Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Mavzu: Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida


Download 460 Kb.
bet41/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Mavzu: Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida
Buxoro Amir Haydar hukmronligi davrida. Amir Ma'sum Shohmurod vafot etgach,
taxtga o`gli Amir Haydar o'tirdi (1800—1826). Mahalliy hukmdorlar - beklar hamda yirik zodagonlar markaziy hokimiyatga qarshi yanа kurash boshladilar. Birinchi bo'lib, markaziy hokimiyatning o’lpon yig'uvchilari o'z boshimchaligidan norozi bo'lgan Marv turkmanlari 1800-yilda qo'zg'olon ko'tardilar. Amir Haydar bu qo'zg'olonni qattiqqo'llik bilan bostirdi. Biroq marvliklar 1804-yilda yana qo'zg'olon ko'tardilar. Bu safar qo'zg'olonchilarga Marv hokirni, Amir Haydarning inisi Dinnosirbek boshchilik qildi. Uning maqsadi Xiva xoni Eltuzar yordamida oliy hokimiyatni egallash edi. Amir Haydar vohani suv bilan ta'minlab turgan Sultonobod to'g'onini buzdirib tashladi. Suvsiz qolgan Marv turkmanlari jang qilmay shaharni tark etishga majbur bo'ldilar. Turkmanlarning qolgan qismi esa Zarafshon daryosi vodiysiga ko'chirildi. Dinnosirbek esa oilasi va 100 nafar odamini olib Eronga qochib ketdi.
1800- yilda Qarshi viloyatida va Kattaqo'rg'onda ham xalq qo'zg'olonlari bo'ldi.
Doimiy urushlar fuqaro gardaniga har xil soliqlar solinishini va majburiyatlarni yukladi. Bu esa fuqarolarni xonavayron qildi. Oqibatda, 1821- yili Miyonqolda ham qo'zg'olon ko'tarildi. Kattaqo'rg'on, Chelak, Yangiqo'rg'on qo'zg'olonchilar qo'liga o'tadi. Bu paytda Amir Haydar Xiva va Qo'qon xonlari hujumlarini qaytarish bilan ham band edi. Qo'zg'olonchilar amirning inisi Isoqbekni o'zlariga amir qilib olib, Samarqandni yana qamal qiladilar va Karmanaga qarshi yurish boshlaydilar. Amir Haydar Xiva qo'shinining amirlik yerlaridan olib chiqib ketilishiga erishadi. Shundan keyin u butun kuchini qo'zg'olonchilarga qarshi tashlash imkoniga ega bo'ladi. 1825- yilning bahorida Amir Haydar Yangiqo'rg'on va Chelakni egallaydi. Lekin qo'zg'olonchilarning kuchini sindirolmaydi va qo'zg'olonchilarga yon bosishga, ularning mulki daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo'ladi.
Amir Nasrullo hukmronligi 1826-yilda amirlik taxtiga Nasrullo (1826—1860) o'tirdi. U Amir Haydarning uchinchi o'g'li edi. Nasrullo qisqa vaqt ichida taxtga da'vo qilishi mumkin boigan barcha avlodlarining bahridan o'tadi. Ularning uy-joylarini talash, oila a'zolarini esa tahqirlashni lashkarlar ixtiyoriga topshiradi.
Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtirish yo'lida qat'iyat bilan kurash olib bordi. U Buxoroda birinchi bor 40 mingga yaqin sarbozdan iborat muntazam piyoda qo'shin tuzdi. U zamonaviy to'pchilar qismini tuzish niyatida chetdan to'p quyuvchi ustalarni, to'p quyish ilmiga o'rgatuvchi mutaxassislarni jalb etdi.
Amir Nasrullo qanchalik qattiqqo'l bo'lmasin, uning davrida ham bekliklarning mustaqillik uchun kurashiga to'la chek qo'yishning iloji bo'lmadi. Masalan, Shahrisabz bekligi (bu yerda Amirlikning qurolli kuchlari kenagas qabilasi istiqomat qilar edi) mang'itlarning o'zaro qirg'inlaridan foydalanib, amirlikdan ajralib chiqqan va o'zini mustaqil deb e'lon qilgan. Bundan darg'azab bo'lgan Amir Nasrullo ,o'zboshimcha" kenagaslarga qarshi kurash boshladi. Bu kurash 30 yil davom etdi. Shu davr mobaynida u Shahrisabzga 32 marta yurish qilgan. Va nihoyat, 1856- yildagina u Shahrisabz va Kitobni o'ziga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling