Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1


Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy axamiyati va xarakteri


Download 34.87 Kb.
bet6/6
Sana22.06.2023
Hajmi34.87 Kb.
#1648479
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия

Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy axamiyati va xarakteri. XVI asrdagi
Niderlandiya revolyutsiyasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Bu revolyutsiya
milliy-ozodlik kurashi bayrog’i ostida nisbatan kichik bir hududda avj olgan
bo’lsa-da, lekin u Yevropa mikyosida birinchi marta g’alaba qilgan burjua
revolyutsiyasi edi. Revolyutsiya natijasida yangi burjua davlati — Birlashgan
viloyatlar respublikasi yoki Gollandiya respublikasi tashkil topdi, ammo bu
respublika monarxiyaning ba’zi bir atributlaridan holi emas edi, biz buni hali
quyida ko’ramiz. Biroq absolyutizm va feodalizm bilan kurashda rahbarlik roli hamma vaqt burjuaziya qo’lida bo’lib keldi, burjuaziya esa bu kurashda burjualashgan dvoryan vakillari bilan birgalikda harakat
qildi. Xalq ommasining o’zlarining tor sinfiy mapfaatlariga putur yetkazishi
mumkin bo’lgan mayda shaharliklar va dehqonlarning faollashib ketishidan
qo’rqqan burjuaziya va dvoryanlar shu xalq ommasining revolyutsion g’ayratidan
yetarlicha foydalanmadilar. Shu sababdan burjua revolyutsiyasining natijalari juda
ham cheklangan bo’lib chiqdi. Niderlandiya revolyutsiyasi hokimiyatni burjuaziya
qo’liga topshirib, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida uning to’liq
hukmronlik qilishini ta’min etdi. Niderlandiya revolyusiyasi Niderlandiya burjua
jamiyatining taraqqiyotini bo’g’ib turgan feudal absolyut kishanlaridan uni ozod qildi, katolik reaksiyasiga zarba berdi, cherkov mulklarini sekulyarizasiya qildi va
mamlakatda diniy erkinlik o’rnatdi. Revolyutsiya natijasida Niderlandiya milliy
mustaqillikni qo’lga kiritdi. Biroq Shimolning bir o’zigina ozod qilindi, janub esa Ispaniya hukmronligi ostida qoldi. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi hatto burjua
ma’nodagi demokratlashgan mamlakat ham bo’lmay qoldi, Gollandiyaning Bosh va
provinsiya shtatlari ham, va boshqa birlashgan provinsiyalar shtatlari ham bir
xovuch boylarning manfaatlarini — savdo manufaktura burjuaziyasi, moliya
sudxo’r burjuaziyaning va u bilan bog’langan yuqori tabaqa dvoryanlarning
manfaatlarini aks ettirar edi. Yangi burjua dvoryanlar davlatida mehnatkash xalq
ommasi idora organlariga kirib ishlay olmaganidek, vakillik muassasalariga ham
ularning kirishi uchun yo’l batamom berk edi. Niderlandiya revolyutsiyasi
pomeshchiklarning senorlik huquqlarini bekor qilmadi. Burjua-demokratik
revolyutsiyasining asosiy vazifasini bajarmadi, ya’ni feodalizmni oxirigacha tugatmadi.
Download 34.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling