Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1


Filipp II davrida absolyutizmga qarshi oppozitsiyaning o’sib borishi


Download 34.87 Kb.
bet3/6
Sana22.06.2023
Hajmi34.87 Kb.
#1648479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия

Filipp II davrida absolyutizmga qarshi oppozitsiyaning o’sib borishi. Karl V
ning vorisi bo’lgan Filipp II zamonida Niderlandiya burjuaziyasi bilan (shuningdek
unga yaqin turgan boshqa sinflar bilan xam) absolyutizm o’rtasidagi ziddiyatlar
kuchaydi. Filipp II o’z hukmronligining dastlabki yillarida Bryusselda yashadi.
Filipp II bilan birga Niderlandiyada Ispaniya ning ko’p sonli qo’shini ham turar
edi. Ispan qo’shinlari Niderlandiyadan turib Fransiyaga hujum qilardi. Ispan
qo’shinlari amalda Niderlandiyani okkupatsiya qilib, uning butun janubiy
viloyatlariga joylashib olgan edi. Ispan qo’shinlarini boqish bu viloyatlardagi
aholi zimmasiga og’ir yuk bo’lib tushardi. Filipp II protestantlarga qarshi
chiqarilgan farmonlarni Karl V ga qaraganda rahmsizlik bilan amalga oshirdi.
Uning davrida Niderlandiyadagi katolik cherkovi qo’shimcha yana bir qancha
yepiskoplarni olib keldi, oldingi vaqtlarda Niderlandiyaning mahalliy dvoryanlari
qisman foydalanib kelgan monastir yerlari endilikda yepiskoplarni boqish uchun
ajratib berildi. 1559 yilda Filipp II Ispaniyaga ketib, o’z singlisi Margarita
Parmskayani Niderlandiyaning noibi, gabsburglik amaldor (asli esa Fransh Kontedan chiqqan burgundiyalik) kardinal Granvellani Margarita xhuzurida birinchi
ministr qilib qoldirdi. Ispan qo’shinlari faqat 1561 yilda Niderlandiyadan olib
ketildi. Filipp II «yereslik kasaliga mubtalo bo’lgan» bu mamlakatga, uning siyosiy
imtiyozlariga, Niderlandiya shaharlaridagi plebeylarning shovqin-suronlariga u
juda qattiq nafrat ko’zi bilan qarar edi. Filipp II Niderlandiyaga soliqlar undirish
mumkin bo’lgan rezervuar deb qarardi va bu masalada o’z otasidan ham o’tib
tushgan edi. Karl V tashqi savdo masalasida Niderlandiya burjuaziyasiga xhar
xolda bir qadar yordam ko’rsatgan edi. Ammo Filipp II buni ham qilmadi.
Germaniyani u endi idora qilmas edi. Ispaniyada u ispan savdogarlariga katta yo’l
ochib berib, Niderlandiya savdogarlarining Sevilyaga va Pireneyadagi boshqa
portlarga kirishlarini cheklab qo’ydi. Niderlandiyaga ko’plab miqdorda olib
chiqiladigan ispan juniga 1560 yilda poshlina keskin oshirildi. Bu esa Niderlandiya
sanoati uchun ayniqsa zarur bo’lgan ana shu xomashyoning Niderlandiyaga
import qilinishining ancha kamayishiga olib keldi. Filipp II ning Angliya bilan
munosabatlarining keskinlashuvi Niderlandiya savdosiga g’oyat yomon ta’sir
ko’rsatdi. Angliya-Niderlandiya savdosining qisqarishi natijasida Niderlandiya
savdogarlari va manufakturachilari ko’plab bankrot bo’ldilar, eksport uchun
mahsulot ishlab chiqaruvchi mehnatkashlar ommasi orasida ishsizlik avj oldi. Ispan
absolyutizmidan Niderlandiya burjuaziyasiningina emas, balki keng aholining
ham noroziligi tobora keskin va yaqqol tus ola boshladi.

Download 34.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling