Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


 XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1176873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu boyicha maruza-2

7.2. XIX asrda Yaponiya iqtisodiyoti 
XIX asr boshi Yaponiyada qishloq xo‘jaligidagi inqirozlar nati-
jasida yuzaga kelgan xalq qo‘zg‘olonlari davri edi. 
Dehqonlardan keyin shaharliklar ham ko‘tarilishdi. Ammo se-
gunlar mol-mulki o‘zgarmasdan qoldi, bunga konfutsiychilikni 
paydo bo‘lishi sababchi bo‘ldi. 
1830-1840 yy.da o‘n ikkinchi segun Ieyosi boshqaruvi davrida 
Midzuno Tadakuni tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohot-
lar feodal tizimni mustahkamlashning oxirgi urinishi edi. Savdoga-
rlarga yuqori soliqlar qo‘yildi. Narxlar ustidan nazorat o‘rnatishga, 
qishloqlarga dehqonlarni qaytarishga harakat qilindi. 
XIX asr birinchi yarmida Yaponiyada 181 ta manufaktura 
qurildi. Ba’zi texnik yangiliklar qo‘llanila boshlandi, ayniqsa tog‘-
konchilikda va metall eritishda. Manufakturalar tekstil sohasidan 
tashqari shakar, chinni buyumlar, sopol buyumlar ishlab chiqarish 
sohasida ham ochildi. Qurol ishlab chiqaradigan manufakturalar 
yirik feodallar va davlatga tegishli edi. Davlat manufakturalarida 
qochoq dehqonlar mehnatidan foydalanilar edi. 
94


7- . XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
◄ 
Feodal tizim inqirozi 
XIX asr o‘rtalari – Yaponiya tarixida eng og‘ir davr hisoblanar-
di. Ikki yarim asr davomida mamlakatni feodal tartib iskanjasida 
ushlagan Tokugava segunlari idorasi tugatildi. Mamlakat aholisi 
uning tugatilishi bilan o‘z hayotini yaxshilanishni kutar edi, lekin 
hukmdorlarning rejalari boshqacha edi: ular qisqa muddatda har-
biy va iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatni yaratishga harakat 
qilishdi. 
◄ Meydzi inqilobi (1867—1868 yy.) 
1868 yilda imperatorlik hukmroligi tiklandi. Yaponiya tepasiga 
16 yoshli imperator Mutsixito keldi. Uning hukmdorligi Meydzi 
nomini oldi (ma’rifatli hukmdorlik). Bu davr muhim siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu sababdan 
Meydzi to‘ntarishi burjua inqilobi (1867-1868 yy.) deb hisoblanib, 
Yaponiyani jahondagi buyuk mamlakatlar darajasiga olib chiqdi. 
Yosh imperator atrofiga iqtidorli vazirlar va maslahatchilarni 
to‘pladi. Birinchi yilning o‘zida Yaponiya poytaxtini Kiotodan Edo-
go ko‘chirdi (keyinchalik Tokio deb nomlangan) va islohotlarni 
boshlab yubordi. 
◄ Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar: 
1) Mamlakatni birlashtirish jarayonini tugatilishi. Feodal knya-
zliklar yo‘q qilinib prefekturalar yaratildi; markazlashgan davlat-
ni shakllantirish – Yaponiyani qudratli mamlakatga aylanishida 
muhim omildir; 
2) Feodal tuzum, knyaz va samuraylarning feodal huquqlari 
bekor qilindi; 1869 yildagi farmon feodallarni o‘z yerlarni impera-
torga topshirishga majbur bo‘ldilar; 
3) Faoliyat va kasblarga davlat cheklovlari bekor qilindi, sex 
tizimi, gildiyalar va klanlar bekor qilindi; 
4) Xo‘jalik faoliyatida tabaqalashuv bekor qilindi, savdo va 
mamlakat ichida harakat erkinligi e’lon qilindi; 
5) Jamiyatni tabaqalashuvining yangi usuli ishlab chiqildi. Av-
val to‘rtta tabaqa bo‘lgan bo‘lsa, endi uchta bo‘ldi. Dvoryanlik 
yuqori tabaqani namoyon etdi (unga sobiq feodal knyazlar, saroy 
aristokratiyasi kirdi). Ikkinchi tabaqa – dvoryanlik (barcha sobiq 
samuraylar). Uchinchi – oddiy xalq tabaqasi. Unga aholining qol-
gan qatlamlari, shu jumladan savdo-sanoat burjuaziyasi kirardi; 
6) Barcha ichki bojxonalar olib tashlandi, yagona pul birligi (ol-
tin bilan ta’minlangan) kiritildi. 
95



1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an’anaviy tangasini 
ajdarho rasmi tushurilgan dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar 
iena deb nomlana boshlandi (dumaloq tanga), sent esa – sen. 
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona umumyapon bo-
zorini, yagona iqtisodiy makonni shakllanishiga olib keldi. 
◄ Agrar islohotlar 
1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U 
feodal yer egaligini bekor qilinishi, yerning yangi egalarini shakl-
lanishi masalalarini hal etishi zarur edi. Yer rasmiy ravishda uni 
taqsimlovchilarga tegishlidir. Dehqonlar, yerga meros sifatida 
erishganlar ularning egalariga aylandilar. 
1873 y.da yer solig‘i joriy qilinib, u davlat budjetining asosiy 
manbasiga aylandi. U barcha yer egalariga tegishli bo‘lib, uning 
hajmi olingan hosilning 50%gacha belgilangan edi. 
Shunday qilib Yaponiyada yerga xususiy mulkchilik qonuni-
ylashtirildi; uni erkin sotish-sotib olishga ruxsat berildi, yer egalar-
ining yangi kategoriyalari paydo bo‘ldi; yerning sobiq egalariga 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi 
ishlab chiqarishning kapitalistik shakllarini vujudga kelishiga asos 
bo‘ldi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling