Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet40/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Tashqi savdo. Mamlakatning tashqi savdo aloqalari to'xtab qolgani yo'q. Buxoro Hindiston, Afg'oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalarini olib borgan. Bu davlatlarga xonlikda ishlab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal, qog'oz, egar-jabduqlar, qurollarning ayrim turlari, meva va boshqa mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qatnab turardi. Ba'zi savdo karvonlarining tuyalari bir necha yuz boshga yetardi.
Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko'plab chet ellik savdogarlar kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo'rlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor edi. Ular hind gazlamari, bo'yoqlari, shifobaxsh va ziravor o'tlar, dori-darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari, tuyalar hamda hunarmandchilik buyumlari bilan ta'minlovchi qozoq cho'llarining aholisi bilan keng savdo olib borilardi. Ular xom teri, shuningdek, qo'y terisini turli ranglarga bo'yab tikkan kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar. Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o'sib bordi. Orenburgda 1804- yili Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilib, unda 20 xonadon istiqomat qilgan. Ular Rossiya bilan Buxoro amirligi o'rtasidagi savdoda muhirn o'rin tutganlar. Qarorgoh alili 1812- yilda Napoleon armiyasiga qarshi janglarda faol ishtirok etgan. 1825- yilga kelib savdogarlar qarorgohi kengayib, xonadonlar soni 30 taga yetdi. Ularning ko'pchiligi hunarmandlar (novvoylar, savdogarlar) bo'lib, o'z mahsulotlarini shu yerda sotuvga tayyor-laganlar. Buxorodan yo'lga chiqqan karvon 2 oyda Orskka yetib borardi. Ba'zida savdo karvoni 5 mingtagacha tuyadan iborat bo lardi.
Shu tariqa, Buxoro davlati iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo'ljallangan o'ziga xos yo'nalishga ega bo'la borgan. Buni quyidagi fakt ham isbotlaydi. Masalan, 1844- yilda Buxoro xonligining O'rta Osiyo — Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil etgan bo'lsa, 1864- yilga kelib bu ko'rsatkich 42 foizga ko'tarilgan.
Savollar
1. Buxoro davlatida ichki va tashqi savdo nochor ahvolda bo'lganligi sabablari nimalardan iborat edi?
2. Jahon bozori bilan uzviy bog'liqlik davlatlar hayotida qanday ahamiyatga ega?
3. Buxoro davlati savdosida Rossiya qanday rol o'ynagan?
4. Rossiyaning O'rta Osiyo bilan savdo aloqalarini yaxshilashdan ko'zlangan maqsadlari nimalardan iborat edi?
5. Samarqand va Buxoro shaharlaridagi hayot haqida so'zlab bering.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling