Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1
Filipp II davrida absolyutizmga qarshi oppozitsiyaning o’sib borishi
Download 34.87 Kb.
|
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия
Filipp II davrida absolyutizmga qarshi oppozitsiyaning o’sib borishi. Karl V
ning vorisi bo’lgan Filipp II zamonida Niderlandiya burjuaziyasi bilan (shuningdek unga yaqin turgan boshqa sinflar bilan xam) absolyutizm o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II o’z hukmronligining dastlabki yillarida Bryusselda yashadi. Filipp II bilan birga Niderlandiyada Ispaniya ning ko’p sonli qo’shini ham turar edi. Ispan qo’shinlari Niderlandiyadan turib Fransiyaga hujum qilardi. Ispan qo’shinlari amalda Niderlandiyani okkupatsiya qilib, uning butun janubiy viloyatlariga joylashib olgan edi. Ispan qo’shinlarini boqish bu viloyatlardagi aholi zimmasiga og’ir yuk bo’lib tushardi. Filipp II protestantlarga qarshi chiqarilgan farmonlarni Karl V ga qaraganda rahmsizlik bilan amalga oshirdi. Uning davrida Niderlandiyadagi katolik cherkovi qo’shimcha yana bir qancha yepiskoplarni olib keldi, oldingi vaqtlarda Niderlandiyaning mahalliy dvoryanlari qisman foydalanib kelgan monastir yerlari endilikda yepiskoplarni boqish uchun ajratib berildi. 1559 yilda Filipp II Ispaniyaga ketib, o’z singlisi Margarita Parmskayani Niderlandiyaning noibi, gabsburglik amaldor (asli esa Fransh Kontedan chiqqan burgundiyalik) kardinal Granvellani Margarita xhuzurida birinchi ministr qilib qoldirdi. Ispan qo’shinlari faqat 1561 yilda Niderlandiyadan olib ketildi. Filipp II «yereslik kasaliga mubtalo bo’lgan» bu mamlakatga, uning siyosiy imtiyozlariga, Niderlandiya shaharlaridagi plebeylarning shovqin-suronlariga u juda qattiq nafrat ko’zi bilan qarar edi. Filipp II Niderlandiyaga soliqlar undirish mumkin bo’lgan rezervuar deb qarardi va bu masalada o’z otasidan ham o’tib tushgan edi. Karl V tashqi savdo masalasida Niderlandiya burjuaziyasiga xhar xolda bir qadar yordam ko’rsatgan edi. Ammo Filipp II buni ham qilmadi. Germaniyani u endi idora qilmas edi. Ispaniyada u ispan savdogarlariga katta yo’l ochib berib, Niderlandiya savdogarlarining Sevilyaga va Pireneyadagi boshqa portlarga kirishlarini cheklab qo’ydi. Niderlandiyaga ko’plab miqdorda olib chiqiladigan ispan juniga 1560 yilda poshlina keskin oshirildi. Bu esa Niderlandiya sanoati uchun ayniqsa zarur bo’lgan ana shu xomashyoning Niderlandiyaga import qilinishining ancha kamayishiga olib keldi. Filipp II ning Angliya bilan munosabatlarining keskinlashuvi Niderlandiya savdosiga g’oyat yomon ta’sir ko’rsatdi. Angliya-Niderlandiya savdosining qisqarishi natijasida Niderlandiya savdogarlari va manufakturachilari ko’plab bankrot bo’ldilar, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi mehnatkashlar ommasi orasida ishsizlik avj oldi. Ispan absolyutizmidan Niderlandiya burjuaziyasiningina emas, balki keng aholining ham noroziligi tobora keskin va yaqqol tus ola boshladi. Download 34.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling