Xviii-xix asrlarda yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishi


 Sanoat kapitalizmi davrida mustamlakachilik


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1176873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu boyicha maruza-2

8.3. Sanoat kapitalizmi davrida mustamlakachilik 
Sanoat inqilobi natijasida kapitalistik mamlakatlarda industrial 
sivilizatsiya shakllandi. Sanoat ishlab chiqarishi birinchi o‘ringa 
chiqib oldi. 
◄ Metropoliyaning mustamlaka siyosatini o‘zgarishi. 
Yangi turdagi tovarlarga (ayniqsa, xom ashyoga) ehtiyoj o‘sib 
bordi. Endi savdo kompaniyalardan ko‘ra yirik sanoat egalarining 
ahamiyati yuqori bo‘ldi. 
Mustamlakachilik tovarlarining ahamiyati pasayib bordi, le-
kin oziq-ovqat, xom ashyo, bo‘yoqlar, qurilish xom ashyosi, jun, 
paxtaga, ya’ni rivojlanayotgan yevropa iqtisodiyoti uchun o‘ta 
zarur bo‘lgan mahsulotlarga zarurat oshdi. 
Bu mustamlaka va metropoliya o‘rtasidagi munosabatlarni 
o‘zgarishiga olib keldi. Mustamlakalarga tovarlarni eksport qilish 
zarurati tug‘ildi. Ingliz burjuaziyasi tashqi savdo va mustamlaka 
siyosatini qayta ko‘rib chiqdi. 
Mustamlakalar metropoliyalarning agrar-xom ashyo bazasiga, 
sanoat uchun xom ashyo va qo‘shimcha materiallar, o‘sib borayot-
gan shahar aholisiga oziq-ovqat ta’minotchisiga aylandi. Mustam-
lakalarga matolar, metall buyumlari, yarimfabrikatlar va boshqa 
100


8- . MUSTAMLAKACHILIK DAVRIDA SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI 
tovarlar yuborilardi. 1870 y.da Hindiston eksportining tarkibi 36% 
paxta xom ashyosidan, 21% qora doridan, 12% - don, 4% - jut
1
dan 
iborat edi. Hindiston eksportining bor yo‘g‘i 2% paxta matolari, 
0,5% jutdan ishlangan mahsulotlar tashkil etardi. Shu vaqtning 
o‘zida mamlakat importining 45% - paxta matosi, 8% - yigirilgan 
ip, 13% - metall buyumlar, 2 % - mashina va uskunalardan iborat 
edi. Hindistonga 85% tovarlar metropoliyalardan olib kirilardi. 
8.4. Mustamlakalar iqtisodiyotining rivojlanishi 
◄ Mustamlakalarda sanoatning rivojlanishi. 
Kapitalning birlamchi jamg‘arilishi davrida mustam-
lakachilar Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibini 
o‘zgartirishmadi. Yevropadagi sanoat inqilobi holatni tubdan 
o‘zgartirdi. 
Mustamlakalarda mamlakat ichkarisidan xom ashyo olib chiq-
ishni osonlashtirish uchun temiryo‘llar qurish, ko‘mir va boshqa 
qazilma boyliklar (olmos, oltin, mis) qazib olish, vositachi kredit 
muassasalarini tashkil etish boshlandi. 
Mustamlaka va yarimmustamlakalarda tovar-pul munosabat-
lari rivojlandi, feodal tartib inqirozi jadallashdi. 
◄ Xitoy – yirik yarimmustamlaka. 
Osiyo va Afrika mamlakatlarida yarimmustamlakalar paydo 
bo‘la boshladi. Ular yetakchi kapitalistik mamlakatlar o‘rtasida 
katta bahs va tortishuvlar obyektiga aylandi. 
Yarimmustamlakalar – bu o‘z hukumati va boshqaruv tizimiga 
ega formal jihatdan mustaqil davlatdir. Ular misol – Xitoy, Eron, 
Usmon imperiyasi. 
Sharqning yirik mamlakatlarini (xususan, Xitoyni) yarimmus-
tamlakalarga aylanishi xolatlari mavjud. Xitoyning 1756 y.da 
boshqa mamlakatlar bilan savdo uchun “yopilishi” (Makaodan 
tashqari), Yevropa mamlakatlari tomonidan Uzoq Sharq mam-
lakatlarini ekspansiyasiga qarshi munosabati edi.

Lekin bu hol Xi-
toyning o‘zini iqtisodiy holatini og‘irlashtirdi. Xitoy Yevropaning 

Jut - Hindiston kanopi (tola beradigan o‘simlik). 

История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. 
Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.398. 
101



fan va texnika yutuqlaridan 
foydalanish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi, uning boshqa 
mamlakatlar bilan savdosi qisqarishi nati-jasida ishlab chiqarish 
inqirozga uchradi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling