Xx- asr oxiri xx-asr boshlarida angliya


XX- ASR OXIRI XX-ASR BOSHLARIDA ANGLIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI


Download 0.71 Mb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1508521
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xix asr xx asr angliya

1. XX- ASR OXIRI XX-ASR BOSHLARIDA ANGLIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI.
Chet el raqobatidan zarar ko`rayotgan sanoatchilarning ba`zi kategoriyalari chet ellardan keltirayotgan tovarlarga boj solig’i solishni talab qilayotgaliklariga qaramay, Angliya hukumati tashqi savdo va chet el mamlakatlariga kapital chiqarish bilan mahkam bog’langan nufuzli burjua doiralarining manfaatlarini ko`zlab erkin savdo siyosatini saqlab qolaverdi. Bu esa Angliya sanoatida monopolistik birlashmalarning o`sishini birmuncha sekinlashtirib qo`ydi, chunki monopoliyalar tuzishga rag’batlantiruvchi eng muhim vositalardan biri – ichki bozor narxlarini bemalol oshira borish imkoniyatini susaytirib yubordi.
Shunga qaramay, kapitalizm rivojlangan boshqa mamalakatlarda bo`lgani kabi, Angliyada ham ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyalash va markazlashtirish sababli monopoliyalar tuzish va ularni kuchaytirish davom etaverdi. Ingliz kapitalizmining xususiyatlari tufayli bu protsess bank ishlarida hammadan ko`proq davom etdi.
Birinchi jahon urushi arafasida Angliyadagi eng katta 12 ta bank hamma bank kapitalining 90 % ini o`z qo`lida olgan edi, shu tufayli ular iqtisodiyotida va moliya sohasida hukumronlik mavqeni egallab olgan edilar. Sanoatda ham har xil monopolistik birlashmalar vujudga keldi, bu birlashmalar mamlakat iqtisodiyotida tobora kattaroq rol o`ynay boshladi.1
Yengil sanoatda monopolistik birlashmalarining «gorizontal» tipi, ya`ni muayyan bir turdagi ishlab chiqarishgina bitta firma qo`lida to`planishidan iborat monopolistik birlashmalar ustunlik qilmoqda edi.
Angliyaning juda katta va keng mustamlakalari tovarlarni sotish hamda ingliz kapitalini joylashtirish uchun keng bozor bo`lib xizmat qildi va xom ashyoning ko`pgina muhim turlarini hosili sohasida Angliyaning monopoliya bo`lib qolishini ta`minlab turdi, Shuning uchun ham Angliyada monopolistik kapitalizm mana shu juda katta mustamlakalarga tayanib rivojlanaverdi.
Jahonni uzil-kesil taqsimlashdan eng katta ulush olgan Angliya yer yuzida eng zo`r mustamlakachi davlat bo`lib qolaverdi. Angliya mustamlakalarining hududi 1900- yilda 33-million kvadrat kilomertdan oshib ketdi.
Imperalizm davri boshlanishi bilan ingliz burjuaziyasi o`z qaramog’ida mustamlakalarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirib yubordi.
Angliyadan chetga chiqayotgan jamiki kapitalning taxminan yarmisi mustamlakalarga qul qilingan xalqlarni eksplatatsiya qilish kuchaytirilayotganligi natijasida bu kapital ayniqsa ko`p foyda bermoqda edi.
Ingliz imperialistlari tomonidan Burlarga qarshi boshlangan urush XIX- asrning oxiri, XX- asrning boshidagi urushlardan biri bo`ldi va bu urushning boshlanib ketishiga Angliyaning o`z mustamlakalarini yanada kengaytirishga intilayotganligi sabab bo`ldi.
Afrika qit`asining Burlar yashaydigan Transvaal va Oranjevay respublikalaridan boshqa, butun janubiy qismini inglizlar XIX-asrning oxirigacha bosib olgan edilar.
O`sha paytda ingliz imperialistlari Misrdan to Yaxshi Umid burniga qadar bo`lgan yaxlit hududda Buyuk Afrika imperiasi vujudga keltirish loyihasini ishlab chiqdilar. Bu loyihaga AQSH, Germaniya davlatlari amalga oshirish yo`lida g’ov bo`lib turgan edi.Angliya hukumati 1895-yilda raqiblarini mag’lubiyatga uchratib, 1899-yilda Bur respublikasiga qarshi agressiyani yana boshlab yubordi. O`zini himoya qilishga majbur bo`lgan, Transvaal hukumati 1899 yil 9-oktyabrda Angliyaga qarshi urush e`lon qildi. Oradan ikki kun o`tgach unga Oranjevay respublikasi qo`shildi.
1900-yilning yoziga kelib, inglizlar Janubiy Afrikaga burlarning 150 ming qo’shiniga qarshi 500 mingga yaqin qo`shin keltirdilar. Ingliz armiyasi burlarni tor-mor keltirdi va 1900-yilning iyuniga kelib Bur respublikalarining hududini okkupatsiya qilish kuchaydi. 1900-yil sentyabrida Angliya hukumati urush tamom bo`lganligini, Transvaal va Oranjevay respublikalari anneksiya qilib olinganligi e`lon qildi.
Inglizlar burlarning otryadlariga qarshi kurashayotgan vaqtlarida mahalliy Bur aholisiga nisbatan eng shafqatsiz jazo choralarini qo`llayverdilar, ularning qishloqlariga bostirib kelib, fermalarga o`t qo`yardilar, burlarning chorva mollarini tortib olardilar.2
Bundan tashqari, yosh rivojlanayotgan davlatlar ingliz tovarlariga katta boj to’lovlari joriy etgan edilar. Angliya esa hamon bojsiz savdo an’anasiga sodiq bo’lib qolaverdi.
Ikkinchidan, xalqaro maydonda bo’lingan dunyoni qayta bo’lish uchun kurash kuchaygan bir sharoitda Angliya harbiy xarajatlarni ko’paytirishga majbur bo’ldi. 1900—1914- yillar oralig’ida bu xarajat 3 marta ko’paydi.
Shunday bo’lsa-da, Angliya iqtisodiy jihatdan hamon qudratli edi. London hamon jahon moliya markazi edi. Jahon savdosida hisob-kitob hamon Angliya pul birligi (funt-sterling) asosida amalga oshirilardi.
Ingliz kapitalizmi sanoat sohasidagi oldingi birinchiligidan mahrum bo’lgan bo’lsa ham, juda katta foyda olish imkoniyatini saqlab qoldi. Bunga ko’pdan-ko’p mustamlakalaridagi juda katta bozorlarni o’z qo’lida saqlab qolish orqali erishdi. Bundan tashqari, Angliyaning sanoat ustunligi asta-sekin qo’ldan ketgani bilan, u boshqa monopoliyalardan -- jahon vositachilik savdosidan, sug’urta, bank, kemasozlik sohasidagi monopoliyalaridan mahrum bo’lganicha yo’q edi. Angliya burjuaziyasi bu mo-nopoliyalarni avvalo o’zining mustamlaka imperiyasi tufayli uzoq vaqt saqlab qola oldi.
Angliya hamon kapital eksport qilishni davom ettirdi. 1910- yilda uning chetga chiqargan kapitali 3,7 mlrd. funt-sterlingni tashkil etdi. Bu kapital Angliyaga juda katta foyda keltirardi. Chetdan kelayotgan daromadlar 1912- yilda 176 mln. ftmt-sterlingni tashkil etdi. Bu davr-da 12 ta bank barcha bank kapitalining 70 foizini o’z qo’liga oldi.
1902 yil bahorida Burlar taslim bo`ldi, 1902 yilning 1-iyunida sulh tuzildi. Inglizlar butun Janubiy Afrikaning xo`jayini bo`lib qoldilar.
Ingliz-Bur urushi taqsimlangan dunyoni qayta taqsimlab olish uchun katta davlatlar o`rtasidagi kurashning natijalaridan biri bo`ldi. Ingliz imperialistlari tomonidan Janubiy Afrikadagi kichkina xalqqa qarshi boshlangan agressiya urushni hamma mamlakatlardagi progressiv doiralar qattiq qoraladilar. Bu urush Angliyaning ma`naviy va siyosiy jihatdan yakkalanib qolganligini yaqqol ko`rsatdi, mustamlakalarni qayta taqsimlash uchun olib borilgan shiddatli kurash esa, Angliyaning barcha mamlakatlar bilan munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Angliyaga qarshi bo`lgan davlatlar o`rtasidagi keskin ziddiyatlar natijasidagina Angliyaga qarshi koalitsiya tuzilmay qoldi.
Ingliz diplomatiyasi Germaniya bilan qarama-qarshi bo`lib qolgan taqdirda o`zining hech kimdan madad ololmasligini yaxshi tushunib qoldi. Ingliz diplomatiyasi bu vaziyatdan tegishli xulosalar chiqarib olishga va o`rta ittifoqchilar qidirish yo`lini tutishga majbur bo`ldi.
Bundan tashqari, yosh rivojlanayotgan davlatlar ingliz tovarlariga katta boj to’lovlari joriy etgan edilar. Angliya esa hamon bojsiz savdo an’anasiga sodiq bo’lib qolaverdi.
Ikkinchidan, xalqaro maydonda bo’lingan dunyoni qayta bo’lish uchun kurash kuchaygan bir sharoitda Angliya harbiy xarajatlarni ko’paytirishga majbur bo’ldi. 1900—1914- yillar oralig’ida bu xarajat 3 marta ko’paydi.
Shunday bo’lsa-da, Angliya iqtisodiy jihatdan hamon qudratli edi. London hamon jahon moliya markazi edi. Jahon savdosida hisob-kitob hamon Angliya pul birligi (funt-sterling) asosida amalga oshirilardi.3
Ingliz kapitalizmi sanoat sohasidagi oldingi birinchiligidan mahrum bo’lgan bo’lsa ham, juda katta foyda olish imkoniyatini saqlab qoldi. Bunga ko’pdan-ko’p mustamlakalaridagi juda katta bozorlarni o’z qo’lida saqlab qolish orqali erishdi. Bundan tashqari, Angliyaning sanoat ustunligi asta-sekin qo’ldan ketgani bilan, u boshqa monopoliyalardan -- jahon vositachilik savdosidan, sug’urta, bank, kemasozlik sohasidagi monopoliyalaridan mahrum bo’lganicha yo’q edi. Angliya burjuaziyasi bu mo-nopoliyalarni avvalo o’zining mustamlaka imperiyasi tufayli uzoq vaqt saqlab qola oldi.
Angliya hamon kapital eksport qilishni davom ettirdi. 1910- yilda uning chetga chiqargan kapitali 3,7 mlrd. funt-sterlingni tashkil etdi. Bu kapital Angliyaga juda katta foyda keltirardi. Chetdan kelayotgan daromadlar 1912- yilda 176 mln. ftmt-sterlingni tashkil etdi. Bu davr-da 12 ta bank barcha bank kapitalining 70 foizini o’z qo’liga oldi.

., [11.05.2023 3:44]


Chunki, yerlarni ingliz pomeshchiklari o’zlariniki qilib olgan edilar. Ko’pchilik irlandiyaliklar tirikchilik ko’yida Amerikaga ko’chib ketdilar. Ochlik, o’lim va ko’chib ketish natijasida aholi 1851- yildagi 6,5 mln. kishidan 1900- yilga kelib 4,5 mln. kishiga kamayib ketdi.
60-yillarning oxirida Irlandiya masalasi yana siyosiy inqirozga aylandi. 1875- yilda ingliz Parlamenti deputati, Olsterlik protestant, yer egasi Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qo-nun qabul qilishni (gomrul) talab qildi. Shuningdek, u ijaraning mustahkam bo’lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olin-gan yerning qo’ldan-qo’lga erkin o’tishini ko’zda tutuvchi agrar islo-hotni amalga oshirishni talab qilgan hamjamiyat — Irland muxolifat guruhini o’z atrofiga birlashtirdi.
Parnell muxolifati 70- yillar oxirida nufuzli kuchga aylandi. Bu vaqtda irland dehqonlarining «Yer-suv ligasi» (1879- yil) nomli ommaviy tashkiloti shu muxolifat tayanchi bo’ldi. Ijarachilarning yerdan haydalishiga javoban «Yer-suv ligasi» Irlandiyadagi ingliz pomeshchiklariga qarshi ommaviy terror boshlab yubordi. Ingliz to-varlariga boykot kuchaydi.
B. Dizraeli hukumati (1874—1880) biron chora ko’rmadi. Gladston (1880—1885) hukumati esa irlandlarga gomrul o’rniga «Yer-suv akti»ni (1881- yil) taklif qildi. Unda 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o’z yer uchastkasini boshqa bir shaxstga o’tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko’zda tutilgan edi.
Irland «Yer ligasi» bu tartibga qarshi chiqdi va boykotni kuchayti-rib, pomeshchiklarni qo’rqitish kampaniyasini boshlab yubordi. Parnell parlament va’da qilgan gomrulni talab qildi. Biroq hukumat ta’qibni kuchaytirdi. Parnellni qamoqqa oldi. «Yer ligasi» taqiqlab qo’yildi.
Angliya hukumatining bu xatti-harakatlari yonib turgan olovga yog’ quyish bo’ldi, xolos. Irland dehqonlari Parnellning da’vati bi-lan ingliz pomeshchiklariga renta to’lashdan bosh tortdilar. Taqiqlan-gan «Yer ligasi» o’rniga «Xotin-qizlar yer ligasi» tuzildi. U bilan bir qatorda «Oy yog’dusi bahodirlari», «Oq o’g’lonlar», «Yengilmas botir-lar» kabi millatchi jangovar irland tashkilotlari paydo bo’ldi.
Irlandiyada tinchlik o’rniga ochiqdan-ochiq fuqarolar urushi xavfi kuchaydi. Shundan keyin Angliya hukumati Parnell va uning tarafdorlariga kelishishni taklif qildi. 1881- yil oktabrida Parnell bilan tuzil-gan bitimga muvofiq, irland ijarachi dehqonlari pomeshchiklarga renta to’lashni davom ettirishlari va boykotni to’xtatishlari, pomeshchiklar esa ijarachilarning boqimandalarini «kechib yuborishlari» lozim edi.
Irlandiya muammosining keskinlashuvi 1882-yilda Irlandiyadagi inqirozni yangidan kuchaytirib yubordi. Parnell tutgan kelishuvchilik yo’li Irlandiyadagi mayda terrorchi guruhlarni faollashtirib yubordi. 1882- yil 6- mayda Dublinda Irlandiya ishlari bo’yicha stats-sekret,ar va Irlandiya lord-hokimi o’ldirildi. Shundan keyin, inglizlar tomonidan ta’qib va politsiya terrori boshlanganligiga javoban, irland qishlog’ida yangi «agrar terror» to’lqini ko’tarildi.
1886- yilda hukumat gomrul berishga qaror qildi. Biroq, Parla-ment uni rad etdi.
Shunday sharoitda Irlandiya burjuaziyasining bir qismi Irlandi-yaga muxtoriyat berilishini talab etish bilan cheklanishga majbur bo’ldi. Irlandiya burjuaziyasining savdo-sanoat doiralari manfaatini ko’zlovchi qismi esa Irlandiyaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratil-gan birmuncha keskin talablar bilan chiqdi.
Ushbu guruhning rahbari A.Griffit 1905- yili «Shinfeyn» («Biz o’zimiz») partiyasini tuzdi. U mustaqil Irlandiya Parlamenti tuzish tashviqotini olib bora boshladi. Feynchilar Angliyani yon berishga majbur etish uchun ingliz tovarlarini boykot qilishni talab eta boshladilar.
1912- yilda hukumat yana gomrul haqidagi qonun loyihasini taqdim etishga majbur bo’ldi. Biroq, parlament yana uni tasdiqlamadi. Natijada, Irlandiya fuqarolar urushi yoqasiga kelib qoldi.
Biroq, 1914- yilda jahon urushi boshlanib ketdi. Parlament gom-rul haqidagi qonunni tasdiqlashga majbur bo’ldi. Chunki, urush davrida ichki siyosat barqarorligi havodek zarar edi.
1911- yilda Angliyada Parlament islohoti to’g’risida qonun qabul qilindi. Bu qonun par-lamentning yuqori palatasi — Lordlar palatasining veto huquqlarini chekladi.
Chunonchi, parlamentning quyi palatasi (umumpalata) bir qo-nunni 3 marta qabul qilsa, bu qonun Lordlar palatasi tomonidan tasdiqlanmasa ham kuchga kiradigan bo’ldi. Lordlar palatasi moliya masalalarini ham hal etishdan chetlatib qo’yildi. Parlamentning va-kolat muddati 5 yil etib belgilandi. Deputatlarga maosh joriy etildi.
Angliya mehnatkashlari o’z haq-huquqlari uchun doimo kurash olib borganlar. Angliya ishchilar harakatida tred-yunionlar ( kasaba uyushmalari) katta rol o’ynagan. Tred-yunionlarga a’zo bo’lganlar soni ham yildan-yilga oshib borgan. Chunonchi, 1888- yilda ularning soni 750 ming kishi bo’lgan bo’lsa, 1892- yilda 1,5 mln. kishiga yetdi.
Angliya tred-yunionlari kurashning parlament yo’lini tanlaganlar. Qonun ishchilarga ish tashlash huquqini berar edi. Biroq, ish tashlash davom etgan kunlarda kor-xonalar ko’rgan zarar tred-yunionlar hisobidan undirilar edi.
Bu qoida amalda ish tashlashni kurash usuli sifatida yo’qqa chiqarar edi. Tred-yunionlar o’z partiyalarini tuzishga qaror qildi(lar). Bu partiya 1900- yilda tuzilgan va u «Ishchi vakillari qo’mitasi», 1906- yildan boshlab esa Leyboristlar partiyasi deb atala boshlandi.
Leyboristlar partiyasi parlament yo’li bilan ishchilar manfaatini himoya qilishni o’z maqsadi, deb e’lon qildi. Liberallar hukumati rahbari LJorj «Leyboristlar partiyasining tuzilishi Liberallar huku-matining xatosi», deb afsus bilan qayd etgan edi. Leyboristlar parti-yasi tuzilgandan so’ng o’tkazilgan birinchi parlament saylovidayoq bu partiya 29 ta deputatlik o’rnini egalladi.4
Iqtisodiy taraqqiyot sur’atining pasayishi zarur iste’mol mahsu-lotlarining narxi ko’tarilishiga olib keldi. Bu esa ishchilarni ish tashlashga majbur etdi. Eng yirik ish tashlash 1911- yilda yuz berdi. 6 hafta davom etgan ko’mir qazuvchilarning ish tashlashi hukumatni zarur choralar ko’rishga majbur etdi. Chunonchi, «Ish haqi minimumi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
Ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko’rgan zararning tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi;
Ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlar-ga korxona egalari hisobidan nafaqa to’lash belgilandi;
70 yoshga to’lgan kishilarga pensiya tayinlandi;
konchilar uchun 8 soatlik ish kuni belgilandi;
kasallik va ishsizlik bo’yicha sug’urta to’lovi joriy etildi.
Bir so’z bilan aytganda, Angliya hukmron doiralari birinchi ja-hon urushi arafasida ichki siyosiy muammolarni yumshatishga va xalqni jipslashtirishga muvaffaq bo’ldilar.
Barcna qit alanda juda katta hududlarm bosib oldi va ularni o’z mustamlakasiga aylantirdi.
1870- yillarda Angliya mustamlakalarining aholisi 200 mln. kishi bo’lgan bo’lsa, 19 asr oxiriga kelib qariyb 370 mln. kishiga yetdi. Bu davrda bosib olingan hudud 20 mln. kv. km dan 33 mln. kv. km ga yetdi. Mustamlakalardan keladigan daromadlar olinadigan foydaning katta qismini tashkil etardi.
Angliyaning eng ilg’or sanoat mamlakati sifatidagi mavqeyining pasayishi uni yangi mustamlakalar bosib olishni kuchaytirishga un-dadi. B.Dizraeli Osiyoda Belujistonni bosib oldi. Angliyaning maqsad-laridan biri o’rta Osiyo hududlariga suqulib kirish edi. Ammo, uning bu niyatiga Rossiya to’sqinlik qilardi.
1876- yilda Dizraeli taklifi bilan qirolicha Viktoriya Hindiston impe-ratori deb e’lon qilindi. Shu tariqa Buyuk Britaniya imperiyasi vujudga keldi.
1877—1878- yillardagi Rossiya-Turkiya urushi davrida Angliya huku-mati avval boshdanoq Turkiya to-monida turdi. Inglizlar flotini Dar-danellga yubordi. Angliya hukumati Rossiya va Turkiya o’rtasida imzolangan San-Stefano sulh shartno-masining Turkiya foydasiga qaytadan ko’rib chiqilishiga muvaffaq bo’ldi. Angliya buning «evaziga» Turkiya mustamlakasi bo’lgan Kipr orolini egalladi.
1878- yil kuzida Afg’onistonga qarshi ikkinchi afg’on urushini boshlab yubordi. 1879- yil bahorida Afg’onistonni tutqunlikda saqlovchi Ganda-mak shartnomasini qabul qilishga majbur etdi. Lekin Afg’onistonda xalq qo’zg’oloni boshlanib ketdi. Kobuldagi ingliz rezidenti barcha xodimlari va qo’riqchilari bilan qirib tashlandi. Bu qo’zg’olon afg’onlarning mus-tamlakachilarga qarshi xalq urushiga aylandi. Biroq, 1880- yilda ingliz mustamlakachilarining «qo’li baland keldi».
1877- yilda Angliya Afrikadagi oltin va olmosga boy Transvaal va Oranj Respublikasini anneksiya qilganligi e’lon qilindi. 1882- yilda Misr bosib olindi. 80—90- yillarda Birma, Nigeriya, Somali, Keni-ya, Tanganika, Uganda va Zanzibar oroli zabt etildi. Angliya 1899-yilda Bur Respublikasiga qarshi urush boshladi. Bu urushda 100 mingdan ortiq burlar qirib tashlandi.
Suvaysh kanali ochilganidan so’ng Angliya Hindistonga boradi-gan qisqa yo’lga ega bo’lib oldi va bu davrda Angliya hukumati imtiyozli mustamlaka savdo kompaniyalari tuzish siyosatini yangidan tikladi. Mustamlaka ekspansiyasini bunday niqoblash, ekspansiyaga xususiy tashabbus tusini berish qulay edi. Shunday qilinganda, hukumat be-vosita javobgar bo’lmas edi.1890- yilda Sesil Rods Kap koloniyasi ministri bo’ldi va «uch K» (Keyptaun, Qohira, Kalkutta) temiryo’li qurish g’oyasini ilgari surdi.
Bozorlar va mustamlakalar uchun kuchli davlatlar O’rtasida raqobatning kuchayib ketganligi Angliyaning xalqaro ahvolini ancha yomonlash-tirdi. Ayniqsa, Germaniya bilan Angliya ziddiyatlari kuchaydi. Angliya Germaniyaga qarshi boshqa davlatlar bilan «til topishga» harakat qildi.
1901-yilda Panama kanali masalasida AQShga «yon berdi» va AQSh-Kanada chegara masalalarini hal etdi. 1902-yilga kelib Yaponiya bilan shartnoma imzoladi va unga katta moliyaviy yordam ko’rsatdi. 1904-yili Angliya bilan Fransiya o’rtasida shartnoma tuzilib, u Antanta no-mini oldi. 1907- yil 31- avgustda Angliya-Rossiya bitimi tuzildi.
1906- yilda Hindiston Milliy Kongressi partiyasi Hindistonga o’z-o’zini boshqarish huquqini berishni talab qildi. Uning da’vati bilan ingliz tovarlariga boykot e’lon qilindi. Hind xalqiga qarshi terror si-yosati kuchaytirild i. 1907- yilda Hindistonda yig’ilishlar va matbuotga qarshi qafiy qonunlar qabul qilindi. Bengaliya ikkiga bo’lib tashlandi. Biroq, Angliya hukumati jazolashlar bilan maqsadga erisha olmadi. Endi birmuncha «yon berishga» majbur bo’ldi. 1909- yilda Hindis-tondagi qonun chiqaruvchi kengashlarning tarkibi kengaytirildi. Hind burjuaziyasining vakillari ham kengash tarkibiga kiritildi.
Angliyadan ko’chib borgan inglizlar joylashgan mustamlakalarda mustahkamlanib olgan milliy burjuaziyaning tazyiqi ostida hukumat bu mustamlakalarga o’z-o’zini idora qilish huquqini (dominion) berishga majbur bo’ldi. 1900- yilda Avstraliya, 1907- yilda Yangi Zelandiya, 1910- yilda Janubiy Afrika Ittifoqi dominionlik huquqini oldi (1866- yili Kanada shunday huquqni olgan edi).
Angliya dominionlarida mustaqillik g’oyalarining o’sganligi An-gliya mavqyeining pasayib borishi bilan ham izohlanar edi. 1908-yilga kelib hokimiyatni egallagan liberal Askvit 1916- yilgacha mam-lakatni boshqardi. Angliya bu davrda Erondagi (1905—1911- yilgi) inqilobni bostirdi. Xitoyda 1911- yilgi inqilobga qarshi chiqqan kuchlar-ni qo’llab-quvvatladi. 1912- yilga kelib Angliya va Fransiya Yevropada urush xavfi ro’y bergan taqdirda maslahatlashib harakat qilishga keli-shib oldilar. Bu davrda Bolqonda urush harakatlari ketmoqda va jahon urushi xavfi kuchayib bormoqda edi.5

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling