Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


-jadval. Yevropaning yirik mamlakatlarni


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1176873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu boyicha maruza-2

8.1-jadval. Yevropaning yirik mamlakatlarni 
mustamlakalari to’g’risida ma’lumot 
Mamlakat 
Angliya 
Fransiya 
Germaniya 
Mustamlaka hududi, mln. km

33,5 
10,6 

aholi, mln. kishi 
400 
55 
13,3 
Bu bosqichda jahonning hududiy taqsimlanishi yakunlandi. 
Yetakchi mustamlakachilik mamlakatlari mustamlakalarga kapi-
talni olib chiqishni kuchaytirdi. 
8.2. XVI-XVII asrlarda mustamlakachilik 
◄ Mustamlakalardan foydalanishda savdo kompaniyalarning 
o‘rni. 
XVII asr boshi va o‘rtalarida barcha mustamlakalarda ost-
ind kompaniyalari tashkil etildi (ingliz – 1600-1858 yy., golland 
– 1602-1798 yy., fransuz – 1664-1770 yy. va 1785-1793 yy.). 
Metropoliyalarning yirik savdogarlari va sanoatchilarini birlashtir-
gan kompaniyalar o‘z hukumatidan yangi yerlarni qo‘shib olish, 
mustamlakalarda savdo olib borish maqsadida urush qilish mo-
nopol huquqini oladilar. 
Mustamlakachilar daromadining asosiy manbasi Sharqda 
sanoat mahsulotlarini sotish emas, balki mustamlakachilik tovar-
larini qayta sotish, yuqori soliqlar va badallarni undirish, mahalliy 
aholini talash, harbiy o‘ljaga ega bo‘lish hisoblanadi. 
Misol uchun, XVIII asr o‘rtalarida Osiyo mamlakatlaridan ingliz 
importining 80% oltin va kumushni olib kelish evaziga, 20% esa 
sanoat mahsulotlari evaziga qoplanardi. Ost-ind kompaniyalari 
tuz va boshqa zarur tovarlarga yuqori to‘lovlar o‘rnatib aholini 
talardi. 
99



Shunday usullardan golland ost-ind kompaniyasi ham foyda-
lanib sharqning boy mamlakatlaridan biri – Indoneziyani o‘z na-
zoratiga oldi. 
◄ Afrika qit’asida mustamlakachilik 
XVI-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik 
siyosatida Afrika qit’asi alohida o‘rin tutadi. Yevropa mamlakat-
larining markazlarini Afrika qit’asida qurilishi mahalliy aholiga 
avvaliga hech ham ta’sir etmadi. Vest-Indiya (Amerika)da shakar 
qamish, kofe, tamaki, paxta plantatsiyalarini paydo bo‘lishi, oltin 
va kumush konlarini ochilishi Afrikadan qullarni olib kelib foyda-
lanishni rivojlantirdi. 
Qul savdosini XV asrda birinchi bo‘lib portugallar boshlashdi, 
undan keyin bu jarayonga inglizlar, gollandlar, fransuzlar, dani-
yaliklar, shvedlar qo‘shilishdi. Qul savdosi markazlari asosan Af-
rikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida (Yashil burundan Angolaga qadar) 
joylashgan edi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling