Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


 Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1176873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu boyicha maruza-2

7.3. Imperializmga o‘tish davrida Yaponiya iqtisodiyotining 
xususiyatlari 
◄ Sanoat inqilobi. “Davlat kapitalizmi”. 
O‘ta qisqa muddatda Yaponiya sanoat inqilobini amalga os-
hirdi. Yapon hukumati subsidiyalar berish, soliqlardan ozod etish, 
davlat buyurtmalarini bajarayotgan firmalarga qurilgan zavodlarni 
haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etish orqali xususiy tadbirko-
rlarni qo‘llab-quvvatladi. 
1872 y.da davlat tomonidan birinchi telegraf va temiryo‘l lini-
yalari qurildi, ya’ni infratuzilma yaratilishi boshlandi. 
Davlat mamlakatni geologik o‘rganilishini amalga oshirdi – 
ko‘mir, temir rudasi, oltin konlari ochildi. 
Kapitalning yetishmasligi xorijiy kapitalni jalb qilinishini taqazo 
etdi, uning ishtirokida fabrika tipidagi yirik korxonalar qurildi. 
Yaponiyada xorijiy zayomlar hisobiga temiryo‘l qurilishi bosh-
landi. Ingliz kapitali ko‘mir qazib olishga konsessiya oldi. Yapon 
hukumati xorijiy mutaxassislarni ham jalb etishar edi. 
96


7- . XVIII-XIX ASRLARDA YAPONIYANING IQTISODIY RIVOJLANISHI 
◄ 
XIX asr 80-yy.dagi iqtisodiy siyosat 
XIX asr 80-yy. boshlarida yapon hukumati “davlat 
kapitalizmi”dan voz kechib iqtisodiy siyosatni o‘zgartirdi. Sanoat 
departamenti qisqartirildi. 1881 y.da zavodlarni xususiy shaxslarga 
berish to‘g‘risida farmon qabul qilindi. Davlat budjeti mablag‘lari 
hisobiga yaratilgan korxonalar o‘z qiymatidan 2-4 barobar arzon 
sotilardi, yoki hukumat qarzlarini qoplash hisobiga berilar edi. 
Davlat mulkini talon-taroj qilishda hukumatning quyidagi kred-
itorlari ishtirok etishdi - Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda. 
O‘sha davrdan xususiy tadbirkorlik faollashib yirik kapital mu-
omala sohasidan ishlab chiqarishga ko‘chib o‘tishini taqazo etdi. 
Yaponiya pul islohotini amalga oshirdi va oltin standart joriy etil-
di. 
Milliy xom ashyo bazasi mavjud tarmoqlar tez rivojlandi. 1880-
1913 yy.da ko‘mir qazib olish 20 marotabaga, mis qazib olish 13 
marotabaga o‘sdi. Yaponiyada temir rudasi bo‘lmasa ham qora 
metallurgiya rivojlandi. 
Industirlashtirishning ikkinchi yo‘nalishi – temir yo‘l qurilishi: 
1882-1890 yy.da temir yo‘llarning uzunligi 10 marotaba ko‘payib 
mamlakatda yagona transport aloqa tarmog‘i yaratildi. 
◄ Iqtisodiyotni harbiylashtirilishi 
XIX asrning 90-yy. boshida Yaponiya harbiylashtirish yo‘liga 
o‘tdi. Yaponiyada harbiy xarajatlarning darajasi eng yuqori edi 
(budjetning 36%). Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi Koreya yarimo-
rolini nazorat qilish bo‘yicha tortishuvlar 1894 yilda yapon-xitoy 
urushiga olib keldi. Yaponiya Xitoyga xujum qilib g‘alaba qozondi. 
Shunday qilib og‘ir sanoat rivojlanishga rag‘bat oldi. Xitoy bilan 
shartnomaga binoan Yaponiya Koreyani ekspansiya qilish huquq-
iga, katta kontributsiyaga, yapon fuqarolarini Xitoyda sanoat ko-
rxonalarini ochish huquqiga ega bo‘ldi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling