Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1
—1578 yillarda janubda sinfiy kurashning keskinlashuvi
Download 34.87 Kb.
|
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия
1577—1578 yillarda janubda sinfiy kurashning keskinlashuvi. Biroq janubiy
viloyatlarning shimoliy viloyatlar bilan olib borgan munosabatida ko’pgina ziddiyatlar bor edi. Artua va Gennegau degan janubi-g’arbiy viloyatlarda katolizmga ixlos qo’ygan va ispan qiroli hokimiyatini qayta tiklash tarafdori bo’lgan kuchli feodal dvoryanlar bor edi. Bu dvoryanlar Bryussel Bosh shtatlarining shimoldagi «isyonchilar» bilan bitimidan avval boshdanoq norozi edilar. Bir qancha shaharlarda yuqori tabaqa patritsiylarni (savdogarlarni) hokimiyatdan siqib chiqargan demokratik elementlar Flandriya, Brabant va Artuaning o’zida kuchaygandan keyin dvoryanlarning inqilobga dushmanligi yana ham kuchaydi. 1577 yil kuzda Bryusselda tashkil topgan demokratik «18 lar komiteti» Gent, Ipr, Bryugge, Arras va boshqa shaharlarda xuddi shunga o’xshash komitetlarning maydonga kelishi uchun o’rnak bo’ldi. Rasmiy jihatdan bu komitetlar ispanlarning hujum qilish ehtimoliga qarshi shahar istehkomlarini qurish ishlari ustidan nazorat qilish uchun deb ta’sis etilgan edi. Amalda esa komitetlar shahar boshqarmalarnning ishlariga aralashardilar, kambag’allarning manfaatlarini ko’zda tutib, soliq siyosatini o’zgartirishga majbur edilar, kontrrevolyutsiya homiylarini tutib qamardilar va hokazo. Komitetlar xoin Don-Xuanga qarshi qat’iy kurash olib borishni talab qildilar, xalqni yoppasiga qurollantirishni taklif etdilar, hamda ispanlar bilan har qanday kelishuvga qarshi qat’iy norozilik bildirdilar. Gent shahrining komiteti ayniqsa g’ayrat bilan xarakat qildi. Bu yerda 1577 yil oktyabrda shahar plebey elementlarining mahalliy dvoryan kontrrevolyutsionerlarga qarshi qo’zg’oloni ro’y berdi. Demokratiyaning faol xarakatlariga javoban Gennegau, shuningdek Flandriya va Brabant dvoryanlari 1577 yil Genrix IV Burbon qirol bo’lib olgan edi) diplomatik yordam» ga tayanib, Bosh shtatlar 1609 yilda Ispaniya bilan 12 yil muddatga yarash shartnomasi tuzdi. Bu shartnomaga muvofiq Ispaniya Shimoliy Niderlandiyaning mustaqilligini amalda tan olib, faqat Janubiy Niderlandiyani (yoki ispan Niderlandiyasini) gina o’zida qoldirdi. Shu bilan birga Gollandiyaning qattiq qistashiga ko’ra Shelda daryosining dengizga qo’shiladigan joyi tashqi savdo kemalari uchun yopib qo’yildi, bu bilan Amsterdamning eski raqibi bo’lgan Antverpen shahriga so’nggi zarba berildi. 1621 yilda Ispaniya Gollandiya bilan urushni yana boshlab yubordi. Ammo bu urush XVII asr boshlarida yuz bergan ahvolni o’zgartirmadi. 1648 yilgi Vestfal kongressida Ispaniya shimoliy Birlashgan viloyatlarning mustaqilligini batamom e’tirof qildi. Download 34.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling