Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1
Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi
Download 34.87 Kb.
|
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия
Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi. Ispan hukmronligidan
norozilikning tobora chuqurlashib borishi tez kunda ispan absolyutizmiga qarshi oppozitsion chiqishlarda o’z ifodasini topdi. Hukmdor Margarita huzuridagi davlat kengashining a’zolari bo’lgan va Niderlandiyaning eng yirik aristokratlaridan Vilgelm Oranskiy, graf Egmont va admiral Goorn Filipp II hukumatiga birinchi bo’lib qarshi chiqdilar. Ispaniyadan ajralib chiqish yoki Filipp II ga qarshi bosh ko’tarish aristokratlarning hayoliga ham kelgani yo’q. Shunday bo’lsa ham, 60-yillarning boshlarida aristokratlarning hukmdor Margarnitaga qo’ygan talablarida qisman Umummilliy talablar ham yo’q emas edi. Shu sababli Niderlandiya burjuaziyasi orasida bu talablar keng ko’lamda qo’llab quvvatlandi. Oranskiy va uning do’stlari Niderlandiyada yepiskoplar sonining oshirilishiga va ularning inkvizitorlik hokimiyatiga qarshi norozilik bildirdilar. Granvellani ishdan bo’shatishni, «yeretiklar»ga qarshi qaratilgan «farmonlarni» yumshatishni, Bosh shtatlarning chaqirilishini talab qildilar. Aristokratlardan ibrat olib, dvoryanlarning keng doiralari absolyutizmga qarshi harakat boshladilar. 1565 yilda «Dvornlar bitimi» degan nom ostida dvoryanlar ittifoqi tashkil topdi. Vilgelm Oranskiy bu ittifoqni tashkil etishda bevosita ishtirok qildi. Ittifoqqa dvoryanlardan 2 mingga yaqin kishi a’zo bo’lib kirdi, ularning bir qismi kalvinistlardan bir qismi esa kalvinizm bilan kelishishga moyil bo’lgan katoliklardan iborat edi. Birlashgan dvoryanlar delegatsiyasi 1566 yil 5 aprelda hukmdor Margarita Parmskayaga petitsiya topshirdi, bu petitsiyada bir tomondan, «Ispaniyaning hazrati oliy qiroliga» bo’lgan sadoqat izhor qilingan bo’lsa, ikkinchi tomondan, inkvizitsiyani bekor qilish va darhol Bosh shtatlarni chaqirish talab qilingan edi. Delegatsiyaning ko’pchilik bo’lib kelishidan hukmdor qo’rqib qolgan edi, ammo Margarita atrofidagi ispan va italyan amaldorlar niderlandiyalik oliy dvoryanlarga nafrat bilan qaradilar. Saroy ahllaridan biri hatto ularni «gadoylar» (fransuzcha-«gyozlar») deb atashdan xham tortinmadi. Hukmdor petitsiya egalarining istaklarini qirolga ma’lum qilishga va’da berdi. Oradan bir necha kun o’tgandan keyin hukmdor farmon chiqarib, 1550 yilgi plakatni bir qadar yengillashtirdi. Ammo Filipp II ning talabiga ko’ra, hukmdor o’zi bergan farmonni tezda bekor qildi. Dvoryanlar ittifoqining a’zolari o’z muzokaralarining natijasidan juda norozi bo’ldilar. Ular o’z partiyalarini «gyozlar» degan laqab bilan atay boshladilar. Dvoryanlar 5 apreldagi muvaffaqiyatsiz chiqqan iltimosni eslatib va shu bilan birga ularning mamlakatini ispanlar talayotganligini ko’rsatish uchun ular atayin o’z kostyumlariga gadoylik to’rvasining tasvirini tiktirib yuradigan bo’ldilar. Shu orada, absolyutizmga qarshi xarakat tobora kengayib bordi. Dvoryanlardan ibrat olgan kalvinchi burjuaziya «Savdogarlar bitimi» degan nom ostida o’z ittifoqini tuzdi. Kalvinizm tez yoyila boshladi. Amalda esa, hukumat kalvinistlarni ta’qib qilishga endi botinolmay qoldi. Mamlakatda inqilob boshlandi. Ispan absolyutizmiga va katolik cherkoviga qarshi harakatga shahar va qishloqlarning keng xalq ommasi qo’shildi. Niderlandiyaning siyosiy poytaxti — Bryusselda qo’zg’olon ko’tarildi. Bu yerda 1576 yil 4 sentyabrda oranskiychilar boshchiligidagi mahalliy shahar militsiyasi Davlat kengashi a’zolarini qamoqqa oldi, Davlat kengashi esa Rekezans vafotidan keyin mamlakatda oliy xokimiyat hisoblanardi. Endi bu hokimiyat tezda shu Bryusselda to’plangan Bosh shtatlar qo’liga o’tdi. Ammo Bosh shtatlar keskin choralar ko’rmadi. Uning shimoldagi revolyutsion hukumat bilan muzoqkaralari cho’zilib ketdi. Shu paytda ispan armiyasida tamomila anarxiya boshlandi. Ispaniyadan pul o’z vaqtida kelib turmas edi. (Niderlandiyaning o’zidan keladigan daromadlar «isyonchilarga» qarshi urush xarajatlarini allaqachonoq qoplay olmay qolgan edi.) Armiyada intizom butunlay bo’shashib ketdi. Ispan askarlari tinch aholini talash va zo’rlash yo’li bilangina o’zlariga mablag’ topadigan bo’lib qoldilar. Yong’in va qirg’in vaqtida shahar xalqidan 8 mingga yaqin kishi xhalok bo’ldi. Ispanlar bexisob xazinalarni taladilar. Endi Antverpen savdo-sanoat markazi bo’lmay qoldi. Bundan keyin chet el kontoralari boshqa joylarga —London, Amsterdam, Gamburgga ko’chirildi. «Ispanlar vaxshati» (Niderlandiyada 1576 yil 4 noyabr voqeasi shunday deb atalgan edi) natijasida janubiy viloyatlar Shimoliy Niderlandiya tomoniga o’tdilar. Bryussel Bosh shtatlarning shimoliy viloyatlar bilan muzokaralari Antverpenning halok qilinishi bilan tezlashib ketdi. 1576 yil 8 noyabrda Gent shahrida «Gent yarashi» axdnomasiga qo’l qo’yildi. Bu ahdnomaga muvofiq, Gollandiya vaZelandiya shtatlari bilan janubiy viloyatlarning Bosh shtatlari ispanlarga qarshi birgalikda kurash olib borish to’g’risida kelishdilar. Ahdnoma janubda katolitsizmni saqlashni kuzda tutgan, ammo shu bilan birga kalvinizmning erkinligini va shimolda cherkov mulklarining davlat ixtiyoriga olinganligi faktini (sekulyarizasiyani) tan olgan edi. Bu ahdnoma aslida sulh tuzish haqidagi shunchaki shartnoma emas, balki butun mamlakatni ispanlar zulmidan ozod qilish uchun Niderlandiyaning shimoliy va janubiy viloyatlarning ittifoqi haqidagi shartnoma edi. Shimoliy va janubiy viloyatlar o’z kuchlarini birlashtirdilar, bu hol bir qancha vaqt davom etdi. Filipp II ukasi, Lepanto yonidagi jangda turklar ustidan g’alaba qozonib dong chiqargan Don-Xuan Avstriyskiyni 1576 yil oxirida Niderlandiyaning yangi hokimi qilib tayinladi, ammo u Niderlandiyada o’zini xuddi dushman mamlakatdagidek his qilar edi Bosh shtatlar Don-Xuan «Gent yarashi» dagi moddalarni qabul qilgan taqdirdagina, uni Niderlandiyaning hokimi deb tanishga rozi bo’ldi. Don-Xuan «Gent-yarashi»ni yolg’ondan ma’qullab, go’yo buning dalili uchun (1577 yil 12-fevralda) «abadiy edikt» deb atalgan hujjatga qo’l qo’ydi. Don-Xuan Bryusselga kirdi, ispan qo’shinlarini Niderlandiyadan olib ketish to’g’risida buyruq berdi, ammo oradan bir oz vaqt o’tgandan keyin shtatlar bilan aloqasini uzdi va Bryusselni tashlab chiqib ketdi. Niderlandiyaga qarshi yana urush boshlash niyati borligini deyarli yashirmadi. Namyur qal’asini qo’lga olgandan keyin Don-Xuan Bosh shtatlarga qarshi xujum boshlash uchun yangi qo’shin tayyorlay boshladi. 1578 yil yanvarida Bosh shtatlarning qo’shinlariga zarba berishga muvaffaq bo’ldi. Ammo shu yilning oktyabrida Don-Xuan o’zidan avvalgi xhokim Rekenzensga o’xshab to’satdan vafot etdi. Niderlandiyaliklarning ispan absolyutizmiga qarshi kurashi endi katta muvaffaqiyat bilan avj olib ketishi mumkinday bo’lib ko’rinardi. Download 34.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling