Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


 Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1176873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu boyicha maruza-2

9.2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jahon ishlab chiqarish kuchlar-
ining rivojlanishi o‘ta yuqori sur’atlarda amalga oshdi, natijada 
jahon sanoat ishlab chiqarishi hajmi o‘sdi. 
Bu o‘sish shu davrda amalga oshgan ilmiy-texnik inqilobi (ITI) 
bilan bog‘liq. 
Ilmiy inqilob. XIX-XX asrlar chegarasida ilmiy tafakkur asoslari 
mutlaq o‘zgardi; tabiatshunoslik yuksaldi, fanning yagona tizimini 
yaratish boshlandi. Bunga elektron va radioaktivlikni ixtiro qilini-
shi sababchi bo‘ldi. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida fanning ishlab chiqarish bilan 
aloqasi yanada mustahkamlanib tizimli xarakterga ega bo‘ldi, fan-
ning texnika bilan o‘zaro aloqasi o‘rnatildi, fan jamiyatning bevo-
sita ishlab chiqarish kuchiga aylandi. 
Elektr. Elektr asosida sanoat va transportning yangi energetik 
asosi yaratildi, ya’ni yirik texnik muammo echildi. 1867 yilda Ger-
maniyada V.Simens tomonidan elektromagnit generatori ixtiro 
qilindi. 
Elektr energiyasiga ehtiyoj muntazam oshib borishi natijasida 
yangi tipdagi dvigatellarni (kuchliroq, tejamliroq) ixtiro qilish 
ehtiyoji paydo bo‘ldi. 
Issiqlik turbinalari bilan birga gidravlik turbinalarni joriy etish 
ustida ishlar olib borildi. Gidravlik turbinalar birinchi bo‘lib Ni-
agara gidroelektrstansiyasida 1896 yilda o‘rnatildi. 
Ichki yonish dvigatellari katta ahamiyat ega edi. Suyuq 
yoqilg‘i(benzin)da ishlaydigan bunday dvigatellarni 1880-yillarda 
nemis muhandislari G. Daymler va K. Benslar yaratishdi.


История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. 
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.404. 
105



Elektrotexnika. Elektrotexnika eng yetakchi tarmoqlardan biri-
ga aylandi, uning tarmoqchalari rivojlandi. Yirik sanoat korxonal-
arini qurilishi, katta shaharlarning o‘sishi, elektr energiyasi ishlab 
chiqarishni o‘sishi natijasida elektr yorig‘ligidan foydalanish keng 
tarqaldi. 
Ikkinchi ITI – bu elektrotexnikaning aloqa vositalari texnika-
si tarmog‘ini rivojlanish davri hisoblanadi. XIX asr oxirida simli 
telegraf apparaturasi takomillashtirildi, 80-yy. boshida esa telefon 
apparaturasi amaliyotda qo‘llanila boshlandi. 
Ikkinchi ITIning eng muhim yutuqlaridan biri - radioni 
(radito‘lqinlarga asoslangan simsiz elektraloqa) ixtiro qilinishidir. 
Metallurgiya. Ikkinchi ITI faqatgina yangi tarmoqlarni yara-
tilishi bilan emas, balki eski tarmoqlarni takomillashtirilishi bilan 
ham ajralib turar edi. Birinchi navbatda – metallurgiya. 
Mashinasozlik, kemasozlik, harbiy sanoat, temiryo‘l transporti 
kabi tarmoqlarning jadal rivojlanishi qora metallga talabni os-
hib ketishiga olib keldi. Metallurgiyada texnik yangiliklar kiritildi. 
Domna pechlari hajmi kattalashdi. 
Transport. Transport - ikkinchi ITIning muhim yo‘nalishiga ay-
landi, transportning yangi turlari paydo bo‘ldi va mavjud vosita-
lari takomillashtirildi. 
Tashish hajmi va tezligini oshirish ehtiyoji temiryo‘l texnikas-
ini takomillashtirishga sababchi bo‘ldi. XIX asr oxirida po‘latdan 
ishlangan temiryo‘l relslariga o‘tish yakunlandi. Po‘lat ko‘pincha 
ko‘priklar qurilishida keng qo‘llanilar edi. 
Ikkinchi ITI davrida paydo bo‘lgan transportning yangi turi – 
avtomobil transportidir. Birinchi avtomobillar nemis muhandis-
lari G. Daymler va K. Benslar tomonidan yaratildi. Avtomobillarni 
sanoat miqyosida ishlab chiqarish bir necha mamlakatda birdani-
ga 90-yillarda boshlandi. 
XIX va XX asrlar chegarasida paydo bo‘lgan transportning 
yangi turi – havo transportidir. U ikki turga bo‘linadi – birinchisi – 
havodan yengil apparatlar – dirijabllar, ikkinchisi – havodan og‘ir 
apparatlar – samolyotlar (aeroplanlar). 
Texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish. Xom ashyoni 
kimyoviy usullar bilan qayta ishlanishini ishlab chiqarishning bar-
cha tarmoqlariga kirib borishi ITI uchun xarakterli hisoblandi. 
106


. JAHON AGRAR INQIROZI 
VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
Mashinasozlik, elektrotexnika, tekstil sanoati tarmoqlarida sinte-
tik tolalar kimyosi keng qo‘llanila boshlandi. 
ITIning eng katta yutug‘i kreking-jarayon hisoblanadi. Bunda 
yuqori bosim va issiqlik ta’sirida neft parchalanadi. Bu benzin 
ajratib olishni keskin oshirib yubordi. 
Ikkinchi ITI yengil, poligrafiya va sanoatning boshqa tarmo-
qlarini takomillashtirish uchun ko‘pgina yangiliklarni joriy etdi. 
Harbiy texnika. Ikkinchi ITIda harbiy texnikadagi yutuqlar katta 
edi. Uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan ibo-
rat: 
1) O‘qotar qurolni avtomatlashtirish. 
2) Artilleriyani avtomatlashtirish. 
3) Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish. 
4) Havoda uchish va aviatsiya vositalaridan keng foydalanish. 
5) Yirik suv(osti)usti kemalarini yaratish. 
O‘qotar qurolni avtomatlashtirish. Amerikalik muhandis 
X.Maksimning pulemyotlari ixtiro qilindi (1883) va qurollanish uc-
hun qabul qilindi. Avtomalashtirilgan miltiqlarning bir necha tur-
lari yaratildi. 
Artilleriyani avtomatlashtirish. Birinchi jahon urushidan ol-
din va urush davomida yangi tezotar zambaraklar (yarimavtomat 
va avtomatik) yaratildi. To‘p otish uzoqligi 16-18 km.dan 120 
km.gacha uzaydi. 
Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish. Ularni ishlab chiqarish 
keskin oshib ketdi. Yangi ixtirolar (tutunsiz porox) amalga oshiril-
di, azot ishlab chiqarish (portlovchi moddalar uchun xom ashyo) 
rivojlantirildi. 
Havoda uchish va aviatsiya vositalaridan keng foydalanish. Sa-
moletlar faqatgina harbiy razvedkani amalga oshirmasdan, balki 
qiruvchi funksiyasini bajarardi. 1915 yil yozidan boshlab samoly-
otlarga pulemyotlar o‘rnatila boshlandi. 
Yirik suvusti(osti) kemalarini yaratish. Suv osti kemasi real 
voqelikka aylandi. XIX asr yakunida suv osti kemalari bir necha 
mamlakatlarda yaratildi. Ushbu kemalar suv ustida ichki yonuv 
dvigateli yordamida harakatlantirilsa, suv ostida elektrodvigatel 
yordamida harakatga keltiriladi. 
Ikkinchi ITI natijalari. Birinchi jahon urushi harbiy texnikani 
rivojlantirilishiga olib keldi. Natijada ikkinchi ITI sanoat ishlab 
107



chiqarilishining turli sohalarini 
qamrab oldi. Texnika progressi sur’atlari juda yuqori bo‘lib 
ixtirolar soni minglab hisoblanar edi. Eng ko‘p ixtirolar 
amerikalik T.Edison tomonidan patentlashtiril-gan edi – 1000 
dan oshiq. 
1. Ikkinchi ITI o‘z xarakteriga ko‘ra XVIII-XIX asrlardagi sanoat 
to‘ntarilishi (inqilobi)dan farq qilar edi. Uning natijalari – ishlab 
chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi o‘zgarishlar, mashina 
industriyasining qayta ta’mirlanishi, fanni “kichik fan”dan “katta 
fan”ga aylanishi. Shu sababdan uni sanoat inqilobi emas Ilmiy-
texnika inqilobi deb ataladi. 
2. ITI ko‘pgina sanoat ishlab chiqarishlarini paydo bo‘lishiga 
olib keldi: elektrotexnika, kimyo, neft qazib olish, neftni qayta ish-
lash va neftkimyo, avtomobil sanoati, samolyotsozlik va boshq. 
3. Faqatgina tarmoqlarning emas, balki kichik tarmoqcha-
larning diversifikatsiyasi amalga oshdi. Transport mashinasozligi 
rivojlandi (lokomotivlar, avtomobillar, samolyotlar, daryo va den-
giz kemalari, tramvaylar ishlab chiqarish). 
4. Mashinasozlikning yangi tarmoqlarini jadal rivojlanishi qora 
metallurgiya tarkibini o‘zgarishiga olib keldi – po‘latga talab os-
hishi natijasida uni ishlab chiqarish cho‘yan ishlab chiqarishdan 
oshib ketdi. 
5. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi texnik siljishlar va yangi 
tarmoqlarni jadal rivojlanishi jahon sanoat ishlab chiqarish tarkib-
ining o‘zgarishini taqazo etdi. 
Ikkinchi ITI natijasida individual mulk shakli o‘rniga aksioner 
mulk asosiy bo‘lib qoldi, qishloq xo‘jaligida esa – fermerlikkoop-
erativ mulk va munitsipal mulk rivoj topdi. 
Tarixning bu bosqichida sanoat rivojlanishi bo‘yicha jahonda 
yetakchilikni yosh kapitalistik mamlakatlar – AQSh va Germaniya 
egallashdi, Yaponiya tez o‘sa boshladi, sobiq yetakchilar Angliya 
va Fransiya esa orqada qola boshlashdi. 
Kapitalizmning monopolistik bosqichiga o‘tish davrida jahon 
iqtisodiy taraqqiyot markazi Yevropadan Shimoliy Amerikaga 
ko‘chdi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakat 
bo‘lib Amerika Qo‘shma Shtatlari tan olindi. 
108


. JAHON AGRAR INQIROZI 
VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Agrar inqirozning sanoat inqiroziga aylanib (ulanib) 
ketishining asosiy sabablari nimada? 
2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobining iqtisodiy taraqqiyotdagi 
ahamiyati nimadan iborat? 
3. Sanoat inqilobi bilan ilmiy-texnika inqilobining farqli 
jihatlari nimada? 
4. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobining harbiy texnikani rivojidagi 
o‘rni qanday? 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling