—1550) asarlari va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526- yili „Dastur al-iloj", „Muqaddimoti dastur al-iloj" (Davolash bo'yicha dastur) asarlarini yozgan. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling