Xx asr Adabiyoti. Jadid Adabiyoti 18 asr ohiri 19 asr boshlarida taʼlim, ilm-fan sohasidagi oqim

Download 289.47 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi289.47 Kb.
#1647604
1   2   3   4   5
Bog'liq
1440670991 61534

J.ning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyey monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarkand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan J. harakati shakllandi.

Gasprinskiy Ismoilbek

  • GASPRINSKIY (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Ajikoʻy qishlogʻi —1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchilik harakatining asoschisi, yozuvchi va publitsist. G.ning otasi Mustafo Gasprinskiy Rossiya harbiy dvoryani (praporshchik) boʻlib, Yalta sh. yaqinidagi Gaspra qishlogʻidan edi. G. qishloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva kadetlik korpusida oʻqidi (1864—67). Qrimga qaytgach, rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishladi (1867—70). Istanbul va Sorbonna (Parij) un-tlarida oʻqidi (1871—75). Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada boʻldi. Parijda fransuz sotsialistlari va liberallariga yaqinlashdi. Turkiyada Yosh turklar harakati rahbarlari b-n tanishdi (1875—77). Boq-chasaroy sh. meri qilibsaylandi(1877). G. turkiy xalklar tarixi va adabiyotini oʻrganib, Sharq b-n Gʻarb olamini taqqoslash imkoniyatiga ega boʻldi. G. "Rusiya musulmonligi" (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizatsiyasidan koʻr-koʻrona andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlaridan foydalanishga daʼvat etdi.

Download 289.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling