Xx- asr oxiri xx-asr boshlarida angliya


-1914 YILLARDA KONSERVATORLAR VA LIBERALLAR PARTIYASINING AHVOLI


Download 0.71 Mb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1508521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xix asr xx asr angliya

2. 1898-1914 YILLARDA KONSERVATORLAR VA LIBERALLAR PARTIYASINING AHVOLI.
Angliyada XIX asrning oxirida sinfiy ziddiyatlar keskinlashganligini va o`sha vaqtdayoq ishchilar harakati yanada yuksala boshlaganligi natijasida ishchilar ommasi Liberallar partiyasidan tobora ko`proq chekina boshladilar, mustaqil ishchilar siyosati g’oyasi yana vujudga keldi. Tred-yunionlarning 1899 -yilda Plimutda o`tkazilgan navbatdagi kongressi bundan buyon parlamentga ko`proq ishchi deputatlar o`ltkazish maqsadida maxsus konferensiya chaqirishga qaror qildi. Sotsialistik tashkilotlarning va mustaqil ishchilar partiyasining ishtiroki bilan tred-yunionlar tashabbus ko`rsatib, 1900 yilda Londonda chaqirilgan maxsus konferensiya ishchi deputatlarni parlamentga saylashni tashkil etmoq uchun ishchi vakillari komitetini tuzdi.
1905-yilda komitetning nomi o`zgartirilib, unga ishchilar partiyasi degan nom berildi. Taf vodiysida bo`lgan stachka yuzasidan qabul qilingan qaror sababli ingliz proletariatining g’azabi oshib ketganligi, yangi tashkilotning ishchilar orasidagi faoliyati muvaffaqiyatli bo`lishiga yordam berdi, ishchilar o`z tashkilotlarini va o`zlarining sinfiy manfaatlarini qattiq turib himoya qilish zarurligini tobora ko`proq tushuna boshladilar. Leyboristlar partiyasi kollektiv a`zolik asosida tashkil qilindi, bu partiyaga butun tred-yunionlar, mustaqil ishchilar partiyasi, sotsial-demokratik federatsiya hamda boshqa ishchi tashkilotlari va partiyalari a`zo bo`lib kirdi.
Partiyaning moddiy bazasi ishchi tashkilotlarining qabul-qilgan qaror asosida vujudga keltirildi.
Leyboristlar partiyasi 1905 yildagi parlament saylovlarida jiddiy muvaffaqiyat qozonib, parlamentga o`zining 29 deputatini o`tkazdi.
Burjuaziya Leyboristlar partiyasining moddiy bazasiga putur yetkazishga urindi. Temir yo`lchilar kasaba soyuzining a`zosi Osborn o`z xo`jayinlarining ig’vosiga uchib, o`z kasaba soyuzi ustidan sudga ariza berdi va Leyboristlar partiyasining foydasiga mendan vznos olinayotir deb da`vo qildi.
1909 yil dekabrida Lordlar palatasi “Osborn ishi” yuzasidan qaror qabul qilib, tred-yunionlarning siyosiy maqsadlar uchun o`z a`zolaridan pul olishini ta`qiqlab qo’ydi. Taf vodiysining ishi yuzasidan chiqarilgan qaror kabi bu qaror ham burjuaziya ishchi tashkilotlarining faoliyatiga to`sqinlik qilish niyatida ekanligini yaqqol ko`rsatdi. Kasaba soyuzlar bu qarorni e`tiborga olmadilar, hukumat esa uni amalga oshirishga botina bilmadi va 1913 yilda bu qaror bekor qilindi.
Leyboristlar partiyasi tuzilganligi ingliz ishchilar harakati tarixida muhim voqea bo`ldi. Bu voqea shundan iboratki ishchilar ommasi o`zining sinfiy manfaatlarini tobora ko`proq tushuna boshladi. Biroq yangi tashkilot ishchilar sinfining umid qilganidek tashkilot partiyasida rahbarligi mustaqil ishchi partiyasining arboblari, ya`ni, makdonald va boshqalarning qo`liga o`tib qoldi. Bular revolutsiey sotsializmga dushman bo`lgan o`z jilovini liberallar qo`liga berib qo`ygan opportunistik ruh bilan sug’orilgan arboblar edi. Leyboristlar partiyasiga rahbar bo`lib qolgan opportunistlar sotsialistik dasturni qabul qilishdan bosh tortdilar. Ular Leyboristlar partiyasining faoliyatini parlamentning tor doiralari bilan cheklab qo`ydilar, parlamentning o`zi esa mustaqil siyosat o`tkazishdan voz kechib, barcha eng muhim masalalarda liberallarni quvvatlay boshladilar.
Liberal Kempbell-Bankerman hukumati va 1908 yilda uning o`rniga kelgan liberal Askvit hukumati ommaviy ishchilar harakatining tazyiqi ostida ba`zi islohotlar o`tkazishga majbur bo`ldi.
1906-yilda hukumat Taf vodiysining ishi yuzasidan chiqarilgan qarorni parlament orqali bekor qildi va o`sha yilning o`zidayoq ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar bo`lgan taqdirda ishchilarga haq to`lash to`g’risidagi ilgarigi qonunning amal qilish doirasini kengaytirdi.
1908-yilda yer ostida ishlayotgan konchilar uchun 8 soatlik ish kuni joriy qilish to`g’risida va keksa ishchilar uchun pensiyalar to`g’risida qonun qabul qilindi, 70 yoshga yetgan ishchilarga pensiya beriladigan bo`ldi va bu ishchilar bunga «o`liklar pensiyasi» deb nom berishdi, chunki ishchilar juda oz qismigina shu yoshga yeta olar edi.
1911-yilda ishchilarni ishsizlik va kasallikdan straxovanie qilish to`g’risidagi qonun uzoq davom kelgan kurashlardan keyin qabul qilindi. Bunday nafaqalarni to`lash uchun ishchilar va xo`jayinlardan babbarovar miqdorda olib ko`riladigan vznoslaridan iborat fond tuziladigan bo`ldi. Bu fondga hukumat bir oz mablag’ qo`shardi.Liberallar islohotlar siyosatini ishchilar harakatining yuksalib borayotgan kurashiga qarshi kurashish maqsadini ko`zlab o`tkazdilar.
Liberallar hukumati sanoatdagi mojarolarga vositachi va arbitr sifatida aralashish usulini ham keng qo`lladilar. Biroq bu tadbirlarning hech biri muvaffaqqiyatli bo`lib chiqmadi. Liberallar ommaviy ishchilar harakatining avj olishini to`xtata olmadilar. Liberallar partiyasida ta`siri katta bo`lgan va Askvit hukumatida moliya ministri lavozimni egallab olgan Loyd Jorj liberallar hukumatining ishchilarga doir siyosatini o`tkazishning ilhomchisi va tashabbuschisi bo`ldi. Loyd Jorj liberallar partiyasining leyboristlar partiyasi tuzilishiga yo`l qo`yganligini xato deb hisobladi. U liberallar ishchilar sinfi hisobiga o`zlari uchun yaqin sotsial baza vujudga keltirishlari mumkin edi, deb da`vo qildi.
Shu maqsad bilan Loyd Jorj sotsial demagogiyani keng ko`lamda avj oldirib yubordi.
1909-yilda u parlamentga tasdiqlash uchun byudjet loyihasini kiritdi. Bu loyihada qurollanish harakatlarini ancha ko`paytirish ko`zda tutilgan edi. Hukumat bu harakatlarni qoplamoq uchun yangi soliqlar solishi lozim edi. Hukumat harakatsiz mulkka solinadigan to`g’ri soliqlarni va meros mulkka solinadigan soliqlarni bir oz ko`paytirib, egri soliqlarni juda ham oshirib yubordi. egri soliqlarning butun og’irligi esa keng omma ustiga tusha boshladi.
Loyd Jorj byudjetda ko`rsatilgan harajatlarning ma`lum bir qismini sotsial e`tiyojlarga ajratilganligini bahona qilib, men bu byudjet bilan «kambag’alchilikka qarshi urush» boshlayotirman deb lof urdi. Loyd Jorj ommani o`z tomoniga tortish va egri soliqlar ko`paytirilganligini osonlik bilan qabul qildirish, shu bilan birga o`zining siyosiy obro`ni oshirish uchun dabdabali demagogik kompaniyani avj oldirib «tekinxo`r boylarga» hujum boshladi va «boylikning surbetligini» fosh qildi.6
Loyd Jorjning raqiblari uni «revolutsionner» deb e`lon qilishdi. Liberallar Konservatorlarning yo`lini davom ettirib, ayni vaqtda Irlandiyada shafqatsiz zulm siyosatini o`tkaza boshladilar.
1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega bo‘ldi). Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi. Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu hol Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi. Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi). Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin).
Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz berdi. Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi.
Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega bo‘ldi). Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 61 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi.7
Bundan tashqari, yosh rivojlanayotgan davlatlar ingliz tovarlariga katta boj to’lovlari joriy etgan edilar. Angliya esa hamon bojsiz savdo an’anasiga sodiq bo’lib qolaverdi.
Ikkinchidan, xalqaro maydonda bo’lingan dunyoni qayta bo’lish uchun kurash kuchaygan bir sharoitda Angliya harbiy xarajatlarni ko’paytirishga majbur bo’ldi. 1900—1914- yillar oralig’ida bu xarajat 3 marta ko’paydi.
Shunday bo’lsa-da, Angliya iqtisodiy jihatdan hamon qudratli edi. London hamon jahon moliya markazi edi. Jahon savdosida hisob-kitob hamon Angliya pul birligi (funt-sterling) asosida amalga oshirilardi.
Ingliz kapitalizmi sanoat sohasidagi oldingi birinchiligidan mahrum bo’lgan bo’lsa ham, juda katta foyda olish imkoniyatini saqlab qoldi. Bunga ko’pdan-ko’p mustamlakalaridagi juda katta bozorlarni o’z qo’lida saqlab qolish orqali erishdi. Bundan tashqari, Angliyaning sanoat ustunligi asta-sekin qo’ldan ketgani bilan, u boshqa monopoliyalardan -- jahon vositachilik savdosidan, sug’urta, bank, kemasozlik sohasidagi monopoliyalaridan mahrum bo’lganicha yo’q edi. Angliya burjuaziyasi bu mo-nopoliyalarni avvalo o’zining mustamlaka imperiyasi tufayli uzoq vaqt saqlab qola oldi.
Angliya hamon kapital eksport qilishni davom ettirdi. 1910- yilda uning chetga chiqargan kapitali 3,7 mlrd. funt-sterlingni tashkil etdi. Bu kapital Angliyaga juda katta foyda keltirardi. Chetdan kelayotgan daromadlar 1912- yilda 176 mln. ftmt-sterlingni tashkil etdi. Bu davr-da 12 ta bank barcha bank kapitalining 70 foizini o’z qo’liga oldi.
Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi.
Bu hol Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi. Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi). Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin). Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz berdi. Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.8

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling