Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1
Niderlandiyaning siyosiy tuzumi
Download 34.87 Kb.
|
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия
Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. O’rta asrlar davrida Niderlandiya bir necha
o’nlab mayda feodal davlatlardan — gersogliklar, grafliklar, yepiskopliklardan va boshqa shuning singarilardan iborat edi. Ularning bir qismi fransuz feodal monarxiyas tizimiga kirgan edi (Flandriya, Artua va boshqa G’ARBiy viloyatlar), bir qismi (Brabant, Gollandiya va boshqa sharqiy tumanlar) Germaniya imperiyasi tarkibida hisoblanar edi. XIV—XV asrlar davomida Burgundiya gersoglari Niderlandiyaning turli yerlarini o’z qo’l ostlarida birlashtira oldilar. 1477 yilda Burgundiya gersogligining o’zi fransuz qiroli Lyudovik XI ning qo’liga o’tgandan keyin Niderlandiya yerlari Mariya Burgundskayaning (Karl Jasurning qizi) eri bo’lmish Maksimilian Gabsburgga tegdi. XVI asr boshlarida boshqa bir dinastiyaning nikohi natijasida, ya’ni Filipp I ning Xuanaga uylanishi Ferdinand Aragonskiy bilan Izabella edi. Niderlandiya Ispaniyaga o’tdi. Filipp I bilan Xuananing o’g’li Karl V Gent shahrida tug’ildi. Flamand tili uning ona tili edi. Karl V zamonida Niderlandiyaning siyosiy tuzumi o’ziga xos bir o’tkinchi harakterda edi. Gabsburglar xonadonidan chiqqan qirol-imperatorning oliy hokimiyati ostidagi Niderlandiya hali o’z-o’zini idora qilish elementlarini saqlab qolgan edi. Niderlandiyadagi o’n yetti viloyatning har birida uoz provinsial shtatlari, alohida sudlari, mahalliy tabaqaviy imtiyozlari, qisman shaharlarning o’ziga xos ko’pdan-ko’p yengilliklari bor edi. 1464 yildan, ya’ni Burgundiya gersoglari zamonidayoq Bosh shtatlar majlis ko’ra boshlagan edi. Bosh shtatlar viloyat shtatlarining vakillaridan iborat bo’lar edi. Burgundiya gersoglari davrida bo’lgani kabi, Gabsburglar davrida ham soliqlar joriy qilish masalalarini Bosh shtatlar hal qilardi. Bu vaqtga kelib har qanday ahamiyatini yo’qotgan fransuz Bosh shtatlarining aksincha, Niderlandiyaning Bosh shtatlari tabaqaviy vakillar majlisi sifatida muntazam suratda chaqirilib turar edi, lekin shuni aytish kerakki Bosh shtatlarni chaqirish endi qirol ixtiyorida edi. Ikkinchi tomondan, mustabidlik bilan ish ko’ruvchi Karl V ayrim viloyat va shaharlarning imtiyozlarini doim buzib kelardi. 1539 yilda xalqqa soliqlar solish bilan uni qo’rqitmoqchi bo’lganda qirol tug’ilib o’sgan Gent shahrida qo’zg’olon chiqdi, imperator buning uchun jazo tariqasida shaharni hamma eski xartiyalardan mahrum qildi va undan katta jarima to’lattirdi. Niderlandiyada Karl V undirgan jami soliqlar 2 million oltin pulga yetdi, holbuki, Karl V ning o’ziga qarashli barcha yerlaridan uning xazinasiga tushadigan daromad 5 million oltinga baravar edi. Niderlandiyani idora qilishni markazlashtirish masalasida Karl V ba’zi bir ishlar qildi. U Niderlandiyaning chegarasini kengaytirdi, barcha viloyatlar uchun umumiy bir hukumat va ikkita markaziy kengash — sud va moliya kengashlari (Bryusselda) tashkil qildi. Karlning homiyligida yirik burjuaziya, ayniqsa Antverpen shahridagi yirik burjuaziya Ispaniya va Germaniya bilan olib borilgan savdo-sotiqdan katta foyda olar edi. Ammo Niderlandiya yerlarining Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kirganligidan keladigan bu va shunga o’xshash ba’zi bir boshqa foydalardan ko’ra Gabsburglar davlat xazinasini bexad talashi natijasida kelgan zarar ancha ortib ketar edi. Karl V qirollik qilgan zamonda Niderlandiya amalda Ispaniyaning bir viloyatiga aylana bordi va agar Niderlandiya gullab-yashnagan ekan, bundan faqat Ispaniya bahramand bular edi. Karl V ning Niderlandiyadan undirgan kata-katta soliqlari qirol tomonidan olib borilgan, ammo Niderlandiyaning umumiy manfaatlariga mutlaqo aloqasi bo’lmagan urushlarga sarf qilinar edi. Niderlandiya jamiyatining burjuaziyasi va boshqa sinflari bilan absolyutizm o’rtasidagi ziddiyat tez orada yangi formada ham namoyon bo’ldi. Boy va strategik jihatdan juda muhim bo’lgan mamlakat ustidan o’z nazoratini kuchaytirishga harakat qilgan . Karl shu maqsadni ko’zda tutib, absolyutizmning eng muhim qurollaridan biri bo’lgan katolik cherkoviga murojaat qildi. Ammo iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan ilg’or Niderlandiyada aholi protestantizmning juda xilma-xil formalariga oldinroq e’tikod qo’ygan edi. Yirik dvoryanlar mu’tadil lyuteranlikni afzal ko’rardilar, urta va mayda dvoryanlar va ayniqsa shaharliklar kalvinizmni afzal ko’rardilar, boy dehqonlar ham kalvinizmga moyil edilar. Shaharlardagi plebey elementlar orasida hammadan ko’ra anabaptizm shuxrat qozondi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, XVI asrning 30-yillarida gollandiyalik anabaptistlar xhatto anabaptizmning vatani bo’lgan Germaniyada ham yetakchilik rolini o’ynadilar. Niderlandiyadagi protestantizmning hamma oqimlarini Karl V vaxshiyona suratda bostirdi. «Yeretik»larni qidirib topish va yo’qotish uchun niderlandiyalik yepiskoplarga inkvizitorlik huquqlari berildi. Imperator «yeretiklar»ga qarshi bir qancha maxsus farmon (plakat)lar chiqardi. 1550-yilgi farmon ayniqsa daxshatli edi, bu farmonda aytilishicha, faqat «yeretiklar»gina emas, balki ularga biror xil yordam ko’rsatgan ularning yotar-turari uchun o’z uyidan joy bergan yoki ular bilan do’stlarcha gaplashgan har bir erkakning boshi qilich bilan kesilar, ayol kishi bo’lsa, tiriklayin yerga ko’milar va ularning mol-mulki musodara qilinar edi. Download 34.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling