Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1176873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu boyicha maruza-2

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1. Buyuk geografik kashfiyotlarning mustamlakachilik tizimiga 
ta’siri qanday bo‘ldi? 
2. Mustamlakalardan foydalanishda ost-indiya 
kompaniyalarining roli qanday bo‘lgan? 
3. Sanoat rivojini ta’minlashda mustamlakalardagi xom 
ashyolarning o‘rni nimada? 
102


9- . JAHON AGRAR INQIROZI 
VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
 JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK 
INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
Tayanch atamalar va iboralar: agrar inqiroz, bug‘doy, yer 
rentasi, texnika qoloqligi, ilmiy inqilob, ichki yonish dvigateli, ra-
dio, domna pechi, transport, harbiy texnika, aksioner mulk, koop-
erativ mulk. 
■ Reja: 
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning 
ahamiyati. 
9.2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi 
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va 
uning ahamiyati. 
Ortiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapi-
talistik inqirozlar ishsizlik, ish haqini pasayishi, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlariga to‘lov qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq 
xo‘jalik sohasida qisman yoki to‘liq ortiqcha ishlab chiqarishni yu-
zaga keltirdi. 
Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi agrar inq-
iroz deyiladi. Agrar inqiroz ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil 
etuvchi kapitalizm qarama-qarshiliklari natijasida paydo bo‘ladi. 
Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: 
ular asosan sanoat inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi. 
XIX asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G‘arbiy Yevropa mam-
lakatlari, Rossiya va AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning 
birinchi yarmida paydo bo‘lib 90-yy.lar o‘rtalariga qadar davom 
etdi. 
Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo‘l 
tarmog‘ini kengayib borishi natijasida Yevropa bozorlariga Amer-
ika, Rossiya va Hindistondan arzon va ko‘p hajmda bug‘doy va 
non kirib kelishi natijasida yuzaga keldi. 
Yangi unumdor yerlarni o‘zlashtirilishi va absolyut renta olin-
maydigan bo‘sh yerlarni mavjudligi sababli Amerikada non ishlab 
chiqarish arzon edi. Rossiya va Hindiston G‘arbiy Yevropaga past 
103



narxlarda bug‘doyni eksport qilishiga asosiy sabab rus va hind de-
hqonlari katta soliqlar bosimi ostida ezilib bug‘doyni juda arzon 
sotishga majbur edilar. 
Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi 
mavjudligida yuqori renta sharoitida raqobatchilikka bardosh 
bera olmaydi. Birinchi jahon urushidan so‘ng, aholining to‘lov qo-
biliyatini keskin qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar in-
qirozi yuzaga kelib, u Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta’sir 
ko‘rsatdi (AQSh, Kanada, Argentina, Avstraliya). 
Qishloq xo‘jaligi agrar inqirozdan o‘ziga kelmasdan 1928 yilda 
Kanada, AQSh, Braziliya va Avstraliyada boshlangan yangi agrar 
inqiroz boshlandi. Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni eksport 
qiluvchi kapitalistik dunyoning asosiy mamlakatlarini qamrab oldi. 
Inqiroz qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini qamrab olib, 
1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib ketdi va ikkinchi 
jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. 
Agrar inqirozlarning o‘zoq vaqt davom etishining asosiy sa-
bablari: 
Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni 
agrar inqirozlar davrida ham shartnoma bilan belgilangan ijara 
haqini to‘lashga majburlaydi. Qishloq xo‘jaligi tovarlari narxlarini 
pasayishi yer rentasi ish haqini pasayishi, hamda foyda va ba’zan 
ijarachilarning avanslangan kapitali hisobiga amalga oshiriladi. 
Natijada takomillashgan texnika va ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish yo‘li bilan inqirozdan chiqish murakkablashadi. 
Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo‘jaligi sano-
atga nisbatan qoloq tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchi-
lik, feodal munosabatlar qoldiqlari, yer egalariga absolyut va 
differensial rentani to‘lash zarurati – bularning barchasi qishloq 
xo‘jaligiga kapitalni erkin oqib kirishiga to‘siq bo‘ladi, ishlab 
chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda texnika o‘ta 
qoloq edi. Qishloq xo‘jaligida kapitalning organik tuzilishi sanoat-
dagidan ko‘ra pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi hiso-
blangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan qishloq xo‘jaligida 
kam rol o‘ynaydi. 
● Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar – dehqon-
lar inqirozlar davrida juda og‘ir mehnat, kam ovqat iste’mol qil-
ish, yer va uy hayvonlaridan vahshiylarcha foydalanish evaziga 
104


9- . JAHON AGRAR INQIROZI 
VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
o‘z yerlarida yoki ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab 
chiqarishning oldingi hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qish-
loq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘p ishlab chiqarishni kuchaytiradi. 
Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan 
xarakterining umumiy asosi bo‘lib yerga xususiy mulk monopoli-
yasi, u bilan bog‘liq feodal sarqitlari va kapitalistik mamlakatlarda 
qishloq xo‘jaligining o‘ta qoloqligi xizmat qiladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling