Xx- asr oxiri xx-asr boshlarida angliya


XX-ASR OXIRI XX- ASR BOSHLARIDA ANGLIYA MUSTAMLAKALARIDA MILLIY OZODLIK HARAKATINING BOSHLANISHI VA OQIBATLARI


Download 0.71 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1508521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xix asr xx asr angliya

3. XX-ASR OXIRI XX- ASR BOSHLARIDA ANGLIYA MUSTAMLAKALARIDA MILLIY OZODLIK HARAKATINING BOSHLANISHI VA OQIBATLARI .
XIX- asrning oxiridagi jahon krizisi natijasida yerlarning narxi pasayib ketganligi va shu bilan birga Irlandiyada agrar harakat kuchayib borganligi ingliz lendlordlarini va Irlandiyadagi o`zlarining yer mulklarini sotishga majbur qila boshladi. Bu holat Gladston vaqtidayoq boshlangan siyosatni, ya`ni davlatning yerlarni sotib olib va mayda-mayda uchastkalarga bo`lib, pulini bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan dehqonlarga sotish siyosatini o`tkazish uchun zamin tug’dirdi.
1903- yilda Konservatorlarning Balfur hukumati yirik yer egalarining yerni sotish haqida qaror qabul qildi. Shu qonunga muvofiq davlat yerini bozor narxidan oshiq narx bilan sotib olishi kerak edi. Aslini olganda, Irlandiya dehqonlari ikkinchi marta talandi. Angliya hukumatining bu siyosati Irlandiyadagi agrar masalani hal qilmadi balki mayda va kambag’al dehqonlar avvalgidek yersizlik azobini tortaverdi.
Angliya hukumati Irlandiyani faqat agrar mamlakat sifatida saqlab qolishga qanchalik urinmasin, Irlandiyaning Shimoliy viloyatlarida sanoat rivojlandi.
Ishchilar harakatidan qo`rqqan Irlandiya milliy burjuaziyasi Angliya hukmronligiga qarshi kurashni kamaytirdi. Griffits 1905 yilda «shinn feyn» («biz o`zimiz») partiyasini tuzdi, bu partiya mustaqil Irlandiya parlamentini tuzish uchun Irlandiyani iqtisodiy jihatdan darhol ozod qilish yuzasidan agitatsiya boshlab yubordi. U Angliyani yon berishga majbur etmoq uchun ingliz tovarlarini boykot qilishni ko`tarib chiqdi.
Liberallar kabineti parlamentda Irlandiya burjuaziyasiga yon berishga majbur bo`ldi va Irlandiya gomruli (o`z-o`zini idora qilishi) to`g’risidagi qonun loyihasini 1912 - yil aprelida palataga taqdim etdi.
Irlandiyaga berilgan o`z-o`zini idora qilish huquqi juda cheklanganligiga qaramay, Angliya parlamentida Konservatorlar gomrul to`g’risidagi bitimga juda qattiq qarshilik ko`rsatdilar.
1914 yil avgustida urush e`lon qilinganidan foydalanib, Angliya hukumati gomrulni amalga oshirishni keyinga qoldirdi.
Mustamlakachilik - kuchli dav latlar tomonidan zoʻrlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, oʻziga boʻysundirish, qaram qilish, talash siyosati. 15-asr oxirida Yevropa davlatlari (Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20-asr boshida avjiga chikdi, natijada dunyoning katta qismi bir necha imperiyalar oʻrtasida boʻlib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangilari: AQSH, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qoʻshildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) tufayli kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda yemirilib, qulashiga olib keldi. 
BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi (1960), unda M. insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanadi. 20-asrning 60-yillari boshida oʻnlab sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishishdi va suveren davlatlarga aylandi. Jumladan, "Afrika yili" deb nom olgan 1961-yilda qitʼaning 21 davlati mustaqillikka erishgan edi. Hozirgi vaqtda ayrim kichik hududlar (asosan, orol qududlari) AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar hukmronligi ostida qolib kelmoqda. Lekin bu hududlarning axoliyey metropoliya aholisi huquqlariga oʻxshash yoki unga yaqin huquqlarga ega boʻldi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishdan keng foydalanadi, metropoliya mamlakatlaridan moliyaviy-iqtisodiy yordam oladi. Shu bois tom maʼnoda M. amalda yoʻqolgan, deyish mumkin. 19- va 20-asrda Rossiya imperiyasi, soʻng sobiq SSSRham M. siyosatini olibbordi. 1991-yil SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Oʻzbekiston M. dan xalos boʻlib, mustaqillikka erishgani ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz beradi.[1]
Britaniya Imperiyasi ikki yuz yildan ortiqroq vaqt davomida oʻsdi. Davlat maydoni oʻsishining eng avji deb XX-asrning boshlari tan olinadi. Oʻsha paytlarda barcha qitʼalarda yirik hududlarga egaligi uning haqiqiy buyukligini koʻrsatgan.
Hududlar egallanishi davri nisbatan tinch boʻlgan savdo va diplomatiya bilan boshlangan. Imperiya butun dunyoga britan texnologiyalari, savdo, ingliz tili va hukumat turi tarqalishiga sababchi boʻlgan. Imperiya hukmronligi imperiya iqtisodiyotining oʻsishi va Birlashgan Qirollikning koʻplab davlatlar siyosatiga taʼsir koʻrsatishida muhim rol oʻynagan. Koloniyalar tuzilishidan maʼlumki, Britaniya Imperiyasining taʼsiri ikki xil qiyofaga ega boʻlgan. Koloniyalarga Buyuk Britaniyaga mos boʻlgan ingliz tili, maʼmuriy va huquqiy qonunlar kiritilgan. Birlashgan Qirollikning dekolonizatsiyasi davomida sobiq koloniyalarga parlament demokratiyasi va oliy qonunlar olib kirilishga harakat qilingan, ammo, baʼzan bu amalga oshgan, baʼzan esa yoʻq. Koʻplab koloniyalar Britan davlatlari hamdoʻstligi ularga imperiya oʻrnini psixologik tarzda egallaydi deb hisoblashgan.9
Britan koloniyalaridan asosan Birlashgan Qirollikning moddiy maqsadlari yoʻlida foydalanilgan. Britan fuqarolari koʻchib borgan koloniyalarda mustaqil iqtisodiyot uchun infratuzilma yaratilgan boʻlsada, Afrika va Osiyoning tropik hududlarida joylashgan koloniyalar ularga asosan xomashyo bazalari sifatida qaralganligi sababli cheklangan infratuzilmaga ega boʻlishgan. Hozirgi kunda koʻplab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti xomashyo eksportiga qaram boʻlib qolgan.
Koloniyalardagi turli etnik guruhlar orasidagi muammolar boshqa davlatlarning kolonial hukmronligidan saqlab turganligi britan kolonial qonunchiligining asosiy ustuni boʻlgan. Hozirgi kunda Shimoliy Irlandiya, Hindiston, Zimbabve, Sudan, Uganda, Iroq va boshqa davlatlardagi etnik muammolarning sababchisi „boʻlib tashlab hukmronlik qil“ klassik prinsipi sanaladi. 1952-1957-yillarda Keniyada kichik qoʻzgʻolondan boshlanib, soʻng yirik qabilalarning qonli urushiga aylangan mau-maular qoʻzgʻoloni bunga oddiy misol boʻla oladi. Har bir qabila 18000dan 30000gacha odam yoʻqotgan bir vaqtda, jami 22ta oq halok boʻladi.
Qitʼadagi koloniyalardan farqli ravishda Vest-Indiyadagi koloniyalar moddiy jihatdan ancha foydali boʻlsada, qitʼadagi koloniyalar qishloq xoʻjaligi uchun yaxshi sharoitlarga va moʻtadil iqlimga ega boʻlganligi sababli koʻplab inglizlar koʻchib kelishgan. Qitʼadagi koloniyalarning oʻzi ham ikkiga boʻlingan: janubiy va shimoliy. Janubda koʻproq yirik qishloq xoʻjaliklari mavjud boʻlib, qullar xizmatidan foydalanilgan. Shimolda kichik fermerliklar, yogʻoch ishlovchi va kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Shuningdek hindular bilan savdo ham katta foyda bergan. Ulardan teri olinib, oʻrninga metall maxsulotlari va shakar qilinishdagi qoldiqlardan tayyorlanadigan romga almashtirilgan. 1670-yilda qirol Karl II Hudson Bay Companyga yirik Rupert yerida (keyinchalik Kanadaning katta hududini tashkil etgan yer) teri bilan savdo qilishning monopol huquqini berdi. Kompaniya tomonidan qurilgan fortlar va savdo postlari keyinchalik shu yerga yaqin Yangi Fransiyada teri bilan savdo qiluvchi kompaniya ochgan fransuzlar hujumlarining nishonlariga aylanishgan[10].
Ikki yildan soʻng Amerikadagi koloniyalarga qul sotishning monopol huquqini olgan Royal Africa Company ochildi. Qullar „Brinchi imperiya“ iqtisodiyotining asosini tashkil etgan. 1807-yilda qul savdosi cheklanishiga qadar Britaniya Amerikaga olib kelingan qullarning uchdan biri, yaʼni, 3,5 mln.ni olib kelgan. Qul savdosini taʼminlash maqsadida Gʻarbiy Afrika qirgʻogʻida Jeyms oroli, Akkra va Bans kabi fortlar qurilgan. Vest-Indiyada qoratanli aholi ulushi 1650-yildan 1780-yilgacha 25 %dan 80 %ga oshdi, amerika qitʼasida qullar ulushi esa 10 %dan 40 %ga oshdi. Qul sotish juda foydali ish hisoblangan, ayniqsa Bristol va Liverpullik sotuvchilar uchun.10
1695-yilda Shotlandiya parlamenti „The Company of Scotland Trading to Africa and the Indies“ga ikki okeanni birlashtiruvchi kanal qurish uchun Panamada koloniya tuzish huquqini berdi. Ekspeditsiya 1698-yilda yoʻlga chiqdi, ammo u omadsizlikka uchradi. Yangi Granadalik ispan kolonistlari tomonidan hujumga uchraganligi va bezgakka chalinganligi sababli koloniya ikki yildan soʻng yoʻq boʻldi. Shotland kapitalining chorak qismi qoʻyilgan bu „Darius scheme“ rejasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Shotlandiya uchun haqiqiy zarba boʻldi. Bu omadsizlik Shotlandiyani Angliya bilan birlashishga majbur qildi va Birlashgan Qirollik tuzilishiga sababchi boʻldi[11].

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling