Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu boyicha maruza-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji
XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 2- : XVII-XIX asrlarda Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi. Mustamlakachilik davrida Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti. Jahon agrar inqrozi va ikkinchi ilmiy-texnik inqilobi (XIX asr oxiri - XX asr boshi) XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING IQTISODIY RIVOJLANISHI Tayanch atamalar va iboralar: samuray, natural obrok, syo- gun, Meydzi inqilobi, iena, sen, “davlat kapitalizmi”. ■ Reja: 7.1. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji 7.2. XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti 7.3. Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining xususiyatlari 7.1. XVIII asrda Yaponiyaning iqtisodiyoti rivoji XVIII asrda Yaponiya agrar mamlakat edi. Uning aholisi asosan dehqonlardan (aholining 80%) va samuraylardan tashkil topgan edi. Asta-sekin hunarmandlar va savdogarlar paydo bo‘ldi. Davlat va harbiy apparat, hamda ziyolilar hukmron sinf – samuraylardan shakllandi. Dehqonlarning ahvoli juda og‘ir bo‘lib, ular yerni feodallardan “umrbod” ijara sharti bilan olar edilar. Bu davrda dehqonlar natural obrok berar edilar. Undan tashqari dehqonlar yo‘llar, ko‘priklar, kanallarni ta’mirlashga jalb etilardi. XVI asrda Ieyasuning qishloq xo‘jaligi sohasida takror ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan agrar islohoti de- hqonlarga yerlarni biriktirishga va dehqonlardan soliqlar yig‘imini maksimal darajaga yetkazishga imkon berdi. 1 Yer va undan olinadigan mahsulotlarga bog‘liq bo‘lgan samuray va dehqonlarni tovar munosabatlariga jalb etilishi ularni qashsho- qlanishiga olib keldi. Ko‘pgina knyazliklar kambag‘allashib bordi. Zarur moddiy qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘layotganligi sa- babli samuraylik instituti sekin-asta yo‘qolib bora boshladi. De- hqonlar shaharga ketishga majbur bo‘ldilar. XVIII asrda Yaponi- yada 90 ta manufaktura tashkil etildi, shu jumladan paxtani qayta ishlash va shoyi to‘qish bo‘yicha 1 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. ◄ Shaharning o‘rni Savdo kapitaliga ega bo‘lgan savdogarlarning roli oshib bordi. Bu davrda yapon qishloqlarida “yangi pomeshchiklar” deb nom- lanuvchi qatlam savdogarlar, boy dehqonlar va samuraylardan shakllandi. Shu tariqa kapitalistik uklad shakllana boshladi. Asta- sekin shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy o‘rni oshib bordi. Ularn- ing aholisi ko‘paydi. XVIII asrning boshida Edo shahrining aholisi 500 ming kishidan oshdi. Shahar aholisining turmush darajasini o‘sib borishi qurilish tarmog‘ini rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. ◄ Syogunlar islohoti 1716 y.da sakkizinchi syogun Tokugava feodal tizimni kuchay- tirish maqsadida islohotlar boshladi, keyinchalik 1767 yilda bu is- lohotlar o‘ninchi syogun Iexaru tomonidan davom ettirildi. Bu islohotlar rivojlanib borayotgan tovar munosabatlarini feodal hukumatning ehtiyojlariga moslashtirishga harakat qildi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling