Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Mavzu boyicha maruza-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) Tayanch atamalar va iboralar
- 9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Buyuk geografik kashfiyotlarning mustamlakachilik tizimiga ta’siri qanday bo‘ldi? 2. Mustamlakalardan foydalanishda ost-indiya kompaniyalarining roli qanday bo‘lgan? 3. Sanoat rivojini ta’minlashda mustamlakalardagi xom ashyolarning o‘rni nimada? 102 9- . JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) Tayanch atamalar va iboralar: agrar inqiroz, bug‘doy, yer rentasi, texnika qoloqligi, ilmiy inqilob, ichki yonish dvigateli, ra- dio, domna pechi, transport, harbiy texnika, aksioner mulk, koop- erativ mulk. ■ Reja: 9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati. 9.2. Ikkinchi ilmiy-texnika inqilobi va jahon ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi 9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati. Ortiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapi- talistik inqirozlar ishsizlik, ish haqini pasayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘lov qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq xo‘jalik sohasida qisman yoki to‘liq ortiqcha ishlab chiqarishni yu- zaga keltirdi. Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi agrar inq- iroz deyiladi. Agrar inqiroz ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi kapitalizm qarama-qarshiliklari natijasida paydo bo‘ladi. Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular asosan sanoat inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi. XIX asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G‘arbiy Yevropa mam- lakatlari, Rossiya va AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning birinchi yarmida paydo bo‘lib 90-yy.lar o‘rtalariga qadar davom etdi. Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo‘l tarmog‘ini kengayib borishi natijasida Yevropa bozorlariga Amer- ika, Rossiya va Hindistondan arzon va ko‘p hajmda bug‘doy va non kirib kelishi natijasida yuzaga keldi. Yangi unumdor yerlarni o‘zlashtirilishi va absolyut renta olin- maydigan bo‘sh yerlarni mavjudligi sababli Amerikada non ishlab chiqarish arzon edi. Rossiya va Hindiston G‘arbiy Yevropaga past 103 narxlarda bug‘doyni eksport qilishiga asosiy sabab rus va hind de- hqonlari katta soliqlar bosimi ostida ezilib bug‘doyni juda arzon sotishga majbur edilar. Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi mavjudligida yuqori renta sharoitida raqobatchilikka bardosh bera olmaydi. Birinchi jahon urushidan so‘ng, aholining to‘lov qo- biliyatini keskin qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar in- qirozi yuzaga kelib, u Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatdi (AQSh, Kanada, Argentina, Avstraliya). Qishloq xo‘jaligi agrar inqirozdan o‘ziga kelmasdan 1928 yilda Kanada, AQSh, Braziliya va Avstraliyada boshlangan yangi agrar inqiroz boshlandi. Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni eksport qiluvchi kapitalistik dunyoning asosiy mamlakatlarini qamrab oldi. Inqiroz qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini qamrab olib, 1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib ketdi va ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Agrar inqirozlarning o‘zoq vaqt davom etishining asosiy sa- bablari: ● Birinchidan, yerga xususiy mulk monopoliyasi ijrachilarni agrar inqirozlar davrida ham shartnoma bilan belgilangan ijara haqini to‘lashga majburlaydi. Qishloq xo‘jaligi tovarlari narxlarini pasayishi yer rentasi ish haqini pasayishi, hamda foyda va ba’zan ijarachilarning avanslangan kapitali hisobiga amalga oshiriladi. Natijada takomillashgan texnika va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan inqirozdan chiqish murakkablashadi. ● Ikkinchidan, kapitalizm sharoitida qishloq xo‘jaligi sano- atga nisbatan qoloq tarmoq hisoblanadi. Yerga xususiy mulkchi- lik, feodal munosabatlar qoldiqlari, yer egalariga absolyut va differensial rentani to‘lash zarurati – bularning barchasi qishloq xo‘jaligiga kapitalni erkin oqib kirishiga to‘siq bo‘ladi, ishlab chiqarish kuchlari rivojini sekinlashtiradi. Bu tarmoqda texnika o‘ta qoloq edi. Qishloq xo‘jaligida kapitalning organik tuzilishi sanoat- dagidan ko‘ra pastdir; sanoat inqirozlarining moddiy asosi hiso- blangan asosiy kapital sanoatdagiga nisbatan qishloq xo‘jaligida kam rol o‘ynaydi. ● Uchinchidan, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar – dehqon- lar inqirozlar davrida juda og‘ir mehnat, kam ovqat iste’mol qil- ish, yer va uy hayvonlaridan vahshiylarcha foydalanish evaziga 104 9- . JAHON AGRAR INQIROZI VA IKKINCHI ILMIY-TEXNIK INQILOBI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) o‘z yerlarida yoki ijaradagi yerlarida qolishlari maqsadida ishlab chiqarishning oldingi hajmini saqlab qolishga intiladilar. Bu qish- loq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘p ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Shunday qilib, agrar inqirozlarning uzoq davom etadigan xarakterining umumiy asosi bo‘lib yerga xususiy mulk monopoli- yasi, u bilan bog‘liq feodal sarqitlari va kapitalistik mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining o‘ta qoloqligi xizmat qiladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling